Bank amaliyotida tijorat banklari faoliyatini tartibga solishning ahamiyati va nazariy asoslari



Yüklə 0,6 Mb.
səhifə17/21
tarix07.01.2024
ölçüsü0,6 Mb.
#211788
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   21
Bank amaliyoti

Ishonchsiz kreditlar. Bu kreditlar bo’yicha qarzlarning to’lanish ehtimoli deyarli yo’q. Bu aktivlar juda past qiymatga ega bo’lib, ularni aktivlar sifatida hisobga olib borish maqsadga muvofiq emas. SHuning uchun banklar bu kreditlarni o’z balanslarida zarar sifatida hisobga olishlari mumkin. Ishonchsiz kreditlar foyda hisobiga, buning uchun foyda etmagan hollarda esa bank sarmoyasi hisobiga balansdan chiqarilishi mumkin. Bank uchun bu kreditlar zarar sifatida tasniflanadi. Bundan tashqari bir yil va undan ortiq muddatda harakatsiz bo’lgan aktivlar, muddati o’tgan va foizlar bo’yicha qarzlar ham zarar sifatida tavsiflanishi mumkin. SHu sababli bu guruhga kiruvchi kreditlar bo’yicha 100 foiz zahira tashkil qilish lozim.
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2010 yil 26 noyabrdagi PQ1438-sonli Qarorining 1-ilovasi 32-bandida, bank tavakkalchiliklarini boshqarishda chuqur omilli tahlilni amalga oshirishning aniq meхanizmini joriy qilish, zahiralarni shakllantirish, kredit portfelini diversifikatsiyalashni ko’zda tutgan holda banklar aktivlari sifati monitoringini takomillashtirish, shuningdek muammoli qarzdorlik paydo bo’lishiga yo’l qo’ymaslik yuzasidan ogohlantiruvchi choralar qabul qilish belgilangan.
Mazkur vazifa ijrosini ta’minlash maqsadida 2011 yil 10 sentyabrda Markaziy bank Boshqaruvining «Aktivlar sifatini tasniflash, tijorat banklari tomonidan ular bo’yicha ehtimoliy yo’qotishlarni qoplash uchun zahiralarni shakllantirish va undan foydalanish Tartibiga o’zgartirishlar va qo’shimchalar kiritish to’g’risida»gi 26/1-sonli qarori qabul qilindi.
Shu bilan birgalikda, kiritilgan o’zgartirishlar ko’ra, tijorat banklari o’z aktivlari sifatini tasniflash bo’yicha bir qator yangiliklar kiritildi.
Jumladan, eski qoidalarga ko’ra, 30 kungacha to’lov muddati o’tgan kreditlar «standart», 90 kungacha to’lov muddati o’tgan kreditlar «substandart» va 180 kundan ortiq kunga to’lovi kechiktirilgan kreditlar «umidsiz» sifatida tasniflangan bo’lsa, yangi tartibga ko’ra shartnoma muddatida to’lanmagan va grafik bo’yicha asosiy qarz va foizlar bo’yicha oraliq to’lovlar 180 kundan kechiktirilgan barcha kreditlar «umidsiz» sifatida tasniflanadi.
Bundan tashqari, sud jarayonidagi aktivlar, qarzdorning moliyaviy holati yomonligi va to’lovga qobiliyatsizligi sababli to’lov muddati uzaytirilgan aktivlar hamda bank faoliyatida foydalanilmaydigan, muammoli kreditlarni qoplash uchun olingan mulklar, ular bank balansiga olingan kundan boshlab uch oy muddatda sotilmagan aktivlar ham «umidsiz» sifatida tasniflanadi.


Yüklə 0,6 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   21




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin