Bajardi: Qurbonaliyev s tekshirdi: Zaripova D


Kommunikativ kompetensiya



Yüklə 116,8 Kb.
səhifə4/8
tarix28.11.2023
ölçüsü116,8 Kb.
#168217
1   2   3   4   5   6   7   8
1-topshiriq.Sanjarbek.TalimNaz

5. Kommunikativ kompetensiya. Hamkorlikda ta’lim faoliyatini tashkil etishni bilishi, bag‘rikenglik bilan ish yuritishi, ziddiyatli vaziyatlarda o‘zini munosib tuta bilishi, guruh jamoasini demokratik boshqarish va o‘z-o‘zini boshqarish faoliyatida ishtirok etishi, talabalar ijtimoiy faoliyati uchun ko‘maklashishi, o‘zining ilmiy-metodik faoliyati natijalarini taqdim etishni bilishi va boshqalar.
6. Tahliliy nazorat kompetensiyasi. Pedagogik jarayonlarning bir butunligini ta’minlovchi, psixologik mexanizmlarni tahlil qila olishi, o‘quv tarbiyaviy jarayonlarning barcha bosqichlarida hushyorlik bilan faoliyat ko‘rsata olishi, ta’lim natijalarini baholashning an’anaviy va zamonaviy vositalarini (test, reyting, portfolio) bilishi, shaxs, talaba va guruh jamoasini o‘rganish va bashorat qilishni turli pedagogik- psixologik usullariga ega bo‘lishidan iborat.
7. Loyiha tadqiqotchilik kompetensiyasi. O‘zining kasbiy faoliyatidan qoniqmaslik va shu asnoda uni yangilash, takomillashtirishni bilishi, ta’lim jarayonlari qatnashchilari bilan barcha tashkiliy ishlarning mazmun-mohiyati va metodlari borasida o‘zaro hamkorlik qilishi, o‘quv-dasturiy hujjatlarni tayyorlash asoslarini bilishi va ulardan ta’lim mazmundorligini ro‘yobga chiqarishda foydalanishi, bolalar va o‘smirlarning ijtimoiy jihatdan moslasha olmayotganligini bilishi va bunday holatlarning oldini olishi, psixologik-pedagogik tadqiqotlar loyihasini ishlab chiqishni bilishi kabilardan iborat. Kasbiy pedagogik kompetensiya mezonlarini ishlab chiqish eng murakkab pedagogik muammo, eng dolzarb masala ekanligini ta’kidlar ekanmiz, bu borada aniq ishlab chiqilgan o‘lchovlar yo‘qligini ham tan olishimiz lozim. Oliy ta’lim o‘qituvchisi kasbiy kompetensiyasi tizimi pedagogning mahoratida ko‘zga tashlanadi. Biz yuqorida keltirgan o‘qituvchining kompetensiya modelini uning kasbiy tayyorgarligi modeli desak xato qilmaymiz. Kasbiy kompetensiyaning eng muhim qirralaridan biri o‘qituvchi-pedagogning nazariy tayyorgarligi masalasidir. Pedagogning kasbiy potensiali (PKP) formulasiga binoan shaxsning o‘zgarmaydigan tug‘ma qobiliyatlari (tq)dan, qisman o‘zgaradigan shaxsning maxsus qobiliyatidan, maxsus tayyorgarlik jarayonida tarkib topadigan qobiliyatlar (mtjttq)dan vapedagogning amaliy faoliyatida o‘zlashtiriladigan (afo‘q) qobiliyatlar yig‘indisi ekanligini ko‘p sonli tadqiqotlar tasdiqlagan. Kasbiy potensial tushunchasining umumiy tuzilmasi yetarli darajada murakkab va ko‘p qirrali. Uni I.P.Podlasiy quyidagicha tasavvur etish mumkinligini ko‘rsatadi. Demak, o‘qituvchilik mahorati integrativ fazilat (sifat) bo‘lib, yuqori darajadagi madaniyat, bilim, malaka, amaliy qobiliyatlarni o‘zida mujassamlashtiradi. Y.P.Azlarovning fikricha, pedagogik mahorat cho‘qqisiga yetishishjuda mushkul va uzoq vaqt talab etadigan jarayondir. Haqiqiy usta o‘qituvchi bo‘lish uchun inson tug‘ma qobiliyatga ega bo‘lishi zarur, degan fikrlar ham mavjud. F.Gallning fikricha, inson bosh suyagi bilan insonning aqliy va axloqiy fazilatlari orasida bog‘liqlik mavjud. Pedagogning kasbiy imkoniyatlari (potensiali) tuzilmasi Kasbiy tayyorgarlik Pedagogik ijodkorlik Pedagogning kasbiy mahorati Pedagogik madaniyat Kasbga yo‘naltirish Pedagogik Intellekt Innovasion faoliyat Pedagogik tafakkur yuritish (fikrlash stili) Kasbiy kamol topish Kasbiy layoqat (kompetentlik) Gumanistik (insonparvarlik) yo‘nalishi Pedagogik texnika Kasbiy yo‘nalganlik Faoliyati jarayonida yangiliklarga intiluvchanlik Kasbiy rivojlanish Muloqot mahorati Pedagogik mehnatga tayyorgarlik Mehnatga ijodiy munosabat Kasbiy nuqtayi nazar Ijtimoiy faollik Kasbiy moyillik Ijodiy tashabbuskorlik Kasbiy faollik Metodik mahorat “Frenologiya” - bosh suyakning tashqi shakli bilan inson aqliy va axloqiy fazilatlarining bog‘liqligini o‘rganuvchi fandir. U avstriyalik vrach F.Gall tomonidan ilgari surilgan. Bunday qiziqarli faraz vositasida kimning bosh suyagi ensa gardan qismiga bo‘rtiq (do‘nglik) mavjud bo‘lsa, u o‘qituvchilik kasbini tanlashi mumkinligiga ishora qilinadi. E.A.Klimovning fikricha, pedagog kasbi sohiblarining mehnat predmeti inson-texnika, ishlab chiqarish texnologiyasi, ya’ni uning asosiy mazmuni insonlarning o‘zaro bog‘liq munosabatidan iborat bo‘ladi. Pedagogik kasb sohibi quyidagi xislatlarga ega bo‘lishi kerak: insonparvarlik, gumanizm, faoliyatining jamoaviy va ijodiy xarakterga egaligi kabilar. N.V.Kuzmina o‘qituvchi mehnatining turli jihatlarini psixologik nuqtayi nazardan tadqiq etib, faqatgina 12 foizgina o‘qituvchilar tom ma’noda kasbiy pedagogik mahorat sohibi ekanligi, aksariyat o‘qituvchilar esa ta’lim-tarbiya usullarini yaxshi egallaganliklari va buning natijasida yuqori samaradorlikka erishganlarini ko‘rsatadi. Ideal pedagog Mutaxassis Ishchi-xodim Inson Pedagogika nazariyasini bilish, pedagogik mahoratga ega bo‘lish, psixologiyani bilish, ta’lim-tarbiya texnologiyalarini qo‘llayolish malakasiga ega bo‘lish, mehnatni oqilona tashkil eta bilish malakasi. Ishga muhabbat, o‘quvchilarni sevish. Insonga ishonch. Pedagogik qobiliyat, umumiy aql-zakovat, sabr-toqat, kelajakka ishonch. O‘zini tuta bilish, izlanuvchanlik, reaksiyalarining aniq va tezligi, ko‘ngilchanlik, bolalarni tushunish, xohishi, nutqining aniq va ishonchliligi, talabchanligi, adolatlilik, to‘g‘ri so‘zlik, tashkilotchilik malakasi, muloqotga kirishuvchanlik, birovlarni tinglay olishlik. Maqsad qo‘yib unga erisha olish. Muntazam va rejali ravishda malakasini oshira borish, mehnat unumdorligini oshirishga intiluvchanlik. Ijodkorlik qobiliyati: har tomonlama ma’lumotlilik, mantiqiy fikr yuritish, kelajakka ishonch. Ishlash ishtiyoqi. Ishiga (kasbiga) sadoqat, jamoada ishlash malakasi, tirishqoqlik, tartibintizomlilik, faollik, ishlab chiqarish vaziyatlariga yo‘naltirilganlik, ishlarni taqsimlay olish malakasi. Javobgarlikni o‘ziga olishga tayyorgarlik. Yuqori axloqiy sifatlar jamoatchilik hayotida faol ishtirok etish. Faol hayotiy nuqtayi nazar (pozisiya), har doim va har qachon shaxsiy o‘rnak, davlat qonunlariga hurmat, milliy g‘urur, vatanparvarlik, vatanini himoya qilishga tayyorlik, mustahkam sog‘lik, sog‘lom hayottarzi, insonparvarlik, ma’naviylik, muloqotga kirishuv chanlik, oqillik, o‘ziga nisbatan talabchanlik va tanqidiy munosabatda bo‘lish. Shuningdek, pedagogning mehnati aqliyligi, yuksak his-tuyg‘u (emotsional)ga egaligi va fuqarolik burchini his etishi bilan ham farqlanadi. Pedagogning insonparvarlik xislatlari o‘zining shogirdlari, atrofidagilarga yordam ko‘rsatishga doim tayyorligida, ularga nisbatan diqqat-e’tibor berishida, hurmatida namoyon bo‘ladi. Pedagog (murabbiy)lar o‘z shogirdlari bilan o‘zaro munosabatni ularning qiziqishlari, qobiliyatlari, xususan individual yosh xususiyatlariga bevosita bog‘liq bo‘lgan tafakkurlash xususiyatlariga ko‘ra tashkiletadi. Pedagogik faoliyatning yana bir muhim jihati ijodkorlik hisoblanadi. Pedagoglarga nisbatan ijodkorlik muntazam o‘zgaruvchansharoitda kasbiy masalalarning yechimini topishni talab etadi. Pedagogning faoliyati jamoaviy xarakterga ega bo‘lib, pedagogik faoliyat natijalariga boshqa o‘qituvchilarning ishlari, oila, shuningdek, boshqa omillar ta’sir ko‘rsatadi. Albatta, pedagogning mehnatidagi muvaffaqiyat to‘g‘ridan to‘g‘ri va bevosita jamoadagi psixologik iqlimga, o‘qituvchilarning hamkorlik darajasiga, ularning ruhiy va jismoniy his-tuyg‘ulariga bog‘liq. Moddiy va ma’naviy ishlab chiqarishning barcha sohalari kabi ta’lim sohasida ham kasb ichida tabaqalanish, ya’ni ixtisoslikka ajralish jarayoni kechmoqda. Shu bois ham kasb-hunar pedagogikasi mutaxassislar tayyorlashning mustaqil sohasi sifatida ajralib chiqqan. Amaldagi oliy ta’limning tayyorlovyo‘nalishlari, mutaxassisliklar va ixtisosliklar tasniflagichiga binoan umumlashgan holda “ta’lim” nomi bilan yuritilgan guruhga kiritilgan. Ta’lim sohasida “mutaxassislik” tushunchasi (iborasi) ta’lim yo‘nalishi va mazmunini o‘zida aks ettiruvchi kategoriya sifatida qaraladi.

Yüklə 116,8 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin