Bajardi: Sarvar Qosimov Tekshirdi: Tadbirkorlik faoliyati sub’ektlari va ularning turlari Reja


Mas’uliyati cheklangan va qo‘shimcha mas’uliyatli jamiyatlar



Yüklə 183,38 Kb.
səhifə9/17
tarix16.12.2023
ölçüsü183,38 Kb.
#182809
növüReferat
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   17
tadbirkorlik faoliyati subektlari va

Mas’uliyati cheklangan va qo‘shimcha mas’uliyatli jamiyatlar

Mas’uliyati cheklangan jamiyat – bir yoki bir necha shaxs tomonidan ta’sis etilgan, ustav fondi (ustav kapitali) ta’sis hujjatlari bilan byelgilab qo‘yilgan miqdorlardagi ulushlarga bo‘lingan jamiyat.
Hozirgi davrda mamlakatimizda keng tarqalgan tadbirkorlik sub’ektlaridan biri mas’uliyati cheklangan jamiyat tashkiliy-huquqiy shaklda yuridik shaxslardir.
Mas’uliyati cheklangan jamiyatning ishtirokchilari uning majburiyatlari bo‘yicha javobgar bo‘lmaydilar va jamiyat faoliyati bilan bog‘liq zarar uchun o‘zlari qo‘shgan hissalar qiymati doirasida javobgar bo‘ladilar. (Mas’uliyati cheklangan hamda qo‘shimcha mas’uliyatli jamiyatlar to‘g‘risidagi qonunning 3-moddasi).
Mas’uliyati cheklangan jamiyat hozirda eng ko‘p tarqalgan tashkiliy-huquqiy shakldagi tadbirkorlik sub’ekti hisoblanadi. Nima uchun tadbirkorlar aynan ushbu yuridik shaxs shaklini tanlashayapti?
Avvalambor, mas’uliyati cheklangan jamiyatda:
- jamiyat muassislarning majburiyatlari bo‘yicha javobgar emas;
- jamiyatning o‘z hissasini to‘la qo‘shmagan ishtirokchilari jamiyat majburiyatlari bo‘yicha har bir ishtirokchi hissasining to‘lanmagan qismining qiymati doirasida solidar javobgar bo‘ladilar. Mazkur qoidaga ko‘ra kreditorlar o‘z hissasini to‘liq qo‘shmagan ishtirokchilardan ustav fondiga qo‘yilmagan miqdordagi ulushini talab qilishga haqli;
- mas’uliyati cheklangan jamiyatning ustav kapitali unchalik katta summani tashkil etmaydi, ya’ni “Mas’uliyati cheklangan hamda qo‘shimcha mas’uliyatli jamiyatlar to‘g‘risida”gi 2001 yil 6 dekabrdagi 310–II-sonli qonunga asosan eng kam oylik ish haqining qirq baravari minimal miqdor sifatida belgilab qo‘yilgan.
Mas’uliyati cheklangan jamiyatning o‘ziga xos tomonlari yana quyidagi omillar bo‘yicha belgilanadi:
- ustav kapitaliga ishtirokchilari tomonidan muayyan qiymatga ega bo‘lgan mulk ulushi sifatida qo‘shilganda, uning qiymati jamiyat ishtirokchilarining umumiy majlisi tomonidan aniqlanadi;
- jamiyatni ro‘yxatga olish vaqtida har bir ishtirokchi ta’sis hujjatida ko‘rsatilgan o‘z ulushining kamida o‘ttiz foizini to‘lab qo‘ygan bo‘lishi kerak. Jamiyat ro‘yxatga olingach, bir yil ichida ishtirokchilar ulushining qolgan qismini to‘lashlari lozim;
- agarda byelgilangan bir yil muddat ichida ustav kapitali muassislar tomonidan to‘liq shakllantirilmagan bo‘lsa, jamiyat o‘z ustav fondini kamaytirishini e’lon qilishi yoki o‘zini tugatishi lozim;
- mas’uliyati cheklangan jamiyatni ustav fondini oshirish uchun uning ishtirokchilari o‘z ulushlarini to‘liq ravishda qo‘shgan bo‘lishlari lozim;
- jamiyat ro‘yxatga olingandan so‘ng ikkinchi va undan keyingi moliya yillarda uning asosiy aktivlarining qiymati ustav kapitali miqdoridan kamayib ketsa, jamiyat ustav kapitalining kamaytirilishini e’lon qilishi hamda uni byelgilangan tartibda ro‘yxatdan o‘tkazishi lozim;
- agarda jamiyatning asosiy aktivlari qiymati qonun bilan byelgilab qo‘yilgan ustav fondining minimal miqdoridan kamayib ketsa, jamiyat tugatilishi lozim;
- jamiyat ustav kapitalini kamaytirish uchun dastlab o‘z kreditorlarini bu haqda yozma ravishda ogohlantirishi lozim,bundan maqsad kreditorlarning manfaatini himoya qilishdir.
Yuridik va jismoniy shaxslar mas’uliyati cheklangan jamiyatning muassislari bo‘lishlari mumkin. Qonun bilan ayrim toifadagi jismoniy shaxslarni yoki jamiyatda ishtiroki taqiqlanishi yoki cheklanishi mumkin. Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari jamiyatda ishtirokchi bo‘lish huquqiga ega emaslar,biroq qonun hujjatlarida boshqacha tartib ham byelgilanishi mumkin. Jamiyat bitta shaxs tomonidan ham ta’sis etilishi mumkin va u jamiyatning yagona ishtirokchisi bo‘lib qoladi. bir nechta ishtirokchilar tomonidan ta’sis etilgan jamiyat, keyinchalik yagona ishtirokchidan iborat bo‘lgan jamiyat sifatida ham faoliyat ko‘rsatishi mumkin. bitta ishtirokchi (jismoniy shaxs)dan iborat bo‘lgan xo‘jalik jamiyati boshqa jamiyatning yagona ishtirokchisi bo‘la olmaydi.
Mas’uliyati cheklangan jamiyat ishtirokchilarining soni ellik nafardan ortib ketmasligi lozim. Agar ishtirokchilarning soni yuqoridagi miqdordan ortib ketsa, jamiyat bir yil ichida aksiyadorlik jamiyatiga yoki ishlab chiqarish kooperativiga aylantirilishi lozim. Agar byelgilangan muddatda jamiyat qayta tashkil etilmasa yoki undagi ishtirokchilarning soni kamaytirilmasa, jamiyat sud orqali tugatiladi.
Masuliyati cheklangan jamiyat bilan bir qatorda qo‘shimcha mas’uliyatli jamiyat ham mavjud. Qo‘shimcha mas’uliyatli jamiyatning faoliyati asosan mas’uliyati cheklangan jamiyatga oid huquq normalari bilan tartibga solinadi. O‘zbekiston Respublikasining Fuqarolik kodeksining 63-moddasiga muvofiq, qo‘shimcha mas’uliyatli jamiyatning firma nomi jamiyatning nomini, shuningdek “qo‘shimcha mas’uliyatli” degan so‘zlarni o‘z ichiga olishi kerak.
Ishtirokchilardan biri nochor (bankrot) bo‘lib qolganida, uning jamiyat majburiyatlari bo‘yicha javobgarligi, agar jamiyatning ta’sis hujjatlarida javobgarlikni taqsimlashning boshqacha tartibi nazarda tutilgan bo‘lmasa, boshqa ishtirokchilar o‘rtasida ularning qo‘shgan hissalariga mutanosib ravishda taqsimlanadi.
Jamiyat o‘zining ustavida nazarda tutilgan, lekin o‘z ustav fondining (ustav kapitalining) o‘n besh foizidan kam bo‘lmagan miqdorda zaxira fondini vujudga keltirishi mumkin. Jamiyatning zaxira fondi jamiyatning ustavida belgilangan miqdorga yetgunga qadar har yili sof foydadan ajratmalar qilish yo‘li bilan shakllantiriladi. Har yilgi ajratmalar miqdori jamiyatning ustavida nazarda tutiladi, lekin u jamiyatning ustavida belgilangan miqdorga yetgunga qadar sof foydaning besh foizidan kam bo‘lishi mumkin emas.
Jamiyatning zaxira fondi uning zararlarini qoplash va jamiyat tomonidan jamiyatning ustav fondidagi (ustav kapitalidagi) ulushni (ulushning bir qismini) olish uchun mo‘ljallangandir.

Qo‘shimcha mas’uliyatli jamiyatning o‘ziga xos xususiyati uning ishtirokchilarini jamiyat majburiyatlari bo‘yicha javobgarligi ularning ustav kapitaliga qo‘shgan ulushlari bilan cheklanmaganligidadir, ya’ni jamiyatining ishtirokchilari uning majburiyatlari bo‘yicha o‘z mol-mulklari bilan qo‘shgan hissalari qiymatiga nisbatan hamma uchun bir xil bo‘lgan, jamiyatning ta’sis hujjatlarida byelgilanadigan, karrali miqdorda solidar tarzda subsidiar javobgar bo‘ladilar.


Xo‘jalik shirkatlari (to‘liq va kommandit shirkatlar)
Avvalambor xo‘jalik shirkatining ustav kapitali xo‘jalik jamiyatining ustav kapitalidan iqtisodiy hamda huquqiy jihatlari bilan farqlanadi. Xo‘jalik shirkatida ustav kapitali uning ish faoliyatini boshlash uchun zarur bo‘lsa, xo‘jalik jamiyatida ustav kapitali uning kreditorlari oldidagi javobgarligining kafolatidir. Xo‘jalik shirkatining ustav kapitali uning ta’sis hujjatlari ro‘yxatga olish uchun berilgan vaqtda eng kam oylik ish haqining ellik baravaridan kam bo‘lmasligi zarur.
Qonun xo‘jalik shirkatining ustav fondini uning asosiy aktivlari bilan bevosita bog‘lab qo‘ygan. Agar shirkatning zarar ko‘rishi natijasida uning asosiy aktivlari qiymati ustav kapitali miqdoridan kamayib ketsa, shirkat tomonidan olingan daromad uning a’zolari o‘rtasida taqsimlanmaydi. Asosiy aktivlarning qiymati ustav kapitali miqdoridan oshgandagina daromadlar uning ishtirokchilari o‘rtasida taqsimlanishi mumkin. Shirkat kreditorlari manfaatlarining asosiy kafolati uning ishtirokchilarining o‘zlariga tegishli bo‘lgan butun mol-mulklari bilan bo‘lgan javobgarligidir.
Xo‘jalik shirkati to‘liq shirkat bo‘lishligi uchun, uning ishtirokchilari o‘z o‘rtalarida tuzilgan shartnomaga muvofiq shirkat nomidan tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanishlari hamda uning majburiyatlari bo‘yicha o‘zlariga qarashli butun mol-mulki bilan javob berishlari lozim. To‘liq shirkatning holati ishtirokchilarning soni uncha ko‘p bo‘lmagan tijorat tashkilotlariga ko‘proq mos keladi. To‘liq shirkatda uning ishtirokchilarining soni cheklanmagan, biroq uni ta’sis etish uchun kamida ikki ishtirokchi bo‘lishi shart. Agarda qandaydir sabablar tufayli to‘liq shirkat faqatgina yagona ishtirokchidan iborat bo‘lib qolsa, mazkur holat yuz bergan vaqtdan boshlab olti oy muddat ichida mazkur to‘liq shirkatga yangi to‘liq sheriklar qabul qilinib, u saqlab qolinishi yoki unga hissa qo‘shuvchi a’zo topilib, u kommandit shirkatga aylantirilishi yoxud tugatilishi lozim. Mazkur holatda to‘liq shirkat yagona ishtirokchi bilan xo‘jalik jamiyatiga aylantirilishi mumkin. To‘liq shirkatni ta’sis etish xo‘jalik jamiyatini ta’sis etishdan ko‘ra birmuncha osonroqdir, ammo to‘liq shirkatning o‘ziga xos “kamchiligi” mavjud. Bu, shirkat ishtirokchilarini shirkat majburiyatlari bo‘yicha o‘zlariga qarashli bo‘lgan butun mol-mulklari bilan solidar tarzda, subsidiar tarzda javobgar bo‘lishligidir. Demak, to‘liq shirkatning qarzini qoplash uchun mol-mulki yetarli bo‘lmasa, undiruv shirkat ishtirokchilarining mulkiga qaratilishi mumkin. Xo‘jalik jamiyatlarida esa ishtirokchilar uning majburiyatlari bo‘yicha faqatgina ustav kapitaliga qo‘shgan hissalari qiymati doirasida javobgar bo‘ladilar.

Yüklə 183,38 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   17




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin