Bajardi: mmt 76-guruh talabasi Normurodov Shoxzod Reja



Yüklə 1,15 Mb.
tarix26.09.2023
ölçüsü1,15 Mb.
#148743
Jismoniy tarbiya 2 chi oraliq

Mavzu:Basketbol o’yini rivojlanishi tarixi, maydoni, o’yin qoidalari, to’pi va shifti.

Bajardi: MMT 76-guruh talabasi Normurodov Shoxzod

Reja:

  • 1. Basketbol o’yining rivojlanish tarixi.
  • 2. O’yin qoidalari.
  • 3. Maydoni.
  • 4. Shifti va koptogi haqida ma’lumot.

1. Basketbol o’yining ivojlanish tarixi

  • Basketbol — inglizcha basketball soʻzida olingan (basket — savat, ball — toʻp) boʻlib, har birida beshtadan oʻyinchi ishtirok etadigan jamoaviy sport turidir. Basketbolning vatani AQSh, uning «otasi» esa James Naismith hisoblanadi. Oʻyin XIX asr oxirida paydo boʻlgan. Springfild xalqaro mashgulotlar maktabining jismoniy tarbiya oʻqituvchisi, bir paytlar ajoyib regbichi va gimnastikachi boʻlgan James Naismith (1861-yil tug'ilgan — 1932-yil vafot etgan) talabalarning qishki paytda jismonan yanada koʻproq chiniqtirish maqsadida zalda toʻp bilan oʻynaladigan yangi oʻyin oʻylab topdi.

Neysmit yangi oʻyinning qoidalarini ishlab chiqdi va 1891 yilning 21 dekabrda Springfild maktabining zalida birinchi basketbol uchrashuvi oʻtkazildi. Basketbolning dastlabki qoidalari 13 qismdan iborat edi va ulardan baʼzilari xozirgacha saqlanib qolingan. 1932 yil 18 iyunda Jenevada milliy basketbol assotsiatsiyalarining dastlabki xalqaro konferentsiyasi oʻtkazildi va unda Xalqaro Basketbol Federatsiyasi (FIBA) tashkil etildi.

  • Neysmit yangi oʻyinning qoidalarini ishlab chiqdi va 1891 yilning 21 dekabrda Springfild maktabining zalida birinchi basketbol uchrashuvi oʻtkazildi. Basketbolning dastlabki qoidalari 13 qismdan iborat edi va ulardan baʼzilari xozirgacha saqlanib qolingan. 1932 yil 18 iyunda Jenevada milliy basketbol assotsiatsiyalarining dastlabki xalqaro konferentsiyasi oʻtkazildi va unda Xalqaro Basketbol Federatsiyasi (FIBA) tashkil etildi.

2. O’yin qoidalari.

  • Basketbol (ing . basket — savat, ball — toʻp) — sport turi, 3,05 m balanddagi savatli halqaga toʻpni qoʻlda tashlab oʻynaladigan jamoa oʻyini. Basketbol mashgʻuloti va musobaqalari uchun toʻrtburchak maydoncha (oʻlchami 26x14 m) yoki zal (balandligi 7 m) talab qilinadi. Har bir jamoada 12 nafardan oʻyinchi boʻlib, maydonga bir yoʻla har jamoadan 5 tadan oʻyinchi tushiriladi (bu oʻyinchilar almashtirilishi mumkin). Qaysi jamoa raqibining savatiga koʻp toʻp tushirsa, oʻsha yutgan hisoblanadi. Uyinda savatga tushirilgan toʻp uchun 2 ochko, jarima belgilanganda tushirilgan toʻp uchun 1 ochko, jarimadan tashqaridagisi uchun 3 ochko beriladi. Erkaklar 40 min., ayollar 36 min., 15 — 16 yashar oʻsmirlar va qizlar 30 min., 13 — 14 yashar oʻgʻil va qiz bolalar 24 min. oʻynashadi. Oʻyin 2 qismdan iborat, orada 10 min. dam olinadi. Belgilangan vaqtda jamoalar baravar ochko olsa, biror jamoa gʻolib chiqquncha 5 min.dan qoʻshimcha vaqt beriladi.

Basketbol maydoni.

  • O'yinda tushgan har bir to'p – 2 ochkodan hisoblanadi. Basketbol to'pining og'irligi 600 dan 650 grammgacha bo'lishi zarur. Basketbol maydonining o'lchami 28x14 bo'ladi. Agar zalda o’ynalsa, zalning balandligi 7m bo’lishi kerak. Ochiq maydonda o’ynasa ham bo’ladi. Jarima to’pi 4 metrli masofa belgilanadi. Shchitning balandligi 3,05 m bo’ladi Shchitningg o’lchovi 90x120 sm, to’r o’rnatilgan halqaning kataligi 0,45m, to’rning kenglik joyi 0,30 m bo’lib, shchitning o’zi yerdan 2 m 50 sm balandlikda o'rnatiladi

Basketbol to’pi.

  • Basketbol to’pi sintetik material yoki teridan tayyorlanadi;
  • Basketbol to’pining vazni: 600 gramm
  • Rangi: to’q sariq(sabzirang)

E’tiboringiz uchun rahmat.

  • E’tiboringiz uchun rahmat.

Yüklə 1,15 Mb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin