12-IDUMI direktori G. Begmurodova Baliqchi tumani 12-IDUMI o‘tkazilgan ota-onalar yig‘ilishi
BAYONI 2023 yil 9-sentyabr Chinobod MFY.
Yig‘ilish raisi : Sh.Tojiboyev -maktab direktori
Qatnashdilar: MMIBDO`, O`IBDO`lari, sinf rahbarlari va ota-onalardan 211 nafari
KUN TARTIBI
O‘zbekiston Respublikasi maktabgacha va maktab ta’limi vazirining 2023-yil 31-avgustdagi “Umumiy o‘rta ta’lim muassasasining takomillashtirilgan namunaviy odob-axloq qoidalarini tasdiqlash to‘g‘risida”gi 282-sonli buyrug‘ini ota-onalarga tushuntirish to‘g‘risida.
Yig‘ilishni maktab-internat direktori G. Begmurodova ochdi va olib bordi. Kun tartibigagi masala bo`yicha so’zni MMIBDO’ B. Haydarovaga berdi.
Maktab-internatning ma'naviy-ma'rifiy ishlar bo'yicha direktor o'rinbosari Haydarova yig’ilish ishtirokchilariga O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirining 2023-yil 31-avgustdagi “Umumiy o‘rta ta’lim muassasasining takomillashtirilgan namunaviy odob-axloq qoidalarini tasdiqlash to‘g‘risida”gi 282-sonli buyrug‘ini o`qib eshittirdi.
B.Haydarova so‘zi davomida bugungi kunda axborot-kommunikatsion texnologiyalari jamiyat hayotiga shiddat bilan kirib kelmoqda va o‘z ta’sirini tobora kengroq ko‘rsatmoqda. Bu esa o‘z navbatida yosh avlodga zamonaviy ta’lim berish bilan birga ularni umuminsoniy va milliy qadriyatlar, yuksak insoniy fazilatlar ruhida tarbiyalash, ongi va qalbini mafkuraviy, ma’naviy va axborot tahdidlaridan ishonchli himoya qilish, ularda g‘oyaviy immunitetni shakllantirish masalalariga alohida e’tibor berish lozimligini aytib o‘tdi.
Yosh avlodni past saviyadagi «Ommaviy madaniyat» ta’sirlaridan, milliy o‘ziga xosligimiz, dunyoqarash va tafakkurimizga mutlaqo yot bo‘lgan g‘oyalar, sun’iy «qadriyat va an’ana»lardan, bir so‘z bilan aytganda, ma’naviy tahdidlaridan asrash lozimligiga to‘xtaldi .
Bu boradagi ishlarni avvalo, maktabining ichki tartib va odob-axloq qoidalarini takomillashtirishdan boshlash kerakligini aytib o‘tdi.
O‘quvchi ma’naviyatini shakllantirishda ta’lim-tarbiya jarayoni, targ‘ibot ishlari va ibrat ko‘rsatish kabi pedagogik jihatlar bilan birga o‘quvchilar foydalanyotgan o‘quv-qurollarining mazmun-mohiyati, bezatilishi, sifati masalalari ham muhim o‘rin tutishini ta’kidladi.
Maktab-internatda kiyinish odobi muhimligi saqlanib qolmoqda. Ilm dargohlarida bir xil libos o‘qituvchilarda ko‘p jihatdan tenglik hissini uyg‘otib, ularning e’tiborini turli ortiqcha ko‘rinishlardan saqlaydi.
Shu bilan bir qator maktabda sog‘lom ma’naviy va ijtimoiy-psixologik muhitni shakllantirish, yosh avlodga zamon talablari asosida bilim, milliy g‘oya va qadriyatlar hamda umuminsoniy fazilatlarga mos tarbiya berish, o‘quv-tarbiya jarayonining sifati va ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirishga sharoit yaratish haqida to‘xtaldi.
O‘qutuvchi va xodimlar orasida odob-axloqni buzishga, shu jumladan zo‘ravonlik, hayosizlik va shafqatsizlikni tashviqot qilishga qaratilgan har qanday xatti-harakatlarning oldini olish, jumladan, yoshlarni ichkilikbozlik va giyohvandlik illatlaridan, boshqa turli halokatli tahdidlar hamda biz uchun yot bo‘lgan diniy va ekstremistik ta’sirlardan, past saviyali «Ommaviy madaniyat» xurujlaridan himoya qilishga ko‘maklashish xar bir ota – onaning vazifasi ekanligini aytib utdi. Masala yuzasidan ota-onalardan S. Abdushaitova, J.Nuriddinov va A.Sobirovlar ham o‘z fikrlarini bildirdilar. Yuqoridagilarni tinglab yig‘ilish
QAROR QILADI:
1. Yuqorida o‘qib eshittirilgan ma’ruzalarda qayd etilgan me’yoriy hujjatlar rahbarlik va ijro uchun qabul qilinsin.
2. O‘zbekiston Respublikasi maktabgacha va maktab ta’limi vazirining 2023-yil 31-avgustdagi “Umumiy o‘rta ta’lim muassasasining takomillashtirilgan namunaviy odob-axloq qoidalarini tasdiqlash to‘g‘risida”gi 282-sonli buyrug‘i ijrosini ta’minlash va yanada samaradorligini oshirish yuzasidan ota-onalar bilan hamkorlik ishlari tashkil etilsin.
3. “Umumiy o‘rta ta’lim muassasasining takomillashtirilgan namunaviy odob-axloq qoidalarini”ga rioya etish qat’iy belgilab qo‘yilsin;
4. Sinf rahbarlariga o’quvchilarning ushbu qoidalarga rioya qilish ustidan qat’iy nazorat o’rnatish vazifasi yuklatilsin.
5. Ushbu qaror ijrosini nazorat qilish ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha direktor o‘rinbosari B. Haydarova zimmasiga yuklatilsin.