Bajardi: Guruh: Tekshirdi


Tashqi muhit omillari va tashkilotning ichki o’zgaruvchilarini baholash va taxlil qilish



Yüklə 10,81 Kb.
səhifə2/4
tarix19.12.2023
ölçüsü10,81 Kb.
#185027
1   2   3   4
strategik rejalashtirish

Tashqi muhit omillari va tashkilotning ichki o’zgaruvchilarini baholash va taxlil qilish.
Firmaning bosh yo’nalishini va maqsadini tanlash sezilarli darajada quyidagi ikkita shartga bog’liq:
1.Tashqi muhit tahsiri.
2. Ichki omillar, yahni tashkilotni ichki elementlari majmuasi.
Shuning uchun strategik rejalashtirishni eng muhim qismi - bu atrof muhitni hamda firmaning ichki imkoniyatlarini taxlil qilishdir. Bu ko’p mehnat talab qiluvchi va kimmat turuvchi jaraen. Strategik rejalashtirishda pul harajatlarining katta qismi xuddi shu bosqichga to’g’ri keladi.
Tashqi muhitni taxlil qilish — bu taxlilni quyidagi guruh omillar bo’yicha izlanish deb faraz qilish mumkin: iqtisodiy, siyosiy, ijtimoiy, demografik, ekologik, texnik, halqaro.
Ichki omillar taxlili — bu firmaning ichki kuchli va zaif tomonlarini boshqaruv orqali tekshirib chiqishdir. U tashkilotni vazifaviy bo’linmalari va ijtimoiy omillari bo’yicha o’tkaziladi. Birinchilari qatoriga ishlab chiqarishni, korxonaning marketing faoliyatini, moliya, xodimlar bo’limini kiritish mumkin. Ijtimoiy omillarga esa inson resurslari, ularning tarkibi, malakasi, ahloq mehyorlari, tashkilotda o’rnatilgan munosabatlar, tashkilot madaniyati kabi muhim omillar kiradi.
Strategiyani tanlash va amalga oshirish.
Ichki kuchli va zaif tomonlarni tashqi imkoniyatlar va xavflar bilan solishtirib tashkilot rahbariyati uning rivojlanish strategiyasini aniqlashi mumkin. Bunda strategik rivojlanish muqobilliklari aniqlanadi va ulardan biri tanlanadi.
Har qanday tashkilot oldida umumlashgan holda to’rt muqobillik mavjud bo’lib, ular quyidagilar:
1.Cheklangan o’sish.
2.O’sish.
3.Qisqarish.
4. Yuqoridagi strategiyalarni birlashtirish.
Taktika. Strategiya so’zining o’zi ikkinchi tushuncha – «taktika» so’zining borligini taxmin qiladi. Agar birinchisi uzoq muddatli rejalashtirish g’oyasini aks ettirsa, ikkinchisi uzoq muddatli rejani amalga oshirish uchun faoliyat reja mahnosini bildiradi. Qisqacha qilib taktikani qisqa muddatli strategiya desa ham bo’ladi. Bu umumiy strategiya bilan muvofiqlashtirilgan aniq boshqaruv harakatidir. Odatda, taktikani ishlab chiqish va uni amalga oshirish menedjer korpusining o’rta bo’G’ini zimmasiga yuklanadi. Taktik reja QisQa vaQt uchun ishlab chiqiladi, u aniq va tez natijaga erishishga mo’ljallangan.
Siyosat. Strategik va taktik rejalarni muvaffaqiyatli amalga oshirish uchun tashkilotda ushbu rejalarni yaxshi tushunuvchi hamda ularni bajarilishini tahminlovchi harakatlarning umumiy yo’nalishi, mo’ljal tizim bo’lishi zarur. Bu xatti - harakatlarning umumiy yo’nalishi tashkilot siyosati deyiladi.

Yüklə 10,81 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin