Mutaxassis quyidagilarni qo‘llay olishi kerak: - mehnatni muhofazasi va texnika xavfsizligi talablariga rioya qila olishi;
- elektr qurilmalari bilan ishlashda xavfsizlik talablariga rioya qila olishi;
-shaxsiy himoya vositalarini aniqlash va ulardan foydalana olishi;
- barcha asboblar va jihozlarni to‘g‘ri tanlash, ishlatish, tozalash va saqlay olishi;
- barcha materiallarni xavfsiz tarzda to‘g‘ri tanlash, qo‘llash va saqlay olishi;
- qimmatbaho elektr jihozlarini aniqlash va ehtiyotkorlik bilan ishlay olishi;
- maksimal samaradorlik uchun ish joyini tashkil qila olishi;
- aniq o‘lchamlarni o‘lchay olishi;
- ish vaqtidan samarali foydalana olishi;
-samarali ishlash, ish natijalarini doimiy nazorat qila olishi;
- ish va texnologiyaning yuqori sifat standartlarini tadbiq etish va doimiy ravishda qo‘llay olishi.
2. Muloqot va shaxslararo munosabatlar (Communication and interpersonal relations)
10
Mutaxassis quyidagilarni bilishi va tushunishi kerak: - mijozlar ishonchiga kirishi va oqlashi muhimligini;
- yuqori darajada bilimga ega bo‘lishning ahamiyatini;
- turdosh kasblarga qo‘yiladigan asosiy talablarni;
-samarali mehnat munosabatlarini o‘rnatish ahamiyatini;
- jamoaviy ishlashning asosiy prinsiplarini;
- ziddiyatli vaziyatlar va tushunmovchiliklarni hal qila olish ahamiyatini.
Mutaxassis quyidagilarni qo‘llay olishi kerak: - mijozning talablarini bajarishi va rejalashtirilgan natijani taʼminlay olishi;
- yangi texnologiyalar bo‘yicha mahsulotlar yoki takliflarni tavsiya qila olishi;
- mijozning istaklariga ko‘ra xarajatlarni kamaytirish orqali loyihani takomillashtirish bo‘yicha tavsiyalarni taklif qila olishi;
- mijoz talablarni to‘g‘ri va batafsil tushunish uchun so‘ray olishi;
- foydalanish bo‘yicha aniq ko‘rsatmalar bera olishi;
- mijozlar talablarini bajarish uchun turdosh kasb xizmatlarini tavsiya qila olish;
- mijoz va tashkilotlar uchun yozma hisobotlarni tayyorlay olishi;
- mijozga sarflanadigan harajatlar va vaqtni taqdim eta olish;
- turdosh kasbga o‘zgarishga moslasha olishi;
- jamoada samarali ishlay olishi.