4.4 Asosiy vositalarning harakati to’g’risidagi hisobotning mazmuni va ahamiyati Korxonalarning ishlab chiqarish jarayonini asosiy vositalarsiz tasavvur qilish qiyin. Chunki ular mehnat unumdorligini oshirishning asosiy manbai, mahsulot sifatining talab darajasida bo’lishini ta’minlovchi omil hisoblanadi.Ayniqsa bozor iqtisodiyoti sharoitida raqobatchilar o’rtasidagi kurashda asosiy vositalarning tarkibiy qismi hisoblangan zamonaviy texnika va texnologiyalarsiz muvaffaqiyatlarga erishish qiyin. Shu bilan birgalikda zamonaviy takomillashgan asosiy vositalarni amaliyotga qo’llash ilmiy texnika progressining eng so’nggi yutuqlarini ishlab chiqarishga joriy qilinishini ta’minlaydi. Bu o’z navbatida ilm-fan yutuqlarini amaliyotga qo’llash va ular o’rtasidagi aloqalarni rivojlantirishni ta’minlaydi.
Asosiy vositalar har bir sikldan so’ng ishlab chiqarish sohasini tark etmay, mehnat jarayonida o’z natura ashyoviy shaklini saqlab qolishi bilan tavsiflanadi. Ularning qiymati mahsulotga bir yo’la emas, balki qismlab o’tadi. Ammo shunday mehnat vositalari ham borki, ular o’z iqtisodiy mazmuniga ko’ra mehnat quroli hisoblanadi. Biroq asosiy vositalar tarkibiga kirmaydi, balki aylanma mablag’lar tarkibida hisobga olinadi. Asosiy vositalar ishlab chiqarish jarayonida qatnashishiga qarab ularni asosiy vositalarning aktiv va passiv qismlarga ajratiladi. Asosiy vositalarning aktiv qismiga mashina va uskunalar (kuch hamda ishchi mashina va uskunalar, o’lchov hamda to’g’rilash asboblari va qurilmalari, laboratoriya uskunalari, hisoblash texnikasi, boshqa mashina va uskunalar), shuningdek transport vositalari kiritiladi.
Asosiy vositalarning aktiv qismini aniqlashda ularning mahsulot hajmining o’sishiga, mehnat unumdorligining ortishiga bevosita ta’sir etishini ham e’tiborga olish lozim. Asosiy vositalarning passiv qismi ishlab chiqarish jarayoni uchun sharoit yaratuvchi ishlab chiqarishning infratuzilmasining binolari va inshootlarini o’z ichiga oladi.
Moliyaviy hisobotdan ichki va tashqi foydalanuvchilar uchun korxonaning asosiy vositalarining tarkibi ularning ish holati va umumiy qiymati muhim ahamiyatga ega. Bu ma’lumotlar korxonaning moliyaviy hisobot tarkibiga kiritiladigan «Asosiy vositalarning harakati to’g’risidagi hisobot»da o’z aksini topadi. «Asosiy vositalarning harakati to’g’risidagi hisobot»ning asosiy vazifasi 1-sonli BHMA «Hisob siyosati va moliyaviy hisobot»ning 86-bandida quyidagilar yozilgan: «Ushbu hisobot asosiy vositalarning harakati hamda ularning eskirishini hisoblash to’g’risida qo’shimcha axborot beradi. Shuningdek, unda ijaraga berilgan yoki olingan asosiy vositalar to’g’risida ham axborot beradi».15
3-«Asosiy vositalarning harakati to’g’risida hisobot» asosida asosiy vositalarni yalpisiga emas, balki ularning turlari bo’yicha holatini, shuningdek, ta’minlangan va foydalanish samaradorligini mufassal tahlil qilish imkonini beradi. Hisobotning mazkur shaklida asosiy vositalarning har bir turi bo’yicha dastlabki qiymati, eskirishi va qoldiq qiymati, shuningdek ularning yil boshidagi qiymati, qancha kelib tushgani va chiqib ketganligi, yil oxiriga qoldig’i ko’rsatiladi. Hisobot oxirida ular ishlab chiqarish va noishlab chiqarishdagi asosiy vositalarga bo’lingan. Ma’lumot tariqasida asosiy vositalar turlari bo’yicha qaysi mablag’lar hisobiga olinganligi, qancha asosiy vositalar ijaraga olingan va berilganligi to’g’risidagi ma’lumotlar keltirilgan. Shuningdek, ushbu hisobot ma’lumotlari asosida asosiy vositalar holatini ifodalovchi quyidagi ko’rsatkichlar aniqlanadi: eskirish, yaroqsizlik, yangilanish, chiqib ketish koeffitsiyentlari, asosiy vositalar tarkibi, ularning umumiy va asosiy vositalar turlari bo’yicha o’sish summasi kiritiladi. Asosiy vositalarning harakati to’g’risidagi hisobot ma’lumotlari korxonaning asosiy vositalari bilan ta’minlanganligini mehnatning mexanizatsiyalashganlik darajasi, ishlab chiqarish jarayonining mexanizatsiyalashganlik darajasi kabi ko’rsatkichlarini hisoblashda ham foydalaniladi. Asosiy vositalarni foydalanish samaradorligining mezonlaridan ko’riladigan foyda (samara)dir. Buni tavsiflovchi ko’rsatkichlar qatoriga fondning rentabelligi; asbob-uskunalar unumdorligi kabi ko’rsatkichlar kiritiladi va ular ushbu hisobot ma’lumotlari asosida hisoblanadi.
Asosiy vositalarning harakati to’g’risidagi hisobot ichki va tashqi foydalanuvchilar uchun alohida ahamiyatga ega bo’lgan ko’rsatkichlarni o’zida mujassam qiladi. Ushbu hisobot ko’rsatkichlarining ahamiyatini e’tiborga olgan holda uni tartibga solish qator huquqiy va me’yoriy hujjatlar bilan amalga oshiriladi.
Asosiy vositalar harakati to’g’risidagi hisobotning sifatida O’zbekiston Respublikasining «Buxgalteriya hisobi to’g’risida»gi Qonuni alohida ahaiyatga ega.
Ushbu qonunning 16-moddasida moliyaviy hisobot «Asosiy vositalar harakati to’g’risidagi hisobot»ni ham o’z ichiga olishi belgilab qo’yilgan.
Ushbu hisobotning huquqiy asosi sifatida O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999-yil 5-fevraldagi 54-sonli Qarori bilan tasdiqlangan «Mahsulot (ishlar, xizmatlar)ni ishlab chiqarish va sotish xarajatlari tarkibi hamda moliyaviy natijalarni shakllantirish tartibi to’g’risida»gi Nizomni keltirish mumkin. Ushbu Nizom «Asosiy vositalar harakati to’g’risidagi hisobotni» tartibga solish bevosita aloqador bo’lmasada, u asosiy vositalarni saqlash, ishlatish va ta’mirlash xarajatlarini ishlab chiqarilayotgan mahsulot (ish, xizmat)lar tannarxiga kiritish, shuningdek asosiy vositalarning chiqib ketishi bilan bog’liq muomalalarning moliyaviy natijalarda aks ettirish uslubiyati belgilab berilgan. Shu bilan birgalikda asosiy vositalarning eskirish xarajatlari, nizomga olingan asosiy vositalarga hisoblangan amortizatsiya xarajatlari talabi ham belgilangan.
Asosiy vositalar harakati to’g’risidagi hisobotning navbatdagi huquqiy asosi O’zbekiston Respublikasining «Soliq Kodeksi», O’zbekiston Respublikasi soliq kodeksining 23-moddasida asosiy vositalarning amortizatsiya normalari keltirilgan. Ushbu moddaga asosan barcha asosiy vositalar beshta guruhga bo’lingan va ularning har bir guruhi uchun alohida amortizatsiya normalari belgilangan. Shu bilan birgalikda ushbu moddada amortizatsiya hisoblash tartibi ham tushuntirib berilgan. Shuningdek, nizomga olingan asosiy vositalarga amortizatsiya hisoblash qoidalari belgilab berilgan. Bularning barchasi korxonalarda «Asosiy vositalar harakati to’g’risidagi hisobot»ni tuzish uchun zarur ma’lumotlarni shakllantirishni belgilab beradi. Ushbu hisobotning me’yori asosi sifatida O’zbekiston Respublikasida qabul qilingan «Buxgalteriya hisobining milliy standartlari» hisoblanadi. Ular jumlasiga quyidagi «BHMA»larni kiritish mumkin:
1-BHMA «Hisob siyosati va moliyaviy hisobot»;
5-BHMA «Asosiy vositalar»;
21-BHMA «Хo’jalik yurituvchi su’yektlarning moliyaviy-xo’jalik faoliyati buxgalteriya hisobi schyotlar rejasi va uni qo’llash bo’yicha yo’riqnoma»;
22-BHMA «Chet el valutasida ifodalangan aktivlar va majburiyatlarning hisobi».
1-BHMA «Hisob siyosati va moliyaviy hisobot»ning 12-bandida moliyaviy hisobotning tarkibi belgilangan bo’lib, unda «asosiy vositalar harakati to’g’risidagi hisobot» 3-shakl tuzilish belgilab berilgan. Shuningdek, uning 14-bandida moliyaviy hisobot shakllari ko’rsatkichlarining ochib berilishi belgilangan bo’lib, bu vosita moliyaviy hisobotning uchinchi shakli bo’lgan «Asosiy vositalar harakati to’g’risidagi hisobot»ga ham belgilangandir. Shu bilan birgalikda ushbu «BHMA»ning 60, 61-bandlarida hisobotning davri va hisobot sanasi belgilab berilgan bo’lib, uni taqsim qilish 62-band bilan tartibga solindi.
«Asosiy vositalar harakati to’g’risidagi hisobot» uchun zarur ma’lumotlarni buxgalteriya hisobi schyotlarida shakllantirishda 5-BHMA «Asosiy vositalar» alohida o’rin tutadi. Chunki asosiy vositalar hisobini yuritish asosan ushbu hisobot bilan tartibga solinadi. Unda «Asosiy vositalar harakati to’g’risidagi hisobot» uchun zarur bo’lgan ma’luotlarning yechimi berilgan:
-asosiy vositalar tarkibida hisobga olish uchun qo’yiladigan mezonlar;
-asosiy vositalar dastlabki qiymatini shakllantiruvchi xarajatlar tarkibi;
-asosiy vositalarga amortizatsiya hisoblash usullari;
-asosiy vositalarni qayta baholash.
Ushbu masalalarining yechimlari korxonalarda asosiy vositalar hisobini yuritishni tartibga soladi va hisobot tuzish uchun kerakli ma’lumotlarni yig’ish imkonini beradi.16
«Asosiy vositalar harakati to’g’risidagi hisobot»ni tuzishda 21-BHMA «Хo’jalik yurituvchi su’yektlarning moliyaviy-xo’jalik faoliyati buxgalteriya hisobi schyotlar rejasi va uni qo’llash bo’yicha yo’riqnoma» alohida ahamiyatga ega. Chunki, 21-BHMA asosiy vositalar hisobida yo’naltirilgan schyotlar va ularning funksiyasi aniq belgilab berilgan. Hisobotda keltirilgan ko’rsatkichlarni shakllantirish uchun alohida schyotlar tayinlangan. Ushbu standart asosida «Asosiy vositalar harakati to’g’risidagi hisobot»ni tuzish uchun zarur bo’lgan ma’lumotlar shakllantiriladi:
boshlang’ich (qayta tiklash) qiymati;
yig’ilgan amortizatsiya miqdori;
qoldiq qiymati.
Yuqoridagi ko’rsatkichlar buxgalteriya hisobining alohida schyotlari ma’lumotlari asosida aniqlanadi. Shuningdek, har bir ko’rsatkich bo’yicha bir necha zarur ko’rsatkichlar ham alohida hisobga olinadi. Masalan, asosiy vositalarning boshlang’ich qiymati yil boshiga va yil oxiriga alohida hisobga olish imkoniyati ta’minlanadi. Shu bilan birgalikda yil davomida kelib tushgan asosiy vositalarning dastlabki qiymati yoki yil davomida chiqib ketgan asosiy vositalarning boshlang’ich qiymati ham alohida hisobga olinadi. Ular hisobot tuzish uchun zarur ma’lumotlar hisoblanadi. Korxonalar o’zlari uchun zarur asosiy vositalarni xorijiy mamlakatlardan sotib oladilar. Bunday xo’jalik muomalalari asosiy vositalarning boshlang’ich qiymatining shakllanishiga ta’sir ko’rsatadi. Chunki xarajatlar tarkibi turlicha bo’lishi bilan birgalikda ular chet el valutasiga sotib olinganligi, shuningdek asosiy vositalarnit qabul qilish sanasi va ularning qiymatini xorijiy mol yetkazib beruvchiga to’lash sanasiga quyidagi farqlar vujudga keladi. Bularning barchasi «Asosiy vositalar harakati to’g’risidagi hisobot»da o’z aksini topishi zarur. Bunday muomalalarning buxgalteriya hisobi 22-BHMA «Chet el valutasida ifodalangan aktivlar va majburiyatlarning hisobi»da belgilab berilgan.
«Asosiy vositalar harakati to’g’risidagi hisobot» tuzishda O’zbekiston Moliya vazirligida 2002 yil 27 dekabrda tasdiqlangan va Adliya vazirligida 2003 yil 24 yanvarda ro’yxatga olingan «Moliyaviy hisobot shakllarini to’ldirish bo’yicha qoidalar» alohida ahamiyatga ega. Ushbu qoidalarning 125, 137-bandlari «Asosiy vositalar harakati to’g’risidagi hisobot»ni tuzish bo’yicha ko’rsatmalarni o’z ichiga oladi. Unda hisobotni har bir moddasini tuzish uchun zarur majburiyatlarni aniqlash alohida qoidalari belgilab berilgan.
Asosiy vositalar harakati to’g’risidagi hisobotning 010-190 satrlarida ularning mazmunini ifodalovchi ko’rsatkichlar keltirilgan. Ushbu hisobotning 010-160 satrlaridagi ko’rsatkichlar 21-BHMAda keltirilgan asosiy vositalar tasnifiga mos keladi. Qolgan ko’rsatkichlarni buxgalteriya hisobi schyotlaridan jamlash yo’li bilan olinadi.
Hisobotning «yer» ko’rsatkichi korxonaga qonunchilikka muvofiq mulk sifatida berilgan yer maydonlarini bildiradi. O’zbekiston Respublikasi «Yer Kodeksi»ning 17-moddasiga binoan, «yuridik shaxslar yer kodeksi va boshqa qonun hujjatlariga muvofiq doimiy egalik qilish, doimiy foydalanish, muddatli (vaqtincha) foydalanish, ijaraga olish va mulk huquqi asosida yer uchastkalariga ega bo’lishlari mumkin».
«Yerni obodonlashtirish, yer maydonlari tuzilishini o’zgartirish, yo’llarni qurish, avtomobillar va boshqa transport vositalari uchun saqlash joylari, devorlar va boshqa inshootlarni qurish bilan bog’liq muomalalarning natijasi aks ettiriladi.
Yer maydonlari, o’rmonzor va suv havzalariga, ko’p yillik daraxtzorlarga sarflangan kapital qo’yilmalar barcha obodonlashtirish ishlari tugatilishidan qat’iy nazar foydalanishga qabul qilingan maydonlarga tegishli xarajatlar sifatida asosiy vositalar tarkibiga qabul qilinadi.
Respublikamizda hozirgi bozor munosabatlari sharoitida yerning asosiy vositalar tarkibiga kiritilishi uning muayyan qiymatiga ega ekanligidan dalolat beradi.
«Uzoq muddatli ijara shartnomasi bo’yicha olingan asosiy vositalarni obodonlashtirish» ko’rsatkichiga uzoq muddatli ijara shartnomasi bo’yicha ijaraga olingan mulkni obodonlashtirish bilan bog’liq kapital xarajatlar, shuningdek, rekonstruksiya va modernizatsiya qilish xarajatlari ham aks ettiriladi.
Hisobotning bino ko’rsatkichida ishlab chiqarish korpuslari, sexlar, ustaxonalar, boshqarma binolari, turar-joy binolari va boshqa ishlab chiqarish, ma’muriy–xo’jalik va ijtimoiy-maishiy maqsadlar ob’yektlari ko’rsatiladi. Inshootlar ko’rsatkichida ishlab chiqarish jarayonlarining texnikaviy yoki umumiy vazifalarini bajarishga xizmat qiladigan ob’yektlari-avtomobil yo’llari, ko’priklar, osma yo’llar, suv omborlari, neft va gaz quduqlari, shaxta quduqlari va boshqalarning qiymati ko’rsatiladi.
Uzatuvchi moslamalar tarkibiga mashina, dvigateldan ish mashinalariga elektr, issiqlik, mexanik energiyani uzatishga, shuningdek suyuq va gazsimon moddalarni bir ob’yektdan boshqa ob’yektga o’tkazib berishga xizmat qiladigan qurilmalar (elektr o’tkazish yo’llari, quvur yo’llari, issiqlik va gaz tarmog’i hamda boshqalar) kiradi.
Mashina va uskunalar tarkibi ancha murakkab bo’lib, ularni quyidagi guruhlarga ajratiladi:
-kuch mashina va jihozlari elektr va issiqlik energiyasini ishlab chiqaradigan yoki uni mexanik harakat energiyasiga aylantirib beradigan generator-mashinalar, dvigatel mashinalar (qozonxonalar, bug’ dvigatellari, turbinalar, kuch tarsformatorlari va boshqalar)dir;
-ish mashinalari va jihozlari mehnat predmetlariga mexanik, termik, kimyoviy yoki boshqa yo’sinda texnologik ishlov berishga, ularni ishlab chiqarish jarayonida qo’zg’atish, qazib olish, eritish, tayyorlashga xizmat qiladigan qurilmalar (stanoklar, apparatlar, agregatlar)dir;
-o’lchash va boshqaruv asboblari hamda qurilmalari va laboratoriya jihozlari foydalaniladigan texnika ishidagi turli parametr (ko’rsatkich)larni o’lchash, ishlab chiqarish jarayonlarini boshqarish, xom ashyo, materiallar va tayyor mahsulotlar sifatini tekshirish, namlik darajasi, shovqin ta’siri va boshqalarni o’lchshda ishlatiladi. Ularga monometrlar, tarozilar, mikroskoplar, dispetcherlik nazorati asboblari va boshqalar kiradi;
Boshqa mashina va jihozlarga yuqoridagi guruhlarga kiritilmagan mashina va jihozlar hisobga olinadi. «Mebel va ofis jihozlari» tarkibida ishlab chiqarish va boshqaruv uchun mo’ljallangan mebel va jihozlar (stollar, shkaflar, mebel yig’imlari, kreslo, temir seyflar va boshqalar). Shuningdek, ofis jihozlari (telefaks apparati, qog’oz qirqadigan va yo’q qiladigan mashinalar va boshqalar) aks ettiriladi. 17
«Kompyuter jihozlari va hisoblash texnikasi» ko’rsatkichida kompyuterlar, printerlar, skanerlar, modem va boshqa kompyuter jihozlari hamda hisoblash texnikalari hisobga olinadi.
Тransport vositalari ko’rsatkichida passajirlar maqsadlaridagi narsalarni tashishga mo’ljallangan harakat vositalari (temir yo’l, suv, avtomobil, kommunal transport iva muhim neft quvur yo’llari)ning qiymati o’z aksini topadi.
Hisobotning «Ishchi hayvonlar ko’rsatkichida ishchi kuchi sifatida foydalanadigan otlar, xo’rozlar, tuyalar, xachir va eshaklar va boshqa transport vositasi sifatida foydalaniladigan ishchi hayvonlarning qiymati ko’rsatiladi.
Mahsuldor hayvonlar tarkibida mahsulot beradigan qishloq xo’jaligi mollari-sigirlar, biyalar, tuyalar, qo’ylar, echkilar va boshqa hayvonlar hisobga olinadi.
Ko’p yillik o’simliklar ko’rsatkichi bog’lar, uzumzorlar va boshqa mevali bog’lar, shuningdek ko’kalamzorlashtirish, dekoratsiya yashil devorlar hamda boshqa ko’p yillik o’simliklarning qiymatini aks ettiradi.
«Boshqa asosiy vositalar» tarkibida yuqoridagi ko’rsatkichlarga kiritilmagan asosiy vositalar hisobga olinadi.
«Konservatsiya qilingan asosiy vositalar» ko’rsatkichida qonunchilikda o’rnatilgan tartibda konservatsiya qilingan asosiy vositalar hisobga olinadi.
Hisobotda «Uzoq muddatli ijara (moliyaviy lizing)ga olingan asosiy vositalar» ko’rsatkichida korxonada uzoq muddatli ijaraga olingan asosiy vositalar qiymati aks ettiriladi.
Jami asosiy vositalar ko’rsatkichida 010-160 satrlardagi yoki yuqorida keltirilgan barcha ko’rsatkichlarning yig’indisi o’z aksini topadi.
Hisobotda korxonaning asosiy vositalari ishlab chiqarishga mansub va noishlab chiqarishga mansub va noishlab chiqarishga tegishli asosiy vositalarga guruhlangan holda ko’rsatilishi lozim. Buning uchun «Ishlab chiqarish» va «noishlab chiqarish» ko’rsatkichlari tayinlangan.
Shu bilan birgalikda hisobotda ma’lumot uchun «yil davomida sotib olingan asosiy vositalar» jami ko’rsatkichi mavjud bo’lib, u quyidagi ko’rsatkichlarning yig’indisi sifatida ko’rsatiladi:
-o’z mablag’lari hisobiga
-bank krediti hisobiga
-boshqa qarzga olingan mablag’lar hisobiga
Ushbu ko’rsatkichlarning yig’indisi yil davomida korxona sotib olgan asosiy vositalarning qiymati to’g’risida ma’lumot beradi.
Hisobotda «Тugallanmagan qurilish» ko’rsatkichi ham mavjud bo’lib, unda yil davomida tugallanmagan kapital qurilish (pudrat yoki xo’jalik usulida amalga oshirilishidan qat’iy nazar) xarajatlari hisobga olinadi. Bu ko’rsatkich titulli, ya’ni kelgusida asosiy vositalar tarkibida hisobga olinadigan binolar, imoratlar, inshootlar va boshqalarni qurish bilan bog’liq kapital qo’yilmalar hisobidan amalga oshiriladigan xarajatlar to’g’risida ma’lumot beradi.
Xulosa Demak, kurs ishini yozish jarayonida vazifalar va savollar ochib berildi. Ishning birinchi qismida asosiy vositalarni aniqlash, ularning tasnifi va asosiy vositalardan foydalanishni tahlil qilish usullari bilan bog'liq masalalar o'rganildi. Asosiy vositalar ta'rifi ishlab chiqarish jarayonida uzoq vaqt davomida ishtirok etadigan, tabiiy shaklini saqlab qolgan holda ishlab chiqarish fondlarining bir qismi sifatida berilgan va ularning qiymati ishlab chiqarilgan mahsulotga asta-sekin, ishlatilganday qismlarga o'tkaziladi. Korxonada asosiy vositalarni tahlil qilish asosiy vositalardan samarasiz foydalanishga ta'sir qiluvchi omillarni aniqlash va ushbu salbiy omillarni bartaraf etish yoki kamaytirish yo'llarini topish uchun zarur ekanligi ko'rsatildi. Korxonada asosiy vositalardan yanada oqilona foydalanish hisobiga mahsulot ishlab chiqarish va sotish hajmini ko'paytirish mumkin, ammo buning uchun mehnat unumdorligini oshirish zarur. Asosiy vositalardan yanada samarali foydalanish uchun korxona quyidagi choralarni ko'rishi mumkin: O'rnatilmagan uskunalarni ishga tushirish, uni almashtirish va modernizatsiya qilish; Kun bo'yi va smenada ishdan bo'shash vaqtini qisqartirish. Ushbu kamchilikni bartaraf etishga ilg'or tashkiliy va texnologik tadbirlarni joriy etish orqali erishish mumkin; Ta'mirlash va ishga tushirish bo'yicha samarali rejani o'z ichiga olgan korxonaning optimal ish jadvalidan foydalanish orqali erishish mumkin bo'lgan smenali koeffitsientni oshirish; Uskunani yanada intensiv ishlatish; Ilmiy-texnik taraqqiyot tadbirlarini amalga oshirish; Uskunalarga nisbatan samaraliroq va ehtiyotkorlik bilan ishlashni ta'minlaydigan ishchi kadrlarning malakasini oshirish; Bog'liqlikni ta'minlaydigan asosiy va yordamchi ishchilarni iqtisodiy rag'batlantirish ish haqi mahsulot ishlab chiqarish va sifatidan, yuqori samaradorlik ko'rsatkichlariga erishgan ishchilarni rag'batlantirish va mukofotlash uchun mablag'larni shakllantirish; Amalga oshirish ijtimoiy ish, ishchilarning malakasini oshirishni, mehnat va dam olish sharoitlarini yaxshilashni, dam olish faoliyatini va ishchining jismoniy va ma'naviy holatiga ijobiy ta'sir ko'rsatadigan boshqa faoliyatni ta'minlash. Asosiy vositalardan foydalanish samaradorligini oshirish butun xalq xo'jaligida ham katta ahamiyatga ega. Ushbu muammoning echimi jamiyat uchun zarur bo'lgan mahsulotlar ishlab chiqarishni ko'payishini, yaratilgan ishlab chiqarish salohiyatining qaytishini ko'payishini va aholining ehtiyojlarini to'liq qondirishni, mamlakatda uskunalar balansining yaxshilanishini, mahsulot tannarxining pasayishini, ishlab chiqarish rentabelligining oshishini, kompaniyaning jamg'armalarini anglatadi. Asosiy vositalar harakati to’grisidagi hisobotda yil davomida ta’sischilar tomonidan hissa tariqasida korxonaga berilgan asosiy vositalar ularning qoldik qiymati bo’yicha ma’lumotlar ko’rsatiladi. Ular huquqiy va me’yoriy hujjatlarda belgilangan tartib va qoidalarga mos kelgan taqdirda ushbu ko’rsatkichlarni hisobga kiritish mumkin.