TOSHKENT MOLIYA INSTITUTI
SIRTQI FAKULTETI
Mustaqil nazorat ish
Bajardi:To’rayev A. SSI-81- guruh talabasi Tekshirdi:___________________
Toshkent
Sug‘urta maxsulotlarini yuridik shaxslarga sotish texnologiyasi
REJA:
Yuridik shaxslarga sug‘urta maxsulotlarini sotishda agent va mijozlar o‘rtasida yuzaga keladigan munosabatlar.
Yuridik shaxslarga sug‘urta maxsulotini sotishda shartnomalarni rasmiylashtirish uslublari
Sug‘urta munosabatida qatnashadigan tomonlarning xuquq va majburiyati
1.Yuridik shaxslarga sug‘urta maxsulotlarini sotishda agent va mijozlar o‘rtasida yuzaga keladigan munosabatlar.
Sug‘urta xaridorlarining aksariyati, xoh xususiy shaxslar, xoh kompaniyalar vakillari bo‘lsin, bevosita sug‘urta kompaniyalari vakillari bilan aloqada bo‘ladi. Qaysi sug‘urta qoplamiga ehtiyoj sezayotganini ularning o‘zlari hal qiladi. Xaridorlar bir qator sug‘urta kompaniyalari bilan sug‘urta mukofotlari hajmi haqida muzokara yuritishi va oxirida ular shartnoma imzolashni istagan kompaniyani tanlashi mumkin.1
Sug‘urta agenti mijoz bilan sug‘urta shartnomasini tuzishdan oldin o‘ziga ishongan holda harakat qilmog‘i lozim. U mijoz bilan uchrashuvga puxta tayyorgarlik ko‘rishi, fikrlarini bir joyga jamlashi va kutilishi mumkin bo‘lgan savollarga malakali javob berishga tayyor bo‘lishi talab etiladi.
Sug‘urta agenti yuridik shaxslar bilan shartnomani tuzishda nimalarga e’tibor qaratishi lozim? Sug‘urtaning asosiy shartlarining qaysi jihatlarini sug‘urta qildiruvchiga ko‘proq tushuntirib berishi kerak? Ushbu bo‘lim doirasida mana shu savollar yuzasidan fikr yuritamiz.
Dastavval, sug‘urta agenti sug‘urta shartnomasi tuzishdan oldin bu sug‘urta turi sug‘urta faoliyatining qaysi klassifikatoriga oid ekanligini yaxshi bilishi talab etiladi. SHuningdek, sug‘urta qilish qoidalarini ham chuqur o‘zlashtirib olgan bo‘lishi shart.
Mol-mulkka (sug‘urta predmeti bo‘lgan hamda sug‘urta shartnomasida ko‘rsatilgan ko‘char va ko‘chmas mulk: binolar va inshootlar, savdo uskunalari, jihozlar, orgtexnika, sotiladigan mahsulotlar, maishiy va sanoat texnikalari, tugallanmagan kapital qurilish ob’ektlari, mashina va mexanizmlar, qurilish materiallari va qurilmalar, inventarlar, xom-ashyolar, material va boshqa mol-mulklar) egalik qilish, foydalanish va boshqarish bilan bog‘liq mulkiy manfaatlar yuridik shaxs mulkini zarardan, olovdan va tabiiy ofatlardan sug‘urta qilish ob’ektlari hisoblanadi.
Yuridik shaxslar mol-mulkini sug‘urta qilish sug‘urta shartnomasini tuzgan shaxs, ya’ni sug‘urta qildiruvchi yoki mulk yuqotilganda yoki zararlanganda sug‘urta qoplamasi to‘lanishi mumkin bo‘lgan sug‘urta shartnomasida ko‘rsatilgan boshqa jismoniy yoki yuridik shaxs (naf oluvchi) foydasiga amalga oshiriladi.
Mol-mulklarni sug‘urtaga qabul qilish maqsadida baholash yuridik shaxsning buxgalteriya balansidagi ma’lumotlarga asoslangan holda amalga oshiriladi. SHundan so‘ng agent sug‘urtaga qabul qilinayotgan mulklarga qanday sug‘urta hodisalari sodir bo‘lishi natijasida zararlar etkazilganda sug‘urtalovchi tomonidan qoplanishini tushuntirish zarur. SHartnomada sug‘urta hodisalari deb nomlangan bo‘lim bo‘lishi mumkin. Unda mol-mulkning jismoniy yuqolishi va shikastlanishidan ko‘rilgan to‘g‘ridan-to‘g‘ri zararlarni quyidagilar natijasida yuzaga kelgan bo‘lsa sug‘urtalovchi tomonidan qoplanishi nazarda tutiladi:
yong‘in, portlash, bo‘ron, dovul, jala, erning ko‘chishi, erning cho‘kishi, erning siljishi, er osti suvlarining harakati, sel, chaqmoq urishi, zilzila;
Ko‘plab sug‘urta kompaniyalari, qoidaga ko‘ra, o‘z faoliyatini yong‘in risklaridan sug‘urta qilishdan boshlagan. Ishlab chiqarishdagi tanaffuslarni sug‘urta qildirish mulkni sug‘urta qildirishning tabiiy davomi hisoblanadi va odatda yong‘indan sug‘urta qilish bo‘limi tomonidan amalga oshiriladi.2
► portlash risklari
Ularning sabablari turlicha: markazlashgan isitish tizimlaridan foydalanish, changlanish darajasi yuqori ekanligi (masalan, tegirmonchilik korxonasida), bug‘lanishlar (lok-bo‘yoq fabrikalarida). Ortlash natijasida shiskastlangan va ishdan chiqqan asbob-uskunalar va mexanizmlar asbob-uskunalarni sug‘urta qildirish polisi bo‘yicha sug‘urta qilinishini mumkin.3
«Bo‘ron» va «dovul» texnik atamalar emas, ikki so‘zdan bitta ma’noda foydalanish bu ma’noni aniqlashtirish maqsadini ko‘zlaydi, xolos. Suv bosishi kuchli bo‘ron, daryo va ko‘llar suvining ko‘tarilishi, suv omborlaridan suvning chiqarib tashlanishi bilan izohlanishi mumkin. 4
do‘l; ko‘p qor yog‘ishi yoki muzlash; qulfni buzib qilingan ug‘rilik; mashina va mexanizmlarning, qurilish materiallari va qurilmalarning, shuningdek uchuvchi jismlarning qo‘lab tushishi; isitish tizimlari, suv o‘tkazgich va kanalizatsiya tarmoklarining buzilishi; ichki santexnika tizimlarining yorilishi; elektr uskunalar, asboblar va mashinalarning elektr toki ta’sirida ichki zararlanishi; uchinchi shaxslarning qonunga xilof ravshida qasddan sodir etgan hatti-harakatlari.
Sug‘urta agenti shuni yoddan chiqarmasligi zarurki, tomonlarning kelishuviga muvofiq sug‘urtalash bir vaqtning o‘zida yuqorida keltirilgan barcha sug‘urta tavakkalchiliklari bo‘yicha yoki boshqa istalgan uyg‘unlikda amalga oshirilishi mumkin.
Yuridik shaxslar bilan sug‘urta shartnomasini tuzishda agent mijozga albatta qanday hodisalar sodir bo‘lganda mol-mulkga etkazilgan zararlar qoplanmasligini tushuntirishi talab etiladi. Sug‘urta shartnomasida bunday hodisalar “umumiy istisnolar” tariqasida keltiriladi. Masalan, yuridik shaxslar mulkini sug‘urta qilish shartnomasi bo‘yicha quyidagilar natijasida sodir bo‘lgan hodisalar sug‘urta hodisasi hisoblanmaydi:
sug‘urtalanuvchi, naf oluvchi yoki ular vakillarining korxonada belgilangan yong‘indan xavfli yoki portlovchi narsa hamda buyumlarni saqlash qoidalari, shuningdek alohida mulk turlari bilan muomala qilishda belgilangan boshqa qoidalarni qasddan buzishi;
o‘z o‘zidan yonish, achish, chirish yoki boshqa tabiiy xususiyatlar;
mol-mulkning o‘g‘irlanishi, uchinchi shaxslar tomonidan qonunga zid, qasddan sodir etilgan harakatlar natijasida yo‘q qilinishi yoki shikastlanishi, agar ushbu holat tegishli tashkilotlarga xabar qilinmagan, shuningdek bu tashkilotlar tomonidan ushbu hodisa tasdiqlanmagan bo‘lsa;
kuya, parazit, termit yoki boshqa hashoratlar, ko‘rinmagan nuqsonlar, tabiiy eskirish, chirish, mog‘orlash, ob-havo namligi natijasida keltirilgan shikastlanish, buzilish va zararlar;
sug‘urtalanuvchi yoki ularning vakillariga ma’lum bo‘lgan va sug‘urtalovchining javobgarligi kuchga kirishidan oldin mavjud bo‘lgan mol-mulkning nuqsonlari;
sug‘urtalanuvchi yoki uning vakillari tomonidan sug‘urtalangan mol-mulkdan foydalanish qoidalari buzilishi natijasida sodir bo‘lgan zararlar;
doimiy mavjud bo‘lgan foydalanish omillari (eskirish, korroziya) ning ta’siri va ob-havo omillari ta’sirida asta-sekin zararlanishlar yoki sug‘urtalangan buyumlarning ishlatilmasligi;
mol-mulkni tashish, shuningdek sug‘urta shartnomasida ko‘rsatilmagan joyda saqlanishi;
sug‘urta qildiruvchining sug‘urtalovchiga zararlangan buyumlarni yoki ularning qoldiqlarini, zararlangan buyumlarning butkul yo‘q bo‘lib ketgan hollarini istisno qilgan holda taqdim etishdan bosh tortishi;
sug‘urta shartnomasida kayd etilmagan boshqa barcha hodisalar;
loyixa-smeta hujjatlarida ko‘rsatilmagan ishlarning qisman yoki butunlay to‘xtatilishidan zararlar;
ko‘rsatilgan mol-mulkka rasman biriktirilmagan va ishlash uchun maxsus o‘qitilmagan shaxslar tomonidan mol-mulklardan foydalanish va xizmat ko‘rsatish natijasida ko‘rilgan zararlar;
yoqilg‘i-moylash materiallari, ximikatlar (kimyoviy moddalardan tayyorlangan moddalar), muzlatish suyuqliklari va boshqa yordamchi materiallarning yuqolishi yoki zararlanishidan ko‘rilgan zararlar;
qurilish texnikasi va transport vositalarining tashqi omillarga bog‘liq bo‘lmagan ichki buzilishlari natijasida shikastlanishidan ko‘rilgan zararlar;
sug‘urta hodisasi sodir bo‘lgan vaqtda yoki undan so‘ng mulkning o‘g‘rilanishidan ko‘rilgan zararlar;
loyiha - smeta xujjatlarida ko‘zda tutilmagan tajriba va tadqiqot ishlari;
yadroviy portlash, radiatsiya yoki radioaktiv zaxarlanish ta’siri;
harbiy harakatlar, manyovrlar yoki boshqa harbiy tadbirlar;
agar mol-mulkni sug‘urta qilish shartnomasida boshqacha tartib nazarda tutilmagan bo‘lsa, sug‘urtalovchi sug‘urtalangan mol-mulk davlat organlarining farmoyishi bilan olib qo‘yilishi, musodara qilinishi, rekvizitsiya qilinishi, xatlanishi yoki yo‘q qilib tashlanishi oqibatida ko‘rilgan zararlar uchun sug‘urta qoplamasini to‘lashdan ozod qilinadi.
Yuridik shaxslarning mulki hisoblangan quyidagilarga ham sug‘urta qilish shartlari tadbiq etilmaydi.
quyma qimmatbaxo metallar yoki gardishsiz qimmatbaxo toshlarga;
portlovchi moddalar;
naqd pullar;
erning ko‘chishi, erning cho‘kishi, suv toshishi va boshqa tabiiy ofatlar yuz berish xavfi bor xududlarda joylashgan xamda avariyaviy xolatda bo‘lgan imorat, inshoot va boshqa mulklarga shu xavf xaqida o‘rnatilgan tartibda e’lon qilinganidan so‘ng.
Fuqarolik kodeksida ko‘rsatilganidek, quyidagi g‘ayri qonuniy manfaatlar sug‘urtasini amalga oshirish man etiladi:
har xil o‘yinlar, lotereyalar va garov o‘ynashdan ko‘rilgan zararlarni sug‘urtalash amalga oshirilmaydi;
garovga olingan odamlarni ozod qilish maqsadida shaxsni majburan qilishi mumkin bo‘lgan xarajatlarini sug‘urtalash amalga oshirilmaydi.
SHuni alohida ta’kidlash lozimki, quyidagi hollarda sug‘urtalovchi sug‘urta qildiruvchi (naf oluvchi)ga sug‘urta qoplamasi to‘lashni rad etishga xaqli:
■ sug‘urta shartnomasining amal qilishi sug‘urta hodisasi ro‘y bergunga qadar to‘xtatilgan, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik Kodeksining 948 va 950 - moddalarida ko‘rsatilgan asoslar bo‘yicha to‘xtatilgan bo‘lsa;
■ sug‘urta shartnomasi O‘zbekiston Respublikasining Fuqarolik Kodeksi yoki boshqa qonunlarga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan bo‘lsa;
■ sug‘urta qildiruvchi (naf oluvchi) sug‘urtalovchiga sug‘urta hodisasi yuz berish sabablarini o‘rganishga yoki etkazilgan zararlar hajmini aniqlashga to‘sqinlik qilganligi sababli shartnoma bekor qilinganda yoki O‘zbekiston Respublikasining Fuqarolik Kodeksi va boshqa qonunlarga asosan sug‘urta shartnomasi kuchga ega emasligini e’tirof etish haqida sug‘urtalovchiga da’vo berilganda;
■ Agar sug‘urta hodisasi sug‘urta qildiruvchi (naf oluvchi)ning qasddan qilgan xatti-harakatlari oqibatida yuz bergan bo‘lsa, faqatgina bu xatti-xarakatlar ular tomonidan o‘zlarini zarur vaqtda ximoya qilish maqsadida yoki juda zarur sharoitda qilingan xolatlarni istisno qilgan hollarda sug‘urtalovchi sug‘urta qoplamasini to‘lashdan ozod bo‘ladi.
Sug‘urta shartnomasini tuzishda agent e’tibor qilish zarur bo‘lgan jihatlardan biri mijozga sug‘urta puli, sug‘urta mukofoti, uni to‘lash tartibidir. Har qanday sug‘urta shartnomasida bayon etilganlar aniq ko‘rsatiladi.
Dostları ilə paylaş: |