Bank hisobi, tahlil va audit


IV-bob bo’yicha o’z bilimini tekshirishga doir nazorat savollari



Yüklə 1,6 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə19/110
tarix09.06.2023
ölçüsü1,6 Mb.
#127899
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   110
d492f317fa67748a9145e54faeb12913 BANK HISOBI, TAHLIL VA AUDIT Darslik

 
IV-bob bo’yicha o’z bilimini tekshirishga doir nazorat savollari 
1. Banklarda buxgalteriya hisobini Tashkil etish agoglari. 
2. Bank buxgalteriya hisobining ob’ekti. 
3. Banklar buxgalteriya hisobining asosiy maqsadi. 
4. Ikki yoqlama yozuv uslubi. 
5. Bank balansi. 
6. O‘zbekiston Respublikasining "Buxgalteriya hisobi to‘g‘risida"gi qonuni. 
7. Hisobvaraqlar rejasi. 
8. Hisobvaraqlarni kodlashtirish maqsadlari. 
9. Bosh kitob materiallari. 
10. Yordamchi kitob 
materiallari. 
11. Balans hisobvaraqlar. 
12. Balansdan tashqari hisobvaraqlar 
 
 
 
 
 


69 
V-Bob. Bank buxgalteriya xodimlarining huquqi va majburiyatlari 
 
Reja: 
5.1. Bank buxgalteriya xodimlarini malaka talablari. 
5.2. Bosh buxgalterning huquqlari va javobgarligi. 
 
5.1. Bank buxgalteriya xodimlarini malaka talablari. 
Banklarda hisob–operatsion apparati ularning bajaradigan operatsiyalari va 
ularga yuklatilgan ishlarning hajmidan kelib chiqib tashkil etiladi. Bankning 
hisob–operatsion apparati pul–to‘lov hujjatlarini qabul qilish, nazoratdan o‘tkazish, 
rasmiylashtirish va bankning buxgalteriya hisobini aks ettirish bilan band bo‘lgan 
bankning mas’ul xodimlaridan tashkil topadi. 
Banklarning xizmat ko‘rsatish darajasi va ish hajmiga qarab hisob–
operatsion apparati quyidagi mutaxassis xodimlardan shakllantiriladi: 
- bosh buxgalter; 
- mas’ul ijrochilar (bevosita mijozlar bilan ishlaydi); 
- nazoratchi buxgalterlar; 
- operatsiyalarni amalga oshiruvchi xodimlar; 
- operatorlar. 
Mas’ul ijrochi va nazoratchi buxgalterlar zimmasiga muayyan 
hisobvaraqlarni yuritish yoki alohida operatsiyalarni amalga oshirish ishlari 
yuklatiladi. Bankning bosh buxgalteri mas’ul ijrochilarga vazifalarni 
taqsimlaganda mijozlar va ular tomonidan amalga oshirilayotgan operatsiyalarning 
o‘ziga xos jihatlarini e’tiborga olishi lozim. Xususan, hisobvaraqlar buxgalteriya 
xodimlari o‘rtasida shunday taqsimlanishi kerakki, bunda bir xo‘jalik yurituvchi 
sub’ektning barcha depozit va ssuda hisobvaraqlari bitta buxgalteriya xodimi 
tomonidan yuritilishi kerak, chet el valyutasida ochilgan hisobvaraqlar bundan 
mustasno. Hisobvaraqlarni buxgalteriya xodimlari o‘rtasida taqsimlash va qayta 
taqsimlash kitobi dasturiy ravishda yuritiladi hamda maxsus daftarda qayd etib 
boriladi.


70 
Banklarda hisob–operatsion appparati tarkibini tashkil etish, ularning bank 
qonunchiligi doirasida faoliyat yuritishi bilan bog‘liq mas’uliyat bank 
boshqaruvchisi zimmasiga yuklatiladi.
Banklarda bosh buxgalter lavozimiga tavsiya etilayotgan nomzod shaxslarga 
nisbatan malaka talablari Tijorat banklari va ularning filiallari rahbarlari, bosh 
buxgalterlari, boshqaruv a’zolari, mikrokredit tashkilotlari hamda kredit 
byurolarining ijro organlari rahbarlariga nisbatan malaka talablariga (ro‘yxat 
raqami 2989, 2018 yil 30 mart) muvofiq belgilanadi. 
Bosh buxgalter o‘z ish jarayonida O‘zbekiston Respublikasining 
Konstitutsiyasi, qonunlariga, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining 
qarorlariga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmon va qarorlariga, 
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlariga va boshqa 
normativ-huquqiy hujjatlarga, Moliyaviy hisobotlarning xalqaro standartlariga va 
buxgalteriya hisobini yuritish, moliyaviy hisobotlarni tuzish bo‘yicha boshqa 
normativ-huquqiy hujjatlariga, shuningdek ushbu Nizomga asoslanib ish yuritadi. 
Bosh buxgalter quyidagilarni bilishi shart: 
a) buxgalteriya hisobi qonunchiligini; 
b) fuqarolik huquqi, bank, moliya, soliq va xo‘jalik qonunchiligining 
buxgalteriya hisobini yuritishga tegishli qismini; 
v) bank tuzilishi, strategiyasi va uning rivojlanish istiqbollarini; 
g) bankning moliyaviy-xo‘jalik faoliyatiga, buxgalteriya hisobini tashkil 
etishga va moliyaviy hisobotlarni tuzishga tegishli normativ-huquqiy va uslubiy 
hujjatlarni;
d) soliq, statistika, boshqaruv va moliyaviy hisoblarni; 
e) operatsiyalarni rasmiylashtirish va hisob uchastkalarida hujjatlar 
aylanishini tashkillashtirish tartibi, pul mablag‘lari va ularning ekvivalentlari, 
shuningdek boshqa tovar-moddiy zaxiralarni qabul qilish, kirim qilish, saqlash va 
sarflash (chiqim qilish) tartibini;
yo) asosiy vositalar, nomoddiy aktivlar va boshqa tovar-moddiy zaxiralarni 
kirim qilish va hisobdan chiqarish tartibini, shuningdek, debitor va kreditor 


71 
qarzdorlikni hisobdan chiqarish, asosiy vositalar, nomoddiy aktivlarga eskirish 
hisoblash, mulkni baholash va qayta baholash tartibini;
j) debitor va kreditorlar bilan hisob-kitob qilish qoidalarini; 
z) yuridik va jismoniy shaxslarni soliqqa tortish shartlarini;
i) mulk va majburiyatlarni inventarizatsiyadan o‘tkazish tartibi, auditorlik 
tekshiruvini o‘tkazish tartibini; 
y) buxgalteriya, soliq, statistika hisobotlarini tuzish tartibi va muddatlarini;
k) bank moliya-xo‘jalik faoliyatining iqtisodiy tahlilini, bank ichki 
zaxiralarini aniqlashni; 
l) tekshiruvlarni o‘tkazish va hujjatli taftish qilish tartibini;
m) buxgalteriya hisobi bo‘yicha kompyuter dasturlari, buxgalteriya hisobi va 
moliyani boshqarish sohasida zamonaviy ma’lumotlar va axborot tizimini; 
n) buxgalteriya hujjatlarini saqlash va axborotlarni himoya qilish tartibini; 
o) mehnat qonunchiligi, mehnatni muhofaza qilish tartibi va me’yorlarini;
p) ishlab chiqarish texnologiyasining o‘ziga xos xususiyatlarini;
r) buxgalteriya hisobini tashkil qilishning ilg‘or milliy va xorij tajribalarini. 
Bosh buxgalter zimmasiga pul mablag‘lari va moddiy qimmatliklar uchun 
bevosita moddiy javobgarlik bilan bog‘liq vazifalar, shuningdek bank rahbari 
vaqtincha ishda bo‘lmagan vaqtda uning vazifalarini bajarib turish yuklatilishi 
mumkin emas. Bosh buxgalterga bevosita cheklar va boshqa hujjatlar asosida bank 
uchun mablag‘ va tovar-moddiy qimmatliklarni qabul qilish taqiqlanadi. 
Bosh buxgalter vaqtincha ishda bo‘lmagan vaqtda (xizmat safari, ta’til, 
kasallik va shu kabilar) bosh buxgalterning huquq va majburiyatlari uning 
o‘rinbosariga, o‘rinbosar ham ishda bo‘lmagan taqdirda, bank rahbarining alohida 
buyrug‘i asosida boshqa mansabdor shaxsga yuklatiladi.
O‘zbekiston 
Respublikasining 
Mehnat 
kodeksi 
va 
O‘zbekiston 
Respublikasining "Banklar va bank faoliyati to‘g‘risida"gi Qonunining 20-
moddasiga muvofiq, bank xizmatchisi bank Boshqaruvining roziligiga ko‘ra 
boshqa joyda o‘rindoshlik asosida ishlashi mumkin. 


72 

Yüklə 1,6 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   110




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin