Bakalavriat bosqichida
kadr tayyorlash bo‘yicha
Kodi : 5
ikki tomonlama to‘lov-shartnoma
Raqami :
2022-2023-IQ-KK
JShShIR: __________________
Sana: 12-01-2023
Toshkent shahri
Biz, quyida imzo qo’yuvchilar - “Ijtimoiy va siyosiy fanlar instituti” mas’uliyati cheklangan jamiyatiga qarashli nodavlat
oliy ta’lim tashkiloti (keyingi o‘rinlarda “Institut” deb ataluvchi) nomidan Ustav asosida ish yurituvchi rektor -
Mahmudov Umid Behzodovich bir tomondan hamda _______________________________________
__________________________ (keyingi o‘rinlarda “Talaba” deb ataluvchi) ikkinchi tomondan (birgalikda
quyida “Tomonlar” deb ataluvchilar) mazkur shartnomani quyidagilar haqi`da tuzdik:
I. Shartnoma predmeti
1.1. Mazkur shartnomaga muvofiq Institut Talabani 2022|2026 o‘quv yillari davomida bakalavriat bosqichida o‘qitishni,
Talaba esa Institut tomonidan belgilangan tartib-qoidalarga rioya qilgan holda ta’lim olish va ta’lim olganlik uchun har
bir joriy o’quv yili uchun alohida-alohida haq to‘lash majburiyatini zimmasiga oladi.
1.2. Institut Talabaga ta’lim berishni oliy ta’limning davlat ta’lim standartlariga muvofiq tasdiqlangan o‘quv reja va o‘quv
dasturlariga asosan quyidagi shakl va yo’nalish bo’yicha ushbu shartnomada nazarda tutilgan muddat mobaynida
amalga oshiradi:
Ta'lim bosqichi : Bakalavriat
Ta'lim shakli :
Kechki
O‘qitishning me’yoriy muddati : 4-yil
Joriy yildagi o‘quv kursi : 1-kurs
Ta’lim yo‘nalishi :
Iqtisodiyot (Tarmoqlar va sohalar bo'yicha) (60310100)
2022/2023-o‘quv yili uchun to‘lov miqdori :
16 000 000
1.3. Shartnomaning 1.2.-bandida ko’rsatilgan ta’lim bosqichi, yo‘nalishi va shakliga mos ta’lim olish uchun Talaba
tomonidan to’lanadigan pul miqdorlari Institut tomonidan har bir o‘quv yili uchun alohida belgilanadi.
Dostları ilə paylaş: |