Bajardi: Qudratov Shohzod mm 1. guruh talabasi Mavzu: Asosiy vositalar harakati tahlili Reja: Asosiy vositalarning iqtisodiy mohiyati, ularni turkumlash va baholash



Yüklə 51,24 Kb.
səhifə4/7
tarix29.04.2023
ölçüsü51,24 Kb.
#104536
1   2   3   4   5   6   7
MM 81.2 qudratov sh Iqtisod tahlil

Asosiy vositalarga amortizatsiya hisoblash normalari
5-sonli BHMS «Asosiy vositalar»ga muvofiq amortizatsiya quyidagi usullardan birini qo’llash orqali hisoblanishi mumkin:
- amortizatsiyani teng maromli (to’g’ri chiziqli) hisoblash;
- bajarilgan ishlar hajmiga mutanosib ravishda amortizatsiyani hisoblash(ishlab chiqarish usuli);
- ikki barobar amortizatsiya me‘yori bilan qoldiqni kamaytirish usuli
(kamayib boruvchi qoldik usuli);
- yillar summasi usuli (kumulyativ usul).
Bir maromli (to’g’ri chiziqli) usul deb tugatish qiymati ayrilgan asosiy vositalar ob‘ekti qiymatini davrlar bo’yicha foydalanish muddati davomida teng nisbatda hisoblash usuliga aytiladi. Amortizatsiya me‘yori o’zgarmaydi. Amortizatsiya summasi quyidagi formula bo’yicha hisoblanadi:8

Tugatish qiymati ahamiyatga molik summani tashkil etmasa, uni hisobga


olmasa ham bo’ladi. Misol. ,,O‘zbektelekom AK Andijon filialidagi kompyuter qiymati 500 ming so’m, tugatish qiymati 30 ming so’m, xizmat muddati 5 yil. To’g’ri chiziqli usulga muvofiq mazkur misolda har yilgi amortizatsiya 100 : 5 = 20% ni yoki 94 ming.so’mni tashkil etadi (500 000 - 30 000) : 5 = 94 000 so’m.
5 yil davomida amortizatsiya hisoblashni quyidagicha aks ettirish mumkin:
Asosiy vositalarga amortizatsiya hisoblashning bir maromli (to’g’ri
chiziqli) usuli

Binobarin, amortizatsiya hisoblashning berilgan usulida uning summasi foydalanish muddati davomida bir hil bo’ladi, jamg’arilgan eskirish bir tekisda oshib boradi, qoldiq qiymati esa, baholangan tugatish qiymatiga yetguncha – bir tekisda kamayib boradi.Bajarilgan ishlar hajmiga mutanosib ravishda amortizatsiyani hisoblash (ishlab chiqarish) usuli har yilda asosiy vositalarning bajargan ishini hisobga olishga asoslangan.Mazkur usul bo’yicha har yillik eskirish miqdorini hisob-kitob qilish uchun butun foydalanish muddatidagi umumiy baholangan jami bajariladigan ish hajmini va muayyan yildagi bajarilgan ish hajmini bilish lozim. Ishlab chiqarish sifatida ishlab chiqarilgan mahsulot, ishlangan soatlar miqdori va hokazolar olinishi mumkin.


Jadvallardan ko’rinib turibdiki, amortizatsiya hisoblashning oxirgi ikkita usulida asosiy vositalardan foydalanish muddatining boshida hisoblangan amortizatsiya ajratmalari ob‘ekt xizmat muddatining oxirida hisoblangan amortizatsiya qiymatidan sezilarli darajada kattadir. Ushbu usullar ishlab chiqarishga mo’ljallangan asosiy vositalarning amortizatsiyasini hisoblash uchun
qo’llaniladi, chunki mazkur vositalar ulardan foydalanishning birinchi yillarida
samaraliroq ishlaydi va ularning ta‘miriga harajatlar unchalik katta bo’lmaydi.
Keyingi yillarda amortizatsiya harajatlari kamayadi, ta‘mirlash harajatlari esa
odatda oshib boradi. Amortizatsiya hisoblashning tanlangan usuli korxonaning hisob siyosati bilan belgilanishi va bir hisobot davridan boshqasigacha yil davomida o’zgarmagan holda ketma-ket qo’llanilishi lozim.9
Asosiy vositalarni qayta baholash hisobi. Asosiy vositalarni qayta baholash
«Asosiy vositalarni har yili 1 yanvar holatiga ko’ra qayta baholash tartibi to’g’risida»gi nizom (O’zR AV tomonidan 04.12.2002 yilda 1192-son bilan
ro’yxatdan o’tkazilgan) qoidalari bo’yicha: - har yili tashkilotlar tomonidan, mikrofirma va kichik korxonalardan tashqari;
- uch yilda bir marta mikrofirma va kichik korxonalar tomonidan 1 fevralgacha) 1 yanvar holatiga ko’ra qayta baholash o’tkazilayotgan paytdagi narxlar darajasidan kelib chiqib amalga oshirilishi lozim.Barcha asosiy vositalar, o’rnatish uchun uskunalar, tugallanmagan qurilish ob‘ektlari, uzoq muddatli ijaradagi asosiy vositalar, ya‘ni texnik holatidan qat‘iy nazar, foydalanishda bo’lgan va foydalanishda bo’lmagan, konservatsiyada bo’lgan, hisobdan chiqarishga tayyorlangan, lekin chiqarish dalolatnomasi bilan rasmiylashtirilmagan, shuningdek tugallanmagan qurilish va o’rnatishga mo’ljallangan uskunalar korxona mulkchiligida, tezkor boshqaruvida va uzoq muddatli ijarada bo’lgan asosiy vositalar qayta baholanishi lozim.16 Xo’jalik yurituvchi sub‘ektning xohishiga ko’ra asosiy vositalar quyidagi ikki hil usul bilan qayta baholanishi mumkin: - to’g’ridan-to’g’ri qayta baholash usuli aniqrog‘i hisoblanadi, chunki u ob‘ektlarning joriy qiymati haqidagi axborotdan kelib chiqadi, bu axborot esa baholanadigan ob‘ektga o’xshash ob‘ektning qayta baholash davrida 1 yanvar holatiga shakllangan hujjatlar bilan tasdiqlangan alohida ob‘ektlar qiymati haqidagi, ishlab chiqaruvchi zavodlardan, savdo qiluvchi tashkilotlardan yozma ravishda olingan narxlar haqidagi, davlat organlarida mavjud bo’lgan narxlar darajasi haqidagi, shuningdek asosiy fondlar ob‘ektlarining narxlari haqidagi ommaviy axborot vositalarida va maxsus adabiyotlarda chop etilgan ekspertlik xulosalari ma‘lumotlariga asoslanadi;
- boshlang’ich (tiklash) qiymatini indeksatsiyalash usuli. Bu usul bo’yicha
alohida ob‘ektlar O’zbekiston Respublikasi Statistika davlat qo’mitasi tomonidan
ishlab chiqiladigan asosiy vositalar qiymati o’zgarishi indekslarini qo’llagan holda
qayta baholanadi (2-ilova).
Asosiy vositalar indeksatsiyalash usuli bilan qayta baholanganda qayta
baholash sanasi holatiga hisobda bo’lgan eskirish summasi (to’liq eskirish
hisoblangan ob‘ektlar ham bunga kiradi) tiklash qiymatigacha qayta hisoblashda
asosiy fondlar qiymati o’zgarishining tegishli indekslariga ko’paytirilishi lozim.
Misol. Korxona 1 200 ming so’mlik, bozor qiymati 1 500 ming so’m
bo’lgan, 240 ming so’m eskirish hisoblangan kompyuterni qayta baholashni
amalga oshirdi.Boshlang’ich qiymatdan bozor narxining oshishi (1 500 – 1 200) : 1 200 x100 = 25 % ni tashkil etdi. Binobarin eskirishga 240 ming so’m x 25 % : 100 = 60 ming so’mlik summaga tuzatish kiritiladi. Buxgalteriya hisobida bu quyidagicha yozuvlar bilan aks ettiriladi:
- qayta baholash summasiga:
D-t 0150-―Kompyuter jihozlari va hisoblash texnikasi‖ - 300 ming so’m.
K-t 8510-―Mulkni qayta baholash bo’yicha tuzatishlar‖ - 300 ming so’m.
- eskirishga tuzatish kiritish summasiga:
D-t 8510-―Mulkni qayta baholash bo’yicha tuzatishlar‖ - 60 ming so’m.
K-t 0250-―Kompyuter jihozlari va hisoblash texnikasining eskirishi‖
-60 ming so’m. Arzonlashtirish holatida teskari o’tkazmalar beriladi.Asosiy vositalarning chiqib ketishi hisobi. Asosiy vositalarning chiqib ketishi ularning to’liq eskirishi, keyinchalik foydalanishga yaroqsiz bo’lishi tufayli, shuningdek sotilishi, bepul berilishi, sovg’a qilinishi, ulush tariqasida boshqa tashkilotlarning ustav kapitaliga kiritilishi, moliyaviy ijara shartnomasi bo’yicha berilishi, kamomad yoki yo’qotishlar aniqlanishi sababli amalga oshadi. Mulkchilik shakli va idoraviy bo’ysunishidan qa‘tiy nazar barcha korxonalarda asosiy vositalarning chiqib ketishi hisobda va hisobotda «Asosiy vositalarni balansdan hisobdan chiqarish tartibi to’g’risida»gi nizom (O’zR AV tomonidan 29.08.2004 yilda 1401-son bilan ro’yxatdan o’tkazilgan)ga muvofiq aks ettirilishi lozim. Asosiy vositalarning tugatilishi quyidagilar tomonidan amalga oshiriladi:
- davlat korxonalari va budjet tashkilotlarining tizim bo’linmalari tomonidan -
tegishli yuqori tashkilotlar ruxsati bilan;
- unitar korxonalari tomonidan
- mulk egasi ruxsati bilan;
- boshqa korxona va tashkilotlar tomonidan
– mustaqil ravishda.Asosiy vositalarning chiqib ketishi tugatish dalolatnomasi bilan rasmiylashtiriladi, unda asosiy vositaning boshlang’ich qiymati, eskirish summasi yoziladi va tugatish bo’yicha natijalar hisob-kitobi tuziladi. Ushbu dalolatnoma asosida inventar varaqasi yopiladi va arxivga topshiriladi, bu haqda asosiy vositalarning inventar ro’yxatida yozuv qayd etiladi.
Asosiy vositalarning chiqib ketishi hisobi 9210-«Asosiy vositalarining chiqib ketishi» schotida yuritiladi. Ushbu schotning debetida boshlang’ich qiymat va
tugatish bo’yicha xarajatlar, kreditida esa - chiqarish kuniga hisoblangan eskirish summasi va tugatishdan olingan daromad hisobga olinadi. 9210-schot bo’yicha debet va kredit aylanmalarini taqqoslash bilan asosiy vositalarni hisobdan chiqarish, chiqib ketishidan moliyaviy natija aniqlanadi. Agar 9210-schot bo’yicha debet aylanmalari uning kredit aylanmalaridan katta bo’lsa, farq korxona zararini tashkil qiladi va 9430-«Boshqa operatsion xarajatlar» schotiga kiritiladi. Agar kredit aylanmalari 9210-schot bo’yicha debet aylanmalaridan katta bo’lsa, farq foydani tashkil qiladi va 9310-«Asosiy vositalarning chiqib ketishidan foyda» schotiga hisobdan chiqariladi.10
Asosiy vositalar ijarasi hisobi. Ishlab chiqarish bazasini mustahkamlash,
korxonalar faoliyatining yangi yo’nalishlarini o’zlashtirish maqsadida bozor
munosabatlarini kengaytirish va ommalashishi bilan asosiy vositalar ijarasi borgan sari rivojlanib bormoqda. Ijara munosabatlarining buxgalteriya hisobida aks ettirish tartibi 6-sonli Buxgalteriya hisobining milliy standarti «Ijara hisobi» (O’zR AV tomonidan 24.04.2009 yilda 1946-son bilan ro’yxatdan o’tkazilgan) va ―Buxgalteriya hisobida ijara operatsiyalarini aks ettirish tartibi to’g’risidagi Nizom‖ (O’zR AV tomonidan 01.06.2009 yilda 1961-son bilan ro’yxatdan o’tkazilgan) bilan tartibga solinadi.



Yüklə 51,24 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin