Bank hisobi, tahlil va audit



Yüklə 1,6 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə12/110
tarix09.06.2023
ölçüsü1,6 Mb.
#127899
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   110
d492f317fa67748a9145e54faeb12913 BANK HISOBI, TAHLIL VA AUDIT Darslik

2.3. Banklarning turlari. 
 
Bozor iqtisodiyotini rivojlanishi turli mulkchilik shakllarining 
rivojlanishiga, moliyaviy mablag‘larning alohida moliyaviy muassasalar 
ixtiyorida markazlashuviga olib keldi. Ikkinchi jahon urushidan keyin 
ko‘pchilik iqtisodiy rivojlangan mamlakatlarda ayrim banklarning 
milliylashtirilishi yuz berdi. Bu o‘z navbatida banklarning mulkiy, 
huquqiy, funksiyasi, tabiati va boshqa qator mezonlari bo‘yicha 
tavsiflanishiga sabab bo‘ldi. Zamonaviy iqtisodiyotda banklar quyidagi 
mezonlar bo‘yicha tavsiflanadi. Mulkiy jihatdan – davlat banki, 
aksiyadorlik banki, kooperativ bank, xususiy va xorijiy kapital 
ishtirokida qo‘shma banklariga bo‘linadi. Banklarni mulkchilik nuqti 
nazardan tasniflanganda asosan ularning ustav kapitali tarkibida kimning 
ulushi 51 foizdan yuqori bo‘lsa, bank shu shaxslarning nomlarini oladi.


34 
Masalan, bank kapitalining asosiy ulushi xususiy yoki kooperativ 
tashkilotlar hissasiga to‘g‘ri kelsa, mazkur banklar xususiy yoki 
kooperativ bank deya yuritiladi. Davlat banklari kapitalining asosiy 
ulushi davlatga tegishli bo‘ladi, ko‘pchilik mamlakatlarda mamlakat 
Markaziy banklari davlat banki hisoblanadi. O‘zbekistonda Tashqi 
iqtisodiy faoliyat Milliy banki, Davlat – aksiyadorlik Xalq banki, 
aksiyadorlik tijorat “Asaka” banklarning kapitali tarkibida asosiy ulush 
davlatga tegishli bo‘lganligi bois mazkur banklar davlat banklari 
hisoblanadi.Mamlakatimizda aksiyadorlik tijorat banklari sifatida, 
aksiyadorlik tijorat “Agrobank”ni, Aloqabank, Turonbank va 
boshqalarni 
keltirish 
mumkin. 
Mamlakatimizda 
yopiq 
turdagi 
aksiyadorlik tijorat banklari mavjud emas.
Xorijiy 
kapital ishtirokida qo‘shma banklar mamlakat 
qonunchiligiga asosan belgilangan miqdordagi ustav kapitali xorijiy 
ishtirokchilar tomonidan shakllantirilsa mazkur banklar shu maqomga 
ega bo‘ladi. Mamlakatimizda xorijiy kapital ishtirokidagi banklarni 
tashkil etish O‘zbekiston Respublikasining tegishli qonun hujjatlariga 
muvofiq amalga oshiriladi. Huquqiy jihatdan banklar ochiq va yopiq 
turdagi jamiyatlar sifatida tasniflanadi. Banklarning kapitalini asosiy 
ulushi yuridik shaxslar hissasiga to‘g‘ri keladi, ushbu banklar ochiq 
aksiyadorlik yoki yopiq aksiyadorlik banklari bo‘lishi mumkin. Ochiq 
yoki yopiq aksiyadorlik banklari deyilishiga sabab ularning aksiyalarini 
sotish va sotib olish jarayoni bilan bog‘liq bo‘ladi. Qatnashchilari 
o‘zlariga tegishli aksiyalarini o‘zga aksiyadorlarning roziligisiz boshqa 
shaxslarga berishi mumkin bo‘lgan aksiyadorlik jamiyati ochiq 
aksiyadorlik jamiyati deb hisoblanadi.


35 
Aksiyalari faqat o‘z muassislari yoki oldindan belgilangan 
doiradagi shaxslar orasida taqsimlanadigan aksiyadorlik jamiyati yopiq 
aksiyadorlik jamiyati deb hisoblanadi. Mamlakatimizda mulkiy jihatdan 
tashkil topishidan qa’tiy nazar, faoliyat yuritayotgan barcha banklar 
ochiq aksiyadorlik banklari hisoblanadi. 
Banklar bajaradigan funksiyasi (operatsiyalari) jihatidan
emission, tijorat, investitsion, ipotekali va jamg‘arma banklar sifatida 
tasniflanadi. Emission banklar mamlakat iqtisodiyotiga pullarni emissiya 
qilish, shuningdek, kredit muassasalari faoliyatini tartibga solish va pul 
– kredit siyosatini amalga oshirish bilan shug‘ullanadi. Bunday vazifani 
hozirgi paytda mamlakat Markaziy banklari bajaradi. Markaziy banklar 
bevosita mijozlarga bank xizmatlarini ko‘rsatmaydi va tijorat faoliyati 
bilan shug‘ullanishi ta’qiqlanadi. 
Tijorat banklari mamlakat bank tizimi va kredit muassasalari 
tarkibidagi muhim ahamiyatga ega bo‘lgan moliyaviy muassasalar 
hisoblanadi. Ushbu banklar banklar bajarishi mumkin bo‘lgan barcha 
operatsiyalarni bajaradi. 
Investitsion banklarning asosiy faoliyati passiv operatsiyalari 
natijasida shakllantirgan moliyaviy mablag‘larini asosiy ulushini 
qimmatli qog‘ozlarga investitsiya qilishdan iborat bo‘ladi. Mamlakatda 
investitsion banklar faoliyat yuritishi uchun qimmatli qog‘ozlar bozori 
rivojlangan va etarli darajada investitsion muhit yaratilgan bo‘lishi 
lozim. 
Ipoteka banklari jismoniy va yuridik shaxslarga garov asosida uzoq 
muddatli kreditlar berish bilan shug‘ullanadi. Ipoteka atamasi ko‘chmas 
mulklarni garovga qo‘yish natijasida vujudga keladigan moliyaviy 


36 
munosabat bo‘lib, uning o‘ziga xos xususiyatlaridan biri garovga 
qo‘yilgan ko‘chmas mulk kredit (qarz) oluvchining tasarrufida 
qolishidir. Odatda ipoteka banklari faoliyatining asosiy yo‘nalishini 
ipoteka krediti berishga qaratilgan bo‘lishi lozim. Biroq, amaliyotda 
ushbu qoida doimo ham o‘zining isbotini topmaydi, chunki hozirgi 
kunda faoliyat yuritayotgan ipoteka banklari kredit portfeli tarkibida 
nafaqat ipoteka krediti, balki boshqa maqsadlarga yo‘naltirilgan 
kreditlarning hajmi salmoqli ulushni tashkil etadi. 
Jamg‘arma banklarining asosiy mijozlari jismoniy shaxslar bo‘lib, 
ushbu banklarning asosiy faoliyati aholidan muddatli omonatlarni jalb 
qilishga qaratilgan bo‘ladi. Jamg‘arma sifatida shakllantirilgan 
mablag‘larni yirik tijorat banklariga, savdo va qurilish tashkilotlariga 
investitsiya va kreditlar ko‘rinishida joylashtiradi.
Banklar bajaradigan operatsiyalarining tabiati jihatidanuniversal 
va ixtisoslashgan banklarga bo‘linadi. Universal banklar banklar 
bajaradigan barcha operatsiyalarni bajaradi. Bunga misol sifatida tijorat 
banklarini keltirish mumkin. Ixtisoslashgan banklar esa iqtisodiyotning 
ma’lum tarmog‘iga xizmat ko‘rsatish va shu tarmoqni rivojlantirish 
maqsadida tashkil etiladi. Mamlakatimiz mustaqilligining dastlabki 
yillarida qator ixtisoslashgan banklar (O‘zmevasabzavot, Zaminbank, 
Engilsanaot, G‘allabank, Paxtabank) tashkil etildi. Milliy iqtisodiyotning 
rivojlanishi va bozor munosabatlarining chuqurlashuvi natijasida ushbu 
banklar universal banklarga aylantirilib, bir – biriga qo‘shib yuborildi 
yoki universal tijorat banklariga aylantirildi.
Shuningdek, 
ixtisoslashgan 
banklar, 
tashqi 
iqtisodiy 
operatsiyalarni bajarish, investitsion faoliyat bilan shug‘ullanishi 


37 
mumkin. Biroq mamlakatimizda, alohida tarmoqqa xizmat ko‘rsatadigan 
yoki operatsiyalarni bajaradigan ixtisoslashgan banklar mavjud emas.
Shu bilan birga banklarning faoliyati xizmat ko‘rsatadigan
Yüklə 1,6 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   110




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin