III-bob bo’yicha o’z bilimini tekshirishga doir nazorat savollari
1. O‘zbekiston Respublikasi bank tizimini huquqiy asoslari.
2. O‘zbekiston Respublikasi bank tizimini shakllanishi.
3. O‘zbekiston Respublikasi bank tizimining rivollanish bosqichlari.
4. Ikki va uch pog’onali bank tizimi.
5. “O‘zbekiston Respublikasining Markaziy banki to‘g‘risida” gi q‘onuni.
6. Markaziy bankning maqsadi funksiyalari
.
7. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki hukumatning xazina vakili
sifatida
8. Tijorat banklari faoliyatini boshqarish va nazorat qilish.
55
IV-Bob. Bank operatsion apparatining tashkil etilishi
Reja:
4.1. Banklarda buxgalteriya hisobini mazmuni va operatsion apparatni
tashkil etishning ahamiyati.
4.2. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki, tijorat banklari
buxgalteriya hisobining hisobvaraqalar rejalari va ularning tavsifi.
4.1. Banklarda buxgalteriya hisobini mazmuni va operatsion
apparatni tashkil etishning ahamiyati.
Banklarda buxgalteriya hisobining yuritilishi, hisob-operatsion ishlarining
to‘g‘ri tashkil etilishi va samarali nazoratning joriy etilishi bank vazifalarini to‘liq
bajarishini, investorlar, kreditorlar, hukumat muassasalari, vazirliklar va mijozlar,
shuningdek, bank aksiyadorlari uchun zarur axborotlar olish va qarorlar qabul
qilish imkoniyatini ta’minlaydi.
Banklarda moliyaviy resurslarni shakllantirish va ularni joylashtirish
jarayonida vujudga keladigan iqtisodiy munosabatlarni hisob varaqlarda aks
ettirish va buxgalteriya hisobotlarini tuzish bank buxgalteriya hisobining predmeti
hisoblanadi.
Banklarning aktivlari, majburiyatlari, kapitali, zahirasi, daromad va
xarajatlari, foyda va zararlari hamda ularning harakati bilan bog‘liq operatsiyalari
bank buxgalteriya hisobining ob’ekti hisoblanadi.
O‘zbekiston banklarida buxgalteriya hisobini tashkil etish, yuritish va
tegishli me’yoriy hujjatlarni ishlab chiqish va joriy etish O‘zbekiston
Respublikasining “Buxgalteriya hisobi to‘g‘risida”gi Qonunning 5–moddasiga
asosan O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankiga yuklatilgan. Markaziy bank
“O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki” to‘g‘risidagi qonunga muvofiq
samarali to‘lov tizimini tashkil etish va banklarda buxgalteriya hisobi hamda
hisobotlarini aniqlash huquqiga ega.
56
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki banklarda buxgalteriya hisobini
samarali tashkil etish, banklar orqali amalga oshirilayotgan operatsiyalarning
haqqoniyligini ta’minlash maqsadida respublika Markaziy banki va uning hududiy
bosh boshqarmalarida tegishli tarkibiy tuzilmalarga ega. Shuningdek, respublika
tijorat banklari tarkibiy tuzilmalarida buxgalteriya hisobini tashkil etish, nazoratini
amalga oshirish va amaliyotga joriy qilish bo‘yicha mas’ul boshqarma va bo‘limlar
faoliyat ko‘rsatadi.
O‘zbekiston bank tizimida buxgalteriya hisobini tashkil etish va amalga
oshirish to‘liq avtomatlashtirilgan elektron to‘lov tizimiga o‘tkazilgan, mazkur
vazifalarni amalga oshirish Markaziy bank va uning hududiy Bosh boshqarmalari
tarkibida tashkil etilgan Axborotlashtirish bosh markazi va uning hududiy
bo‘linmalari zimmasiga yuklatilgan.
Iqtisodiyotning boshqa tarmoqlaridagi kabi, banklar buxgalteriya hisobining
asosiy maqsadi undan foydalanuvchilarni o‘z vaqtida to‘liq hamda aniq moliyaviy
va boshqa buxgalteriya axboroti bilan ta’minlashdan iboratdir. Ushbu maqsadni
amalga oshirishda bank buxgalteriya hisobi quyidagi funksiyalarni bajaradi:
–hukumatni iqtisodiyot tarmoqlari o‘rtasida pul oqimlari ustidan monitoring
o‘tkazish va ijtimoiy–iqtisodiy ahamiyatiga ega bo‘lgan qarorlarni qabul qilish
uchun zarur bo‘lgan ma’lumotlar bilan ta’minlash;
–xalqaro moliya tashkilotlari, investorlar va xorijiy hamkorlarni banklarning
faoliyati va moliyaviy holati bo‘yicha ma’lumotlarga bo‘lgan ehtiyojini qondirish;
–Markaziy bankning mamlakat pul tizimi, pul o‘tkazmalari ustidan nazorat
qilish, monetar siyosatni amalga oshirish uchun zarur bo‘lgan ma’lumotlar bilan
ta’minlash;
–tijorat banklari boshqaruv kengashi va aksiyadorlari, investorlari va
mijozlar uchun qarorlar qabul qilish va zarur axborotlarni olish imkoniyatini
yaratish va boshqa maqsadlarni o‘z ichiga oladi.
Markaziy bank va tijorat banklari buxgalteriya hisobini yuritishda quyidagi
masalalarga e’tibor qaratiladi:
57
- hisob–kitob, kassa, valyuta, kredit hamda boshqa bank operatsiyalarini
to‘g‘ri bajarish hamda ularni buxgalteriya hisobi va hisobotida o‘z vaqtida va aniq
aks ettirish;
- bank aktivlari, majburiyatlari, daromadlari va xarajatlari hamda kapitali
holati va ulardagi o‘zgarishlar to‘g‘risida ishonchli ma’lumotlar to‘plash;
- bankning moliyaviy holati, moliyaviy holatidagi o‘zgarishlar va moliyaviy
natijalari to‘g‘risidagi va bank rahbariyati faoliyatiga baho beruvchi moliyaviy
hisobotlarni tuzish uchun xizmat qiluvchi axborotlar tizimini yaratish;
- bank ish kuni tartibiga qat’iy rioya qilish, mijozlarga tez va aniq xizmat
ko‘rsatish;
- hisob–kitoblardagi mablag‘lar aylanishini tezlashtirish;
- bankdan chiqayotgan hujjatlarni tegishli tarzda rasmiylashtirish va buning
natijasida ulardan foydalanishni osonlashtirish, shuningdek, boshqa banklarda
ushbu hujjatlar bilan operatsiyalar bajarilishini hamda ular tomonidan xizmat
ko‘rsatuvchi mijozlarning operatsiyalari hisobini yuritishni belgilangan talablarga
muvofiqlashtirishni tashkil etish;
- bankdagi pul mablag‘lari, moddiy qimmatliklar, shuningdek, qat’iy hisobda
turuvchi blankalar kamomadi yoki ortiqchaligiga yo‘l qo‘ymaslik hamda
belgilangan tartibda ularning saqlanishini tashkil etish;
- operatsiyalarning qonuniyligi hamda to‘g‘riligini doimiy ichki nazorat va
auditdan o‘tkazish, ularning natijalari bo‘yicha ma’lumotnomalar tuzish va
rasmiylashtirish imkoniyatini yaratish;
- pul–to‘lov hujjatlari asosida amalga oshiriladigan to‘lovlar va pul
o‘tkazmalarning iqtisodiy xafsizligi hamda qonuniyligini ta’minlash;
- zamonaviy kompyuter texnikasi vositalaridan foydalangan holda bank
operatsiyalari hisobini dasturiy amalga oshirish, hisob ishlarini yuritish hamda
hisobotlar tuzishda mehnat va mablag‘ sarfini qisqartirish kabi masalalar shular
jumlasidandir.
Banklarning moliyaviy mablag‘larini vujudga kelish manbalari va ularning
joylashtirilishi buxgalteriya balansida aks ettiriladi. Bankning balansi aktiv va
58
passiv qismdan tashkil topgan ikki tomonning o‘zaro tengligidir. Bank balansining
passivida moliyaviy mablag‘larning vujudga kelish manbalari, uning aktivida esa
moliyaviy resurslarning tegishli maqsadlarga joylashtirilishi aks etadi.
Buxgalteriya hisobi va hisobotini tashkil etishni bank filiali (bundan keyingi
o‘rinlarda bank deb yuritiladi) rahbari amalga oshiradi. Buxgalteriya apparatiga
bankning bosh buxgalteri rahbarlik qiladi. U Bank tizimining bosh buxgalterlari
to‘g‘risidagi namunaviy nizom asosida ish olib boradi. Bosh buxgalter bo‘lmagan
vaqtda uning vazifalarini bosh buxgalter o‘rinbosari bajaradi. Banklarda
buxgalteriya ishlarini yuritish uchun buxgalteriya apparati tuziladi. Bank
buxgalteriya apparatiga shartnoma asosida chetdan jalb qilingan buxgalterlar yoki
buxgalteriya firmasi xodimlarining kiritilishi qat’iyan taqiqlanadi.
Bank buxgalteriya apparatining tashkiliy tuzilishi va unda tashkil etiladigan
bo‘limlar soni amalga oshiriladigan operatsiyalar hajmiga va ularning
avtomatlashtirilganlik darajasiga bog‘liq bo‘ladi.
Ish hajmi kichik banklarda buxgalteriya apparati bankning yaxlit bo‘linmasi
sifatida faoliyat yuritishi mumkin. Bunda banklararo hisob-kitoblar, chet el
valyutasi bo‘yicha operatsiyalar va bankning ichki hisobvaraqlari bo‘yicha
operatsiyalarning hisobini yuritish maxsus bo‘limlarga topshirilishi mumkin.
Ish hajmi katta banklarda buxgalteriya apparati ushbu Yo‘riqnoma
talablarini hisobga olgan holda tashkil etilishi lozim. SHuningdek, barcha
operatsiyalar mas’ul ijrochi buxgalterlar tomonidan dastlabki va nazoratchi
buxgalterlar tomonidan joriy nazoratdan o‘tishini ta’minlash maqsadida ish
hajmidan kelib chiqqan holda mas’ul ijrochi va nazoratchilar soni o‘rtasida
mutanosiblik saqlanishi lozim.
Buxgalteriya apparati xodimlarining aniq vazifalari bosh buxgalter
tomonidan belgilab beriladi va bank rahbari tomonidan tasdiqlanadi.
Mas’ul ijrochi va nazoratchi buxgalterlar zimmasiga muayyan
hisobvaraqlarni yuritish yoki alohida operatsiyalarni amalga oshirish ishlari
yuklatiladi. Hisobvaraqlar xodimlar o‘rtasida bank ichki tartib qoidalari asosida
59
operatsiyalar hajmi, mijozlar turi va boshqa xususiyatlardan kelib chiqqan holda
taqsimlanadi.
Bank bosh buxgalteri muhrlar, shtamplar va blanklarni ularning yo‘qolishiga
yoki boshqa maqsadlarda ishlatilishiga yo‘l qo‘yilmaydigan tarzda saqlanishi
hamda foydalanishi ustidan nazoratni ta’minlashi shart. Bank muhrlari va bur
chakli shtamplarining hisobi ularni saqlayotgan shaxs familiyasi va lavozimi
ko‘rsatilgan maxsus daftarda yuritiladi. Daftar varaqlari raqamlangan, bog‘langan
va bank muhri, bank rahbari hamda bosh buxgalterining imzolari bilan
tasdiqlangan bo‘lishi va bank rahbarining yozma farmoyishi bilan tayinlangan va
qimmatliklar bilan operatsiyalar olib borishdan ozod etilgan shaxs tomonidan
yuritilishi lozim.
Bank xodimlarining ish joylari shunday joylashtirilgan bo‘lishi kerakki,
bunda mijozlar va boshqa begona shaxslarning bankning muhrlari, shtamplari,
hujjatlari va blanklarini olishlariga imkon bo‘lmasligi lozim.
Xodim mehnat ta’tiliga chiqqan, kasal bo‘lib qolgan yoki boshqa sabablarga
ko‘ra ishda bo‘lmagan hollarda unga biriktirilgan hisobvaraqlar hamda uning
vazifalari muhr va shtamplar bilan birgalikda boshqa xodimga topshiriladi va bu
haqda maxsus daftarda tegishli yozuvlar qayd etiladi.
Bosh buxgalter zimmasiga umumiy nazoratni tashkil etish hamda har kuni
buxgalteriya va kassa ishlarining barcha bo‘g‘inlarida o‘rnatilgan tartibga amal
qilinishini kuzatib borish yuklatiladi. SHuningdek, bank bosh buxgalteriga bosh va
yordamchi kitoblarda operatsiyalarni qayd etish, tegishli buxgalteriya hisobi
hisobotlarini dasturiy ravishda tuzish ishlariga rahbarlik qilish yuklatiladi. Bank
bosh buxgalteri ishda bo‘lmagan vaqtda, ushbu vazifalar bank rahbarining
buyrug‘iga ko‘ra uning o‘pinbosapiga topshiriladi.
Mijozlarning bank xodimlarining xatti-harakatlari ustidan shikoyatlari
hamda boshqa murojaatlari amaldagi qonun hujjatlariga muvofiq qabul qilinadi va
ko‘rib chiqiladi. Murojaat qilish tartibi e’lonlar osib qo‘yish yo‘li bilan mijozlarga
ma’lum qilinishi lozim.
60
Bank rahbari buxgalteriya ishi holatini umumiy kuzatish bilan bir qatorda
balans va boshqa hisobotlarni o‘z vaqtida tuzilishini tekshirib borishi, mijozlarga
o‘z vaqtida va sifatli xizmat ko‘rsatilishini muntazam nazorat qilib turishi shart.
Tarkibiy tuzilmasi Front-ofis va Bek-ofis sifatida tashkil etilgan banklarning
buxgalteriya apparati shu tarkibiy tuzilmalarga mos ravishda tashkil etilishi
mumkin. Buxgalteriya apparatini Front-ofis va Bek-ofisga ajratish zaruriyati
yuzasidan sharhlar 7-ilovada keltirilgan.
Front-ofis va Bek-ofis xodimlarining aniq vazifalari mos ravishda Front-ofis
va Bek-ofis boshliqlari tomonidan belgilab beriladi va bank rahbari tomonidan
tasdiqlanadi.
Bank xizmatlari ofislarida buxgalteriya hisobi mavjud ish hajmidan kelib
chiqqan holda tashkil etilishi lozim.
Bank xizmatlari ofislarida dastlabki nazoratni o‘tkazish uchun mas’ul ijrochi
buxgalter shtati bilan ta’minlangan bo‘lishi lozim. Joriy nazorat bank xizmatlari
ofisi buxgalteriyasi boshlig‘i tomonidan (bundan buyon matnda etakchi buxgalter
deb yuritiladi) amalga oshiriladi.
Bank xizmatlari ofislaridan o‘tkaziladigan to‘lovlar joriy nazoratdan
o‘tkazilganidan so‘ng amalga oshiriladi. Bunda to‘lovlar joriy nazoratdan
o‘tkazilganligi bank filialining Bek-ofisi boshlig‘i yoki Bosh buxgalteri tomonidan
tasdiqlanishi talab etilmaydi.
Bank xizmatlari ofislari ularda amalga oshirilgan operatsiya va o‘tkazilgan
to‘lovlarning nazoratini ta’minlash maqsadida, operatsiyalarga va (yoki)
to‘lovlarga asos bo‘lgan hujjatlar, shu jumladan pul-hisob-kitob hujjatlarining
elektron nusxasini bankka (filialga) taqdim etishi mumkin.
Bank xizmatlari ofislarida bank ish kuni davomida amalga oshirilgan
operatsiyalarga asos bo‘lgan pul hisob-kitob hujjatlari belgilangan tartibda yakuniy
nazoratdan o‘tkazilishi lozim.
Bank xizmatlari ofislarida kunlik buxgalteriya hujjatlari yig‘majildi
belgilangan tartibda shakllantirilishi va saqlanishi yoki shakllantirilgan kunlik
buxgalteriya hujjatlari yig‘majildi saqlash uchun davriy ravishda, lekin bir oyda
61
kamida bir marotaba bank xizmatlari ofisini tashkil etgan bankka (filialga)
etkazilishi lozim. Mazkur holat bankning ichki qoidalarida (hujjatlarida) aniq
ko‘rsatilishi lozim. Ushbu qoidalarga qat’iy rioya qilish imkoniyati mavjud bo‘lgan
banklar (filial) bank xizmatlari ofislari ochishi mumkin.
Bank rahbari va bosh buxgalteri o‘zlariga qarashli bo‘lgan minibanklarda
buxgalteriya ishlarini to‘g‘ri tashkil qilish va bank operatsiyalarini aniq va o‘z
vaqtida bajarilishi ustidan doimiy nazorat o‘rnatishlari lozim.
Buxgalteriya xodimlarining ish kuni shunday tashkil etilishi kerakki, bunda
bank tomonidan amaliyot kuni davomida ijroga qabul qilingan pul hisob-kitob
hujjatlari dastlabki va joriy nazoratdan o‘tkazilib, ular o‘z vaqtida ijro etilishi,
ya’ni hisobvaraqlar bo‘yicha operatsiyalar buxgalteriya hisobida aks ettirilib,
kunlik balans hisoboti tuzilishi hamda keyingi bank ish kunidan kechiktirmasdan
bajarilgan barcha operatsiyalar yakuniy nazoratdan o‘tkazilishi shart, bundan bank
hisobvaraqlariga masofadan xizmat ko‘rsatish tizimlari orqali amalga oshirilgan
operatsiyalar mustasno.
Har bir bank quyida keltirilgan talablarga rioya qilgan holda, amaliyot kuni
davomida mijozlarga xizmat ko‘rsatish va hujjatlar aylanish tartibini mustaqil
belgilaydi:
- banklar yangi ish kunini O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankning
Hisob-kitob markazi (bundan keyingi o‘rinlarda HKM deb yuritiladi)da ochilgan
tashqi ("21302-Rezident bankning vakillik hisobvarag‘i") vakillik hisobvarag‘ining
kun boshiga aylanma va qoldiq summalarini, o‘zlarining ichki ("10301-Markaziy
bankdagi vakillik hisobvarag‘i") vakillik hisobvarag‘ining aylanma va qoldiq
summalari bilan mosligini tekshirish bilan boshlashadi. Ichki va tashqi vakillik
hisobvarag‘i aylanma va qoldiq summalarini mosligini tasdiqlash uchun HKM ga
elektron fayl yuboradi;
- HKM tijorat banklari yuborgan elektron faylni qabul qilib oladi va bankning
tashqi va ichki vakillik hisobvaraq qoldiq summalarini dasturiy ravishda
taqqoslaydi hamda ularni mosligini tasdiqlab banklarga qaytaradi. Vakillik
hisobvaraqlar qoldiq summalari mos kelmasa, mavjud farq bartaraf etilmaguncha
62
bank amaliyot kuni ochilmaydi hamda banklararo to‘lovlarni amalga oshirishga
ruxsat etilmaydi;
- HKM dan tasdiq (W-fayl) olgandan so‘ng, banklarga banklararo to‘lovlarni
amalga oshirish uchun ruxsat beriladi;
- filiallari mavjud bank filiallariga "To‘lov markazi"da ochilgan tashqi
("22204-Bosh bank-filiallarga to‘lanadigan mablag‘lar") va filiallarda ochilgan
("16103-Bosh bank/filiallardan filiallararo va banklararo hisob-kitoblar bo‘yicha
olinadigan mablag‘lar") ichki vakillik hisobvaraqlar qoldiq summasini mosligini
tasdiqlash Bosh bank tomonidan amalga oshiriladi. Filiallar ichki vakillik
hisobvarag‘i (16103) va "To‘lov markazi"da ochilgan tashqi (22204) vakillik
hisobvarag‘i o‘rtasida farq mavjud bo‘lsa, ushbu filialga uni bartaraf etmaguncha
filiallararo va banklararo to‘lovlarni amalga oshirish va yangi kunga o‘tib
ishlashga ruxsat etilmaydi;
- filiallararo va ichki to‘lovlarni o‘tkazish uchun bank o‘z mijozlaridan to‘lov
hujjatlarini qabul qilish vaqtini o‘zi mustaqil ravishda belgilaydi. Filiallararo
to‘lovlarga bir bank filiallari o‘rtasidagi to‘lovlar, ichki to‘lovlarga kassa amallari,
to‘lanishi va olinishi lozim bo‘lgan foizlar hisobini hisoblash hamda xodimlarga
ish haqi hisoblash va shunga o‘xshash amallar kiradi;
- banklararo to‘lovlar bo‘yicha banklar mijozlaridan bank amaliyot kuni
davomida (qog‘oz shakldagi to‘lov hujjatlari uchun soat 16-00 gacha) qabul
qilingan to‘lov hujjatlari bo‘yicha buxgalteriya o‘tkazmalarini banklararo to‘lovlar
vaqti tugagunga qadar HKMga etkazib berishlari kerak, aks holda banklararo
to‘lovlar amalga oshirilmaydi. Bank aybi bilan amalga oshmay qolgan hujjat
bo‘yicha bank javobgar hisoblanadi, bundan bankka taalluqli bo‘lmagan tashqi
omillar mustasno;
- HKM banklarga banklararo to‘lovlar tugaganligi to‘g‘risida ma’lumotni
(END fayl) jo‘natadi, shundan so‘ng shu amaliyot kuni uchun banklar o‘rtasida
banklararo to‘lovlar to‘xtatiladi. Banklar bank ish kuni yakunlangandan so‘ng,
lekin keyingi bank ish kuni soat 10-00 dan kechiktirmagan holda Markaziy bankka
elektron balans (0106BS) hisobotini jo‘natadilar.
63
Banklarda ish kuni bank operatsiyalari buxgalteriya hisobotida to‘liq aks
ettirilib, kunlik balans hisoboti tahlil qilinib, bank filiali rahbari hamda bosh
buxgalteri tomonidan imzolangandan so‘ng yakunlanadi.
Dostları ilə paylaş: |