III. To‘lov miqdorlari va muddatlari 3.1. Mazkur shartnomaning 1.2-bandida ko‘rsatilgan to‘lov Talaba tomonidan ikki qismga bo‘lib, kamida 50 % (yarmi)ni
2023-yil 10-fevralgacha, qolgan qismini 2023-yil 10-iyungacha Institutning bankdagi hisob raqamiga to’liq amalga
oshirilishi shart.
3.2. Mazkur to‘lov-shartnomaning 1.2-bandida ko‘rsatilgan ta’lim yo‘nalishi va ta’lim shakli bo‘yicha navbatdagi o’quv
yillari uchun to‘lov miqdori Institut tomonidan e’lon qilingach, Tomonlar o‘rtasida qo‘shimcha kelishuv tuzish yo‘li bilan
rasmiylashtirilib, belgilanadi.
Institut tomonidan talabaning keyingi bosqichga o‘tganligi to‘g‘risida buyruq chiqarilgach, navbatdagi o‘quv yili uchun
to‘lov Tomonlarning qo’shimcha kelishuvi bilan belgilanadigan muddatda amalga oshirladi.
To‘lov-shartnoma asosida ta’lim olish uchun Talaba tomonidan to‘lanishi lozim bo‘lgan pul miqdorlari va ularni to’lash
muddatlari taraflarning qo’shimcha kelishuviga ko‘ra o‘zgarishi mumkin.
3.3. To‘lov-shartnoma asosida to‘lov amalga oshirilganda shartnomaning tartib raqami va sanasi, Talabaning ID
raqami, familiyasi, ismi va sharifi to‘lov topshiriqnomasida to‘liq ko‘rsatilishi shart.
3.4. Talaba tegishli fanlar bo‘yicha akademik qarzdorlikni qayta topshirish sharti bilan keyingi kurs (semestr)ga o
‘tkazilgan taqdirda, keyingi semestr uchun to‘lov Talaba tomonidan akademik qarzdorlik topshirilgunga qadar amalga
oshiriladi.
3.5. Ushbu shartnoma talabaning aybi bilan yoki Talabaning tashabbusiga ko‘ra muddatidan avval bekor qilingan
taqdirda, Institut joriy o‘quv yilida ta’lim olish uchun Talaba tomonidan amalga oshirilgan to‘lov hisobidan shartnoma
amalda bo‘lgan muddatga (yoki ko’rsatilgan xizmatlar hajmi)ga mutanosib ravishda pul mablag‘larini ushlab qolishga
haqli.
Agar shartnoma muddatidan avval bekor etilgunga qadar ta’lim olish uchun to‘lov to‘liq yoki qisman amalga
oshirilmagan bo‘lsa, Talaba pul mablag‘larining yetishmagan qismini shartnoma muddatidan avval bekor bo‘lgan
kundan keyingi o‘n kun ichida to‘lab berishi shart.