2.2. Tijorat banklarining tashkil topishi va rivojlanishi
Dastlabki banklar qachon va qanday paydo bo‘lganligini aniqlash ancha
qiyinchilik tug‘diradi. Gap shundaki, hozirgi davr banklar faoliyati xususiyatidan
30
kelib chiqib turlicha bo‘lgan operatsiyalarni bajaruvchi universal moliyaviy
tashkilotlarni o‘zida namoyon qiladi.
Banklar faoliyatining eng “qadimgi” operatsiyalari bo‘lib, pullarni saqlab
berish bo‘yicha operatsiyalar hisoblanadi. Ma’lumki, eng qadimgi davlatlarda ham
omonatlarni qabul qilish operatsiyalari mavjud bo‘lgan. Ilk bor bunday ish bilan
ma’lum obro‘ga va ishonchga ega bo‘lgan puldor shaxslar, Evropa mamlakatlarida
cherkov muassasalari shug‘ullanganlar. Masalan, mashhur grek ehromlari
(masalan, Delfiya, Efes ehromlari) bir paytning o‘zida o‘ziga xos bank
muassasalari bo‘lib xizmat qilgan. Yillar o‘tishi bilan o‘sha qadimgi davrlardan
boshlab, ayrim hollarda qo‘yilgan pul yoki mulk bo‘yicha foizlar ham hisoblangan.
Banklarning kelib chiqishiga bag‘ishlangan mavjud adabiyotlarning tahlili shuni
ko‘rsatadiki, banklarning paydo bo‘lishining asosiy yoki boshlang‘ich zamini
birinchidan, pul mablag‘larini saqlab berish bo‘lsa, ikkinchidan, pul mablag‘larini
almashtirib berishdan iborat ekanligini ko‘rishimiz mumkin.
Tarixiy taraqqiyot davomida banklar mablag‘larni yig‘ish, saqlab berish,
kredit-hisob va boshqa turli xil vositachilik operatsiyalarini bajarib kelganliklari
sabab, banklar kredit muassasa bo‘lib, foyda olish maqsadida bank barcha risklarni
o‘ziga qabul qilgan holda operatsiyalarini amalga oshiradi. O‘zbekiston
Respublikasining 1996 yil 26 aprelda qabul qilingan “Banklar va bank faoliyati
to‘g‘risida»gi qonunining 1-moddasiga asosan “Bank -tijorat tashkiloti bo‘lib,
bank faoliyati deb hisoblanadigan quyidagi faoliyat turlari majmuini amalga
oshiradigan, ya’ni:
-yuridik va jismoniy shaxslardan omonatlar qabul qilish hamda qabul
qilingan mablag‘lardan tavakkal qilib kredit berish yoki investitsiyalash uchun
foydalanish;
-to‘lovlarni amalga oshirish bilan shug‘ullanuvchi yuridik shaxsdir.
Demak, bank barcha riskni o‘z zimmasiga olib, yuridik va jismoniy
shaxslarning pul mablag‘larini jalb qilib, bank resurslarini tashkil qilgan holda, bu
mablag‘larni muddatida qaytarib berish, to‘lov va ta’minlash shartlari asosida o‘z
31
nomidan ularni joylashtiradi hamda yuridik va jismoniy shaxslar o‘rtasidagi hisob-
kitob va vositachilik operatsiyalarini olib boruvchi kredit muassasa hisoblanadi.
Ba’zi adabiyotlarda «bank-bu korxona», deb ham izoh beriladi. Ma’lumki, bank
yaxlit olingan korxona sifatida ishlab chiqarish jarayonini amalga oshirmaydi.
Tijorat banklarining faoliyatini korxona faoliyatiga shu jihatdan o‘xshatish
mumkinki, tijorat banklari ham korxonalar singari o‘z faoliyatini o‘z daromadini
ko‘paytirishga qaratadi, lekin korxonalar faoliyatidan farqli ravishda banklar shu
asosida birinchidan, o‘z ta’sischilari–aksiyadorlarining manfaatlarini, ikkinchidan,
o‘z mijozlarining manfaatlarini himoya qilishni ta’minlaydi.
Tijorat banklariga, bizning fikrimizcha, shunchaki «korxona» emas, balki
“maxsus korxona” deb qarash zarur. Chunki tijorat banklari ssuda kapitali
harakatini amalga oshiradi va shu asosda bank o‘z aksiyadorlariga, paychilariga
foyda olishni ta’minlaydi.
Tijorat banklari bank tizimining muhim bo‘g‘ini bo‘lib, kredit resurslarining
asosiy qismi shu banklarda yig‘iladi va bu banklar xuquqiy, jismoniy shaxslarga
o‘z xizmatlarini ko‘rsatadilar.
Bank bu shunday korxonaki, unda xom ashyo bo‘lib depozit va qo‘yilmalar
hisoblansa, oxirgi tovar – bu berilgan ssudalardir. Depozit va qo‘yilmalar jalb
qilingan qarz mablag‘lari, berilgan ssudalar esa – joylashtirilgan mablag‘lar bo‘lib
hisoblanadi.
Har xil jismoniy shaxslar va tashkilotlardan pul mablag‘larini jalb qilish
uchun, qarz hajmiga qarab ma’lum summani foizlar shaklida to‘lash kerak.
Bo‘lmasa mablag‘ qo‘yuvchilar yoki boshqa bankni tanlaydilar, yoki pul saqlashni
boshqa shakllariga o‘tadilar: masalan, oltin yoki valyuta sotib olish, boshqa
moliyaviy vositachilar xizmatlaridan foydalanish va boshqalar. Pul saqlash
shaklini tanlashda mablag‘ qo‘yuvchini ikkita muhim omil - moliyaviy
vositachilarning ishonchli ekanligi va daromad olish darajasi (qarzga to‘lanadigan
foizlar) ko‘proq qiziqtiradi.
Boshqa tomondan, bank ssuda berganda uning summasiga qarab foiz
shaklida to‘lov undiradi. Bozor iqtisodiyoti sharoitida tijorat banklarining bozor
32
munosabatlari sub’ektlari bilan aloqasi yanada kengayadi va chuqurlashadi. Bank
bu holda barcha mablag‘lari harakatini boshqarib boradi.
Bu ikkita foiz stavkalari o‘rtasida farq - bank daromadining asosiy manbasi
bo‘lib, iqtisodiy adabiyotlarda u “marja” nomi bilan yuritiladi.
Shunday qilib, marja - bu jalb qilinuvchi va joylashtirila- digan qarz va
ssuda foiz stavkalari o‘rtasidagi farqdir.
Banklar mablag‘larni jalb qilish va joylashtirish yo‘li bilan barcha pul
mablag‘lari harakatini boshqarib boradi.
Bankning asosiy faoliyati vositachilik bilan bog‘liq bo‘lib, u pul
mablag‘larni qarz beruvchidan qarz oluvchilarga o‘tkazish bilan bog‘liq bo‘lgan
operatsiyalarni bajarishdan iborat. Banklar bilan bir qatorda pul mablag‘lari
harakatini boshqa moliyaviy va kredit tashkilotlari, investitsion fondlar, sug‘urta
kompaniyalari ham amalga oshiradilar. Biroq, bankning moliyaviy risklarning
sub’ekti sifatida yuqorida keltirilgan boshqa sub’ektlar faoliyatidan farq qiladigan
ikkita o‘ziga xos xususiyati mavjud:
-birinchidan, banklar faqat ular uchun xos bo‘lgan qarz majburiyatlarini
(depozitlar, omonat sertifikatlari va boshqalar) chiqaradilar va bu yo‘l bilan
yig‘ilgan mablag‘larni boshqa sub’ektlar tomonidan chiqarilgan qimmatli
qog‘ozlar va qarz majburiyatlariga joylashtiradilar. Bankning bu xususiyati
moliyaviy broker va dillerlar faoliyatidan farq qiladi, chunki ular moliya bozorida
o‘z qarz majburiyatlarini chiqarmasdan faoliyat ko‘rsatadilar.
-ikkinchidan, banklar jismoniy va yuridik shaxslar oldida mijozlarning pul
mablag‘larini hisob varaqlariga qo‘yish va jamg‘arma o‘tkazish, depozit
sertifikatlarini chiqarish va boshqalar orqali qat’iy belgilangan qarz
majburiyatlarini oladilar. Qat’iy belgilangan qarz majburiyatlar bilan faoliyat
ko‘rsatish banklar uchun riskli hisoblanadi, chunki banklar o‘z kreditorlari oldida
olgan majburiyatlarini to‘liq bajarishlari lozim. Investitsion fondlar esa o‘z
aktivlari va passivlarining qiymati o‘zgarishi bilan bog‘liq risklarni o‘z
aksiyadorlari zimmasiga yuklaydilar.
33
O‘zbekiston Respublikasida tijorat banklarini tashkil etish va ularning
faoliyatini olib borish “Banklar va bank faoliyati to‘g‘risida”gi qonunga
asoslanadi. Yuqorida qayd etilgan qonunga asosan O‘zbekiston Respublikasida
banklar universal faoliyatni amalga oshiradilar. Aniqroq qilib aytadigan bo‘lsak,
turli xilda kreditlar berish, qimmatli qog‘ozlar va xorijiy valyuta oldi-sotdisi bilan
shug‘ullanish, bo‘sh turgan pul mablag‘larni jalb etish, hisob-kitoblarni amalga
oshirish, kafolat va garantiyalar berish va hokazolar tijorat bankining asosiy
faoliyat turlaridan hisoblanadi.
O‘zbekiston Respublikasida xorijiy banklar va har qanday mulkchilik
shakliga
asoslangan
banklar faoliyat ko‘rsatishi mumkin. O‘zbekiston
Respublikasida faoliyat ko‘rsatayotgan tijorat banklari va ularning mulkchilik
shakli turli mulkchilikka asoslangandir.
Hozirgi kunda Respublirfmizda 29 ta tijorat banklar faoliyat yuritmoqda.
Ular to’g’risidagi batafsil ma’lumotlar 2-ilovada keltirilgan.
Dostları ilə paylaş: |