Bank faoliyati statistikasi faning predmeti, vazifalari va usullari Reja



Yüklə 29,13 Kb.
səhifə1/3
tarix30.03.2023
ölçüsü29,13 Kb.
#91415
  1   2   3
KAPITAL QO


Bank faoliyati statistikasi faning predmeti, vazifalari va usullari


Reja:



  1. Bank statistikasi haqida tushuncha

  2. Bank statistikasi

  3. Markaziy bank statistik hisobotlari



Bank statistikasi haqida tushuncha

Bank statistikasi statistika fanining bir tarmoqchasi hisoblanadi.


Bank statistikasi fanini o’rganish usulini ko`rib chiqayotganimizda asosiy e’tiborni statistika fani umuman o’zida nimani mujassamlashtirishiga qaratishimiz lozim.
Statistika shunday fanki unda jamiyat io’tisodiyotdagi yuz beradigan voqea hodisalarning holati va rivojlanishi raqamlarda ifodalab beriladi.
Raqamdagi ma’lumatlar to’g’ridan-to’g’ri davlatga tegishli bo’limi, uning bozor teratoriyasiga hamda xalq xo’jaligining biror tarmog’iga tegishli bo’lishi mumkin. Statistik qo’rsatkichlar yana voqea va hodisalarni rivaojlanish (dinamika) jarayonini ma’lum bir vaqtga (yil) xarakterlaydi. Ijtimoiy voqea hodisalarni rivojlanishi raqamlarda belgilashda statistika hisobning umumlashtirish orqali amalga oshiradi.
Statistikadagi har bir raqam o’zida konkret statistik qo’rsatkichni mujassamlashtiradi, ya’ni ijtimoiy voqea hodisani sifat tomonini miqdor tomonidan ta’riflab beradi.
Bunday qo’rsatkichlarga misol qilib: aholi soni, uning yoshi bo’yicha tarkibi, jinsi bilim darajasi;
Sanoatda yoki qishloq xo’jaligida ishlab chiqarilgan mahsulot hajmi qishloq xo’jaligining mahsuldorligi, banklarni kredit resurslari hajmi, ishlab chiqarilgan milliy mahsulot hajmi va boshqalar.
Statistik qo’rsatkichlar absolyut miqdorlarda (aholi soni, mahsulot qiymati, kredit qo’yilmalari hajmi) nisbiy miqdorlarda (shahar va qishloq aholisi foizi, kredit qo’yilmalarining umumiy qo’yilmalardagi miqdori, hamda ortacha miqdorlar (ortacha ish jamg’armaning ortacha miqdori va boshqalar).
Shunday qilib statistikani predmeti bo’lib, jami ijtimoiy voqea hodisalarni miqdori tomoni bilan sifat tomonini qo’shib o’rganish, ya’ni mazmuniga sifat tavsifnomani berish hisoblanadi.
Barcha hodisalar (voqealar) sifat va miqdor tomonidan tavsifnoma berilgan bo’ladi. Masalan: Tijorat banklari bo’limi sifat tomonidan mazmunini qaraydigan bo’lsak, davlat muassasasi hisoblanib, pul muomalasini bajarib turuvchi, korxona va tashkilotlarni kreditlashni amalga oshiruvchi, xo’jaliklar ortasida o’zaro tovar va xizmatlar bo’yicha hisob-kitoblarni amalga oshiruvchi hamda boshqa operatsiyalarni bajaruvchi muassasa hisoblanadi. Yuqoridagilar bilan bir qatorda bank bo’limi faoliyatini miqdoriy tomondan xarakterlash mumkin. Bunga ishchi xodimlar soni, ular tomonidan ishlanadigan pullik hujjatlar berilgan qisqa va uzoq muddatli kreditlar summasi, hisob-kitob, kassa va boshqa operatsiyalar bo’yicha miqdoriy tavsifnoma berishni misol qilishimiz mumkin.
Statistika yalpi ijtimoiy voqea (hodisa)lar bilan shug’ullannar ekan, statistik ma’lumotlar (raqamlar) yalpi kuzatishlar natijasi, ya’ni voqealarni yalpi umumiy yig’indisi hisoblanadi. Masalan: har bir inson etarli yoshga ega bo’ladi, har bir ishchi ma’lum miqdorda ish haqi oladi. Bu ma’lumotlar konkret hisoblanib, statistik qo’rsatkich hisoblanmaydi. Ana shunday voqealarga asoslanib statistika ularni umumlashtiradi hamda aholining sonini, ularni yoshi bo’yicha guruhlarga ajratish ishlovchilar soni, ish haqi fondi va boshqalarni, ya’ni umumlashtirilgan statistik qo’rsatkichlarni oladi.
Statistik raqamlar hamma vaqt biror bir statistik qo’rsatkichning sifat va miqdor tomonini belgisiga qarab xarakterlaydi, shuning uchun ham yalpi ma’lumotlar statistik fanda zaruriy tushuncha hisoblanadi.
Statistik to’plam - o’zining belgilari jihatdan bir-biridan farq qiluvchi sifat jihatdan bir xil asosga ega bo’lgan birlik.
Bunday to’plamga – sanoat korxonalari jami, buning asosiy sifat asosi bo’lib xalq xo’jaligini bir tarmog’iga qarashliligi hisoblanadi. Bizga ma’lumki o’z navbatida korxonalarda ishlovchilar soniga qarab ishlab chiqarilgan mahsulot turi va qiymatiga qarab bir-biridan farq qiladi.

Lekin shuni alohida ta’kidlash kerakki, hodisaning barcha belgilari ham statistik umumlashtirilgan qo’rsatkichlarga kiravermaydi.


Buning uchun belgilashni yuqori va quyi chegaralarini belgilovchi belgisiga (o’zgaruvchan) qarab guruhga ajratish kerak bo’ladi. Statistika ana shu o’zgaruvchan belgilarni o’rganadi.
Masalan: bank bo’limlari ayniqsa, shu belgisiga qarab, ya’ni jamg’armachilarni sifat belgisiga qarab (umumiy guruhga birlashuviga qarab) ham miqdoriy belgisiga qarab (jamg’arma miqdori va boshqalar).
Shunday qilib statistika, belgining o’zgaruvchan holatiga qo’ra yalpi kuzatishni amalga oshiradi. Bunda umumlashtirish hodisalarni yalpi kuzatish asosida amalga oshirilishi kerak.
Qachonki ko`pgina voqea, hodisalarni jamlanmasi amalaga oshirilgandagina ob’ektiv tavsifnoma olishimiz mumkin.
Statistik ko’rsatkichlarni o’ziga xos xususiyati shundaki, ular hamma vaqt, joyi va hajmi jihatdan aniqlanadi. Agarda gap xo’jalikning bankdagi schetidagi mablag’ining qoldig’i to’g’risida bo’ladigan bo’lsa, unda qo’rsatkich bir necha korxonalarga munosabati bo’yicha anio’lanadi.
Bunday statistik krsatkichlarni qattiq belgilanishi statistik izlanishlar predmetini o’zida mujassamlashtiradi.
Har bir hodisani rivojlanishi uning miqdoriy tomonini o’zgarishi bilan yuz beradi.
Hodisaning miqdoriy tomoni uning sifat tomoniga qaraganda o’zgaruvchan bo’ladi.
Shunday ekan bank statistikasida izlanishlar olib borishning predmeti bo’lib nima hisoblanadi?
Bank statistikasining o’rganish ob’ekti bo’lib, kredit muassasalarida bo’ladigan yalpi voqea va hodisalar hisoblanadi. Kredit muassasalariga yuklatilgan funktsiya ular bajaradigan jami operatsiyalari bilan bog’liqdir.
Qaysiki bu operatsiyalar bo’yicha doimiy kuzatish va nazorat olib borish zarur hisoblanadi. Har kuni bank muassasalaridan hisob-kitob pulli hujjatlar o’tadi.
Pul muomalasini boshqarish xalq xo’jaligida kreditlash va hisob-kitoblarni olib borish va boshqa bank operatsiyalar bo’yicha operativ va to’liq ma’lumotlarni pul mablag’larini harakati bo’yicha olish zarurdir.
Kredit muassasalari statistikasi kredit hisob-kitob, xalq xo’jaligiga kassa xizmati qo’rsatish va boshqa operatsiyalarga sifat va miqdoriy tomondan tavsifnoma berish bilan shug’ullanadi.



Yüklə 29,13 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin