3.4-rasm Argon lazeri XULOSA Lazerlar fizikasi - radiofizika, spektroskopiya va to'lqin optikasi sohalarining kesishishidan hosil bo'lgan fizikaning yangi sohasi bo'lib, termodinamik muvozanatsiz kvant sistemalarida elektromagnit to'lqinlarining majburiy (indusirlangan) nurlanish hisobiga, yorug'likning kuchayishini, generasiyasini, kuchaytirgich va generatorning xususiyatlarini va qo'llanilish sohalarini o'rganadigan fandir. Lazerlar fizikasining asosiy asboblari mazerlar va lazerlardir. Shu sababli, lazerlar fizikasi mazer va lazerlar haqidagi fandir. Lazerlarni ko'pincha optik kvant generatorlari (OKG) ham deb ataymiz. Lazer nurlarining kashf qilinishi nafaqat fizika-texnika sohalari, balki, ximiya, biologiya, meditsina, qishloq xo'jaligi, aloqa, telekomunikasiya kabi xalq xo'jaligining ko'plab sohalarni rivojlanishiga turtki bo'ldi Agar biz lazerlarni foydali operatsion xususiyatlar nuqtai nazaridan ko'rib chiqsak, ko'p foydalanuvchilar yorug'lik nurlarining yuqori yo'nalishi va umumiy sifatini ta'kidlashadi. Bunday xususiyatlarni atrof-muhit harorati sharoitidan qat'i nazar, optik buzilishlarning kichik bir qismi bilan izohlash mumkin. Kamchiliklarga kelsak, gazsimon muhitning potentsialini ochish uchun katta kuchlanish kerak. Bundan tashqari, geliy-neon gaz lazeri va karbonat angidrid aralashmasiga asoslangan qurilmalar ulanish uchun katta miqdorda elektr energiyasini talab qiladi. Ammo, amaliyot shuni ko'rsatadiki, natija o'zini oqlaydi. Ham kam quvvatli qurilmalar, ham yuqori quvvatga ega qurilmalar ishlatiladi.
CO2 – lazerlari impulsli va uzluksiz rejimda ishlaydi. Impulsli rejimda ishlaydigan CO2 lazeri TEA lazeri deb ataladi. TEA inglizcha so’zlarning bosh harflaridan tashkil topgan bo’lib, atmosfera bosimidagi gazlarning kundalang uyg’otilish lazeri demakdir (TEA — tranversly excited atmospheric pressure Lasers). TEA-lazerida gazorazryad rezonator o’qiga perpendikulyar yo’nalishda sodir bo’ladi, ya’ni CO2 molekulalarini uyg’otish lazer nurining tarqalish yo’nalishiga perpendikulyardir. Shu xildagi lazerlar impulsli rejimda ishlaydi. TEA rejimda ishlaydigan lazerning impulsi 1÷20mks davom etib, energiyasi 5÷10kJ ga yetadi.
Argon lazerlari buyokli lazerlarda uygotuvchi vazifasida, turli ilmiy tekshirish ishlarida (masalan lazer nurlarini moddalar bilan tasirlashishini urganishda) lazerli xirurgiya va boshqa ishlarda qo`llaniladi.
Geliy atomlarining elektronlari bilan to'qnashib uyg'onishi, neon atomining uyg'onishidan samaraliroq va uyg'ongan geliy atomlarining metastabil sathlari, neon atomlarining energetik sathlariga mos keladi. Geliy atomlari bilan, neon atomlari to'qnashganda, rezonansli energiya almashinuvi sodir bo'ladi. Neon atomlarini bevosita uyg'otishdan ko'ra, rezonansli uyg'otish ancha samarali bo'ladi.
Metall bug'li lazerlarni trupkasini konstruksiyasini geliy - neon lazerini trupkasini konstruksiyasidan dearli katta farq qilmaydi. Faqat trupkani anod yonida, ichida metall joylashtirilgan kichkina rezervuar (idish) bo'lib, u trupkada yetarlicha metall bug'larini bosimini hosil qilish vazifalarini bajaradi. Bu rezervuar yetarlicha yuqori, T~ 2500 C temperaturagacha qizdiriladi. Metall bug'lari razryad bo'ladigan soxaga kirgandan keyn, uning atomlarini bir qismi ionlashib, katot tomonga qarab xarakatlanadi. Razryad yetarlicha kuchli issiqlik beradi, shuning uchun, metall bug'lari trupkaning devorlarida kondensiyalanib qolmaydi Geliy - kadmiy lazerini damlash uchun, quvvati kuchli bo'lgan yorug'liklar talab qilimaydi. Ko'k va ultrabinafsha yorugliklar, kerak bo'lganida juda ko'p qo'llaniladi. Ilmiy ishlarida, masalan, kombinasion sochilishida, fluoris-sensiyada, faksimilsiz ishlarda (qo'l yozma, hujjat yoki imzolarni aynan tik-lashda, boshqacha aytganda, nusxa ko'chirishda) va boshqa ishlarda ishlatiladi.