12-IDUMI direktori: G. Begmurodova
O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirining
2023-yil 31-avgustdagi “Umumiy o‘rta ta’lim muassasasining takomillashtirilgan namunaviy odob-axloq qoidalarini tasdiqlash to‘g‘risida”gi 282-sonli buyrug‘i ijrosini ta’minlash va yanada samaradorligini oshirish yuzasidan Baliqchi tumani 12-IDUMIda tuzilgan ishchi guruh
TARKIBI
1. G. Begmurodova– maktab-internat direktori Ishchi guruh raisi
2. B. Haydarova – MMIBDO‘ Ishchi guruh raisi o’rinbosari
3. Sh. Qo’ldashev – O’TIBDO‘ Ishchi guruh kotibi
4. O. Mirzaodilov – O‘TIBDO‘ Ishchi guruh a’zosi
5. J. Hasanova -- Psixolog Ishchi guruh a’zosi
6. M. O’rinova –xotin qizlar qo‘mitasi raisi Ishchi guruh a’zosi
7. F. Yunusov – CHQBT Ishchi guruh a’zosi
8. B. Nasriddinov – XIBDO’ Ishchi guruh a’zosi
9. Barcha sinf rahbarlari Ishchi guruh a’zolari
Baliqchi tumanidagi 12-IDUMIda navbatdan tashqari o‘tkazilgan yig‘ilish
BAYONI
2023- yil 5-sentyabr Chinobod MFY
Yig‘ilish raisi : G. Begmurodova –maktab-internat direktori
Qatnashdilar: MMIBDO`, O`IBDO`lari, psixolog , pedagog xodimlar 38 nafar, ishchi xodimlardan 21 nafar
KUN TARTIBI
O‘zbekiston Respublikasi maktabgacha va maktab ta’limi vazirining 2023-yil 31-avgustdagi “Umumiy o‘rta ta’lim muassasasining takomillashtirilgan namunaviy odob-axloq qoidalarini tasdiqlash to‘g‘risida”gi 282-sonli buyrug‘ini pedagog va ishchi xodimlarga tushuntirish to‘g‘risida.
Yig‘ilishni maktab-internat direktori G. Begmurodova ochdi va olib bordi. Kun tartibigagi masala bo`yicha so’zni MMIBDO’ B. Haydarovaga berdi.
Maktab-internat ma'naviy-ma'rifiy ishlar bo'yicha direktor o'rinbosari B. Haydarova yig’ilish ishtirokchilariga O‘zbekiston Respublikasi maktabgacha va maktab ta’limi vazirining 2023-yil 31-avgustdagi “Umumiy o‘rta ta’lim muassasasining takomillashtirilgan namunaviy odob-axloq qoidalarini tasdiqlash to‘g‘risida”gi 282-sonli buyrug‘ini o`qib eshittirdi.
B. Haydarova so‘zi davomida bugungi kunda axborot-kommunikatsion texnologiyalari jamiyat hayotiga shiddat bilan kirib kelmoqda va o‘z ta’sirini tobora kengroq ko‘rsatmoqda. Bu esa o‘z navbatida yosh avlodga zamonaviy ta’lim berish bilan birga ularni umuminsoniy va milliy qadriyatlar, yuksak insoniy fazilatlar ruhida tarbiyalash, ongi va qalbini mafkuraviy, ma’naviy va axborot tahdidlaridan ishonchli himoya qilish, ularda g‘oyaviy immunitetni shakllantirish masalalariga alohida e’tibor berish lozimligini aytib o‘tdi.
Yosh avlodni past saviyadagi «Ommaviy madaniyat» ta’sirlaridan, milliy o‘ziga xosligimiz, dunyoqarash va tafakkurimizga mutlaqo yot bo‘lgan g‘oyalar, sun’iy «qadriyat va an’ana»lardan, bir so‘z bilan aytganda, ma’naviy tahdidlaridan asrash lozimligiga to‘xtaldi .
Bu boradagi ishlarni avvalo, maktab-internatning ichki tartib va odob-axloq qoidalarini takomillashtirishdan boshlash kerakligini aytib o‘tdi.
O‘quvchi ma’naviyatini shakllantirishda ta’lim-tarbiya jarayoni, targ‘ibot ishlari va ibrat ko‘rsatish kabi pedagogik jihatlar bilan birga o‘quvchilar foydalanyotgan o‘quv-qurollarining mazmun-mohiyati, bezatilishi, sifati masalalari ham muhim o‘rin tutishini ta’kidladi.
Maktab-internatda kiyinish odobi muhimligi saqlanib qolmoqda. Ilm dargohlarida bir xil libos o‘qituvchilarda ko‘p jihatdan tenglik hissini uyg‘otib, ularning e’tiborini turli ortiqcha ko‘rinishlardan saqlaydi.
Yuqoridagilarni inobatga olib, «Maktab-internat ichki tartib-qoidalari»ning tarkibiy qismi sifatida «Maktab-internat o‘qituvchi va xodimlarining odob-axloq qoidalari» ishlab chiqilganligini o‘qib eshittirdi.
Shu bilan bir qator maktab-internatda sog‘lom ma’naviy va ijtimoiy-psixologik muhitni shakllantirish, yosh avlodga zamon talablari asosida bilim, milliy g‘oya va qadriyatlar hamda umuminsoniy fazilatlarga mos tarbiya berish, o‘quv-tarbiya jarayonining sifati va ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirishga sharoit yaratish xaqida to‘xtaldi.
O‘qutuvchi va xodimlar orasida odob-axloqni buzishga, shu jumladan zo‘ravonlik, hayosizlik va shafqatsizlikni tashviqot qilishga qaratilgan har qanday xatti-harakatlarning oldini olish, jumladan, yoshlarni ichkilikbozlik va giyohvandlik illatlaridan, boshqa turli halokatli tahdidlar hamda biz uchun yot bo‘lgan diniy va ekstremistik ta’sirlardan, past saviyali «Ommaviy madaniyat» xurujlaridan himoya qilishga ko‘maklashish xar bir ota – onaning vazifasi ekanligini aytib utdi. Masala yuzasidan maktabning o`quv ishlari bo`icha direktor o`rinbosari Sh. Qo’ldashev, tajribali o`qituvchilaridan D.Abduxalilova, N. Vahobovlar ham o‘z fikrlarini bildirdilar. Yuqoridagilarni tinglab yig‘ilish
Dostları ilə paylaş: |