Buxgalteriya hisobining schotlari va ularning turlari
Buxgalteriya hisobining schotlari – bu xo‘jalik mablag‘lari, mablag‘lar manbalari va xo‘jalik jarayonlarini nazorat qilish va boshqarish uchun zarur axborotlarga ega bo‘lish maqsadida, ularni dastlabki hujjatlar ma’lumotlariga asosan joriy tartibda hisobga olish, guruhlash va bir tizimga keltirish usuli. Mablag‘larning iqtisodiy mazmuniga ko‘ra ikki guruhga: 1) tarkibi, joylanishi va ishlatilishi bo‘yicha; 2) tashkil topish manbalari va maqsadli tayinlanishi bo‘yicha bo‘linishidan kelib chiqqan holda schotlar ham, aktiv va passiv schotlarga bo‘linadi. Aktiv schotlarda xo‘jalik mablag‘larining mavjudligi va harakati (ko‘payishi, kamayishi) aks ettiriladi. Aktiv schotlarning qoldiqlari debet tomonida yoziladi. Aktiv schotlar balans aktividagi moddalarga asosan ochiladi.
Aktiv schot
|
|
Boshlang’ich qoldiq
|
|
Ko’payishi (+)
|
Kamayishi (-)
|
Oborot
|
Oborot
|
Oxirgi qoldiq
|
|
Passiv schotlarda esa xo‘jalik mablag‘lari manbalarining mavjudligi va harakati hisobga olinadi. Passiv schotlarning qoldiqlari schotning kreditida aks ettiriladi. Passiv schotlar joriy hisobda balansning passiv moddalariga asosan ochiladi.
Passiv schot
|
|
|
Boshlang’ich qoldiq
|
Kamayishi (-)
|
Ko’payishi (+)
|
Oborot
|
Oborot
|
|
Oxirgi qoldiq
|
Aktiv va passiv schotlarda debet (schotning chap tomoni) va kredit (schotning o‘ng tomoni) tayinlanishiga ko‘ra turli xil vazifalarni bajaradi. Aktiv schotlarning debetida mablag‘larning qoldig‘i va ko‘payishi, kreditida esa kamayishi aks ettiriladi. Passiv schotlarda, aksincha, mablag‘lar tashkil topish manbalarining qoldig‘i va ko‘payishi kreditida, kamayishi esa debetida aks ettiriladi. Buxgalteriya hisobi amaliyotida «qoldiq» so‘zining o‘rniga ko‘pincha «saldo» so‘zi ishlatiladi. «Saldo» italyancha so‘z bo‘lib, aynan tarjimasi «hisob-kitob» degan ma’noni bildiradi. Schot bo‘yicha hisobot davrining boshiga bo‘lgan qoldiq boshlang‘ich saldo deb ataladi. Schot bo‘yicha hisobot davrining oxiriga bo‘lgan qoldiq oxirgi saldo deb ataladi. Agar schotning debeti bo‘yicha oborotlar jami mazkur schotning krediti bo‘yicha oborotlar jamidan ko‘p bo‘lsa, u holda debet qoldiq qoladi. U schotning boshlang‘ich qoldiq joylashgan chap tomonida ko‘rsatiladi. Qoldiq har bir schot bo‘yicha har oyning birinchi sanasiga hisoblab chiqariladi. Schotda boshlang‘ich qoldiq bo‘lgan hollarda yangi (oxirgi) qoldiq schotning boshlang‘ich qoldig‘i ko‘rsatilgan tomondagi oborot yozuvlarining jamini hisobga olgan holda mazkur schotning qaramaqarshi tomonidagi oborotlar jami chegirib tashlab aniqlanadi. Oxirgi qoldiq bo‘lmagan, ya’ni u nolga teng bo‘lgan hollarda schot yopilgan hisoblanadi.
Dostları ilə paylaş: |