1.4-rasm Gaz lazeri qurulmasi Kimyoviy lazerlar gaz quvurlarining alohida toifasini ifodalaydi. Ular, shuningdek, gaz aralashmalaridan ishlaydigan vosita sifatida foydalanishni o'z ichiga oladi, ammo yorug'lik nurlanishining hosil bo'lish jarayoni kimyoviy reaktsiya bilan ta'minlanadi. Ya'ni, gaz kimyoviy qo'zg'atish uchun ishlatiladi. Bu turdagi qurilmalar kimyoviy energiyani bevosita elektromagnit nurlanishga aylantira olishi bilan foydalidir. Bu turdagi deyarli barcha lazerlar juda ishonchli, bardoshli va hamyonbop. Bu omillar ularning turli sohalarda keng qo'llanilishiga olib keldi. Masalan, geliy-neon qurilmalari kon ishlarida, kemasozlikda, shuningdek, turli inshootlarni qurishda bajariladigan tekislash va sozlash operatsiyalarida qo'llanilishini topdi. Bundan tashqari, geliy-neon lazerlarining xarakteristikalari optik aloqalarni tashkil qilishda, golografik materiallar va kvant giroskoplarini ishlab chiqishda foydalanish uchun javob beradi. Amaliy manfaatlar nuqtai nazaridan istisno emas edi vaargon gaz lazeri, uni qo'llash materialni qayta ishlash sohasida samaradorlikni ko'rsatadi. Xususan, bunday qurilmalar qattiq jinslar va metallarni kesish uchun xizmat qiladi.
Geliy-neon lazeri. Geliy-neon lazeri neytral atomlar asosida ishlaydigan gaz lazerlariga kiradi. Geliy-neon lazeri keng tarqalgan, birinchi marta ishga tushirilgan gaz lazeridir. Geliy-neon lazeri uch xil to’lqin uzunligida generasiya hosil qiladi: λ=3,39mkm, λ=0,633mkm, λ=1,15mkm. Lazer qurilmasi birinchi marta 1961 yilda ishga tushirilgan. Eng keng tarqalgan geliy-neon lazeri qizil rang chiqaruvchi (λ=0.633mkm) lazerdir.
CO2 lazeri – molekulali lazerlar turkumiga kiradi. CO2 lazerining nurlanishi molekulaning pastki asosiy elektron energetik sathga tegishli tebranish – aylanish energetik sathlari orasidagi kvant o’tishga asoslangan. Tebranish energetik sathlari orasidagi o’tishning energiyalari katta emas, o’sha energiyalarga tegishli nurning to’lqin uzunligi o’rtacha va uzoq infraqizil nurlanishi (5÷300mkm) atrofida joylashgan.
Azot lazeri. Azot lazeri gaz molekulalari lazerlari turkumiga kiradi, Azot molekulasining uyg’ongan elektron-tebranish S3Pi (v=0) sathdan pastki energetik elektron-tebranish V3Pd (v=0) sathga o’tishda (S3Pi- V3Pd) ultrabinafsha (λ=337,1nm) yorug’lik nuri paydo bo’ladi va u lazer nurlanishini hosil qiladi. Uyg’ongan azot molekulasi S3Pi energetik sathda 38 nanosekund va pastki V3Pd energetik sathda esa 8 mikrosekund yashaydi. Azot molekulasining yuqori uyg’ongan energetik sathda yashash muddati pastki energetik sathda yashash muddatidan qariyb 100 marta kam. Molekulaning bu xususiyati pastki V3Pd energetik sathda ko’pchilik azot molekulalarining soni to’planib qolishiga sabab bo’ladi. O’sha V3Pd energetik sathda joylashgan molekulalar sonining oshishi azot gazida inversiya kuchganlikni tezda chegaralab qo’yadi. O’sha sababli azot lazeriga o’z–o’zidan chegaralangan energetik o’tishli aktiv modda asosida ishlaydigan lazer ham deyiladi. Azot gazida uzluksiz inversiya hosil qilib bo’lmaydi va shunga ko’ra azot lazeri uzluksiz rejimda ishlay olmaydi, faqat impulsli rejimda ishlaydi xolos.