Bajardi: qutlimuratova m



Yüklə 1,65 Mb.
səhifə10/11
tarix02.06.2023
ölçüsü1,65 Mb.
#122468
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Qutlimuratova M 2-v fizika optika kurs ishiII

1
6-rasm.

Yorug‘lik tezligining eng aniq qiymati geliy-neon lazeri nurlanishining (λ=3,39mkm) to‘lqin uzunligi va chastotasini mustaqil ravishda o‘lchash asosida aniqlangan. Hozirgi vaqtda yorug‘likning vakuumdagi tezligini taxminan 300000 km/s gat eng deb olinadi.
Har xil muhitlardagi yorug‘lik tezliklarini o‘lchash har qanday shaffof muhitda yorug‘likning umuman elektromagnit to‘lqinlarning tezligini uning vakuumdagi tezligidan kichik bo‘lishini tasdiqlaydi.
Muhitning undan o‘tayotgan yorug‘lik tezligini uning bo‘shliqdagi tezligiga nisbatan kamaytirishini xarakterlaydigan kattalik shu muhitning optik zichligi deyiladi. Muhitdagi yorug‘lik tezligi uning bo‘shliqdagi tezligiga nisbatan qancha kichik bo‘lsa muhitning optik zichligi vakuum zichligidan shuncha katta hisoblanadi. Optik zichlikni moddaning zichligi bilan almashtirib yuborish yaramaydi. Moddaning zichligi har xil bo‘lsa ham ularning optik zichligi bir xil bo‘lishi mumkin. Masalan, suv va metal spirti, kvars va tosh tuzining optik zichliklari bir xil, ammo zichliklari har xildir [15].
Vakuumning optik zichligi birga teng deb qabul qilingan. Havoning optik zichligi ham amalda vakuumning optik zichligiga teng deb olinadi, chunki yorug‘likning havodagi tezligi vakuumdagi tezligining taxminan 0,9997 qismiga tengdir. Shuni qayd qilish kerakki, elektromagnit to‘lqinlarning tebranish chastotasi muhitning optik zichligiga bog‘liq emas ya’ni yorug‘lik (umuman, elektromagnit to‘lqinlat) bir muhitdan ikkinchi muhitga o‘tganda uning (ularning) tebranishlar chastotasi o‘zgarmaydi. To‘lqin uzunligi esa yorug‘likning tarqalish tezligiga to‘g‘ri proporsional ravishda o‘zgaradi. Shuning uchun ham faqat bitta aniq muhit uchungina elektromagnit to‘lqinlarni ularning to‘lqin uzunliklari orqali xarakterlash mumkin.









III. XULOSA


Mamlakatimizda “Ta`lim to`g‘risidagi Qonun” va “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi” asosida o‘tgan vaqt mobaynida umumiy o‘rta ta’lim maktablari uchun yangi davlat ta`lim standartlari ishlab chiqilib amalda joriy etildi. Hozirgi paytda davlat ta`lim standartlarni takomillashtirish davom etmoqda. Ushbu me`yoriy-huquqiy hujjatlar uzluksiz ta`lim tizimining barcha turlari uchun o`quv adabiyotlarining zamonaviy avlodini yaratishga asos bo`lib, o`quv jarayonini sifatli tashkil qilishga xizmat qiladi.
Ilm-fan jadal taraqqiy etayotgan, zamonaviy axborot-kommunikatsiya tizimlari vositalari keng joriy etilgan jamiyatda turli fan sohalarida bilimlarning tez yangilanib borishi, ta`lim oluvchilar oldiga ularni jadal egallash bilan bir qatorda, muntazam va mustaqil ravishda bilim izlash vazifasini qo‘ymoqda.
Men ushbu kurs ishini tayyorlash davomida “Optika” bo‘limining ham nazariy ham amaliy jihatlari haqidagi bilimlarimni kengaytirdim. Shuningdek eng samarali pedagogik metodlarni o‘rganib, ulardan dars jarayonlarida foydalnish bo‘yicha amaliy ko‘nikma va malakalarni egalladim. Chunki, hozirgi davrda har bir pedagog uzluksiz ravishda ijodiy izlanishda, ta’lim jarayoniga yangi pedagogik texnologiyalarni qo‘llash malakalariga ega bo‘lishi lozim.
Ushbu kurs ishida kompetentlikdan va muammoli o‘qitish metodidan foydalangan holda fizikani o‘qitish masalalari “Yorug‘lik tezligini aniqlash” mavzusi misolida ko‘rib chiqildi. Shuningdek, bu mavzuni o‘qitishda nazariya va amaliyot uyg‘unligiga e’tibor qaratilgan. Muhitning har xil jinsliligi va yorugʻlikning modda zarralari bilan oʻzaro taʼsiri yorugʻlikning sochilishi sabab boʻladi. Bu xolda yorugʻlikning intensivligi, spektri hamda qutblanishi oʻzgaradi. Yorugʻlikning sochilishi asosida molekulalar, suyukliklar va h. k. ning tuzilishi oʻrganiladi. Yorugʻlikning Reley sochilishi (Reley qonuni), yorugʻlikning molekulyar sochilishi, yorugʻlikning kombinatsion sochilishi va boshqa xillari mavjud. Yorugʻlikning sochilishi hodisasidan fizika, kimyo va texnikaning turli sohalarida, turli-tuman tadqiqotlarda keng foydalaniladi. Yorugʻlikning sochilishi spektri yordamida moddalarning atom molekulyar xarakteristikalari, ularning elastiklik, relaksatsion hamda boshqa doimiylari aniqlanadi. Zarralarning oʻlchamlari va shakllarini aniqlashning koʻpgina usullari yorugʻlikning sochilishi hodisasiga asoslangan. Lazer spektroskopiya asosida yorugʻlikning majburiy sochilish jarayoni yotadi va undan lazerlarsa keng foydalaniladi. I. Kepler, R. Dekart knbi olimlar yorug‘likning tezligini cheksiz katta deb hisoblashgan, natijada klassik mexanikada yorug‘likning tezligi cheksiz katta deb qabul qilingan. Xo‘sh, amalda yorug‘likning tezligi nimaga leng? Bu tezlikni o‘lchash yo‘lidagi birinchi urinishlar G. Galiley lomonidan amalga oshirilgan. Garchi bu tajriba aniq natijalami ko'rsatmagan bo‘lsa-da, yorug‘likning tezligi chekli ekanligi haqidagi fikrning mustahkamlanishiga olib kelgan. YorugMik tezligining hozir qabul qilingan qiymatiga yaqin natijani aniqlash birinchi bo‘lib daniyalik astronom K. Ryomerga nasib etgan.


Yüklə 1,65 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin