3.Azot lazeri Ionli lazerlar. Argon lazer Azot lazeri. Azot lazeri gaz molekulalari lazerlari turkumiga kiradi, Azot molekulasining elektron – tebranish energetik sathlari sxemasi 3.1-rasmda keltirilgan. Azot molekulasining uyg’ongan elektron-tebranish S3Pi (v=0) sathdan pastki energetik elektron-tebranish V3Pd (v=0) sathga o’tishda (S3Pi- V3Pd) ultrabinafsha (λ=337,1nm) yorug’lik nuri paydo bo’ladi va u lazer nurlanishini hosil qiladi. Uyg’ongan azot molekulasi S3Pi energetik sathda 38 nanosekund va pastki V3Pd energetik sathda esa 8 mikrosekund yashaydi. Azot molekulasining yuqori uyg’ongan energetik sathda yashash muddati pastki energetik sathda yashash muddatidan qariyb 100 marta kam. Molekulaning bu xususiyati pastki V3Pd energetik sathda ko’pchilik azot molekulalarining soni to’planib qolishiga sabab bo’ladi. O’sha V3Pd energetik sathda joylashgan molekulalar sonining oshishi azot gazida inversiya kuchganlikni tezda chegaralab qo’yadi. O’sha sababli azot lazeriga o’z–o’zidan chegaralangan energetik o’tishli aktiv modda asosida ishlaydigan lazer ham deyiladi. Azot gazida uzluksiz inversiya hosil qilib bo’lmaydi va shunga ko’ra azot lazeri uzluksiz rejimda ishlay olmaydi, faqat impulsli rejimda ishlaydi xolos.
3.1- rasm. Azot molekulasining energetik sathlari diagrammam Punktir chiziq bilan chegaralangan vertikal strelka damlashni va uzluksiz kalta strelkalar lazer o’tishni ifodalaydi Azot gazida inversion ko’chganlikni hosil qilish uch energetik sathli aktiv modda kabi bo’lib, impulsli elektrik damlash usuli bilan amalga oshiriladi. Impulsli energetik damlash muddati 38nanosekunddan kichik bo’lishi talab kilinadi. Impulsli elektrik damlash qancha qisqa muddatli bo’lsa, azot molekulalarida o’shancha samarali ravishda inversion ko’chganlikni hosil qilish boshlanadi. Azot gazida inversion ko’chganlikni hosil qilishda impulsli gazorazryaddan foydalaniladi. Katta kuchlanishli elektr toki azot gazi orqali o’tkazilganda tok kuchiiing o’zgarish tezligi katta qiymatga erishadi. Razryad davomida azot molekulalari elektron bilan to’qnashib, asosiy elektron – tebranish energetik sathdan (Frank –Konden prinsipiga asosan) uyg’ongan S3Pi elektron–tebranish sathga kuchiriladi. Azot molekulasining S3Pi sathga o’tish ehtimoli V3Pd sathga o’tish ehtimolidan ancha kattadir. Hozirgi kunda S3Pi va V3Pd energetik sathlarda inversiya hosil qilish mexanizmi aniq o’rgatilgan. S3Pi va V3Pd energetik sathlarga ikkinchi musbat sistema deyiladi. Pastdan yuqoriga yo’nalgan uzun strelka elektrik damlashni ifodalaydi. Yuqoridagi enargetik sathlarda tebranish v kvant sonlari nolga teng bo’lgan energetik sathlar oralig’ida bo’ladigan kvant o’tishga mos keladi. Azot molekulasida inversiya hosil qilish uch energetik sathli aktiv moddalar sxemasiga o’xshashdir. Azot lazerida kuchayish koeffisiyenti katta qiymatga ega. Impulsli damlash osonlik bilan ko’pchilik azot molekulalarini yuqorigi S3Pi energetik sathga ko’chiradi va uyg’ongan azot molekulalari deyarli qisqa vaqt ichida nurlanadi. Bu esa o’ta nurlanishni hosil qiladi. Agar moddada katta inversion ko’chganlik hosil qilinsa va juda qisqa muddatda yuqori energetik sathlardagi molekulalar rezonatorsiz nuranishsa, bunday nurlanishga o’ta nurlanishi yoki o’talyuminessensiya nurlanishi deyiladi. Azot molekulalari joylashgan lazer kyuvetasi (lazer kamerasi) bo’ylab lyuminessensiya nurlanishi va majburiy nurlanishning kuchayishi juda katta bo’lgani sababli optik rezonatorning qo’llanish zaruriyati ham qolmaydi. Lazer kyuvetasi o’qi bo’ylab majburiy nurlanish kuchayishi 60db/m ga teng. Bu kuchayishni quyidagicha tasavvur qilish mumkin: azot molekulasi yuqori energetik sathda juda kam vaqt yashagani uchun barcha uyg’ongan molekulalar deyarli bir vaqtda yuqori sathdan pastki sathga o’tadi. O’sha pastki oraliq energetik sathda molekula uzoq saqlanib qoladi va u molekulani qayta uyg’otish jarayonini qiyinlashtiradi. Azot molekulasining qayta uyg’onishi uchun u asosiy X1 elektron – tebranish sathda joylashgan bo’lishi zarur. Shunga ko’ra elektrik damlash juda qisqa muddatli impuls bo’lib, bir yo’la azot gazining ko’pchilik qismini uyg’ota oladi. Shu talablarga ko’ra azot lazeri rezonatorsiz ham ishlay oladi, lekin yakka ko’zgu qo’llaniladi, u ko’zgu lazer kamerasidan qarama-qarshi tomonga tarqalayotgan nurlanishni bir tomonga yo’naltirish vazifasini bajaradi xolos. Ko’pchilik azot lazerlari ishlagan
vaqtda, lazer kamerasida azot gazi oqib o’tib turadi. Azot
gazining oqim tezligi ga teng. Shu xil tezlik
azot gazini kamerada yangilaydi, bu esa azot gazida yangidan
inversion ko’chirishni hosil qilishga imkoniyat yaratadi. Lazer kamerasida gaz bosimi 30÷60mm sim. ustuniga teng bo’ladi Azot lazerining to`zilishi va ishlashi sxematik ravishda 3.2-rasmda ko’rsatilgan. Kameraning uzunligi 80÷100sm, balandligi 4sm, devorlari qalinligi 0,56sm, elektrodlari oralig’i 3,6sm, elektrodlarining qalinligi 0,4sm. Kameraning ikki qarama-qarshi tomonlariga kvars plastinasi bilan berkitilgan va o’sha plastinalarning biri orqali lazer nuri tashqariga tarqaladi.
3.2-rasm. Azot lazerining ishlash va to`zilish sxemasi.a)-tiratron lampasi, b)-lazer kamerasi, yuqori kuchnanishli elektr manbai,Sn –yig’uvchi kondensator, Sl -keskinlashtiruvchi kondensator sxemasi.а)-tiraton labasi, б) lazer kamerasi,