64
metodologik asoslarini belgilab beradi. Tijorat banklari tomonidan buxgalteriya
hisobi ular O‘zbekiston Rsspublikasi qonunchiligida belgilangan tartibda yuridik
shaxs sifatida ro‘yxatdan o‘tkazilgan vaqtdan boshlab qayta tashkil etilgunga yoki
tugatilgunga qadar uzluksiz ravishda yuritiladi.
Tijorat banklari bank operatsiyalarini amalga oshirishda va ularni
buxgalteriya hisobida aks ettirishda Markaziy bankning me’yoriy
hujjatlariga va
amaldagi qonunchilikka qat’iy rioya qilishlari lozim. Mazkur hisobvaraqlar rejasi
bank operatsiyalarining buxgalteriya hisobini aks ettirish uchun asos bo‘lib xizmat
qiladi.
Hisobvaraqlar rejasi bank operatsiyalarining hisobini yuritish, tahlil qilish,
guruhlash va ularga doir hisobotlarni tuzishda qo‘llanadigan Bosh kitob
hisobvaraqlarini ro‘yxatidan iboratdir. Xatolarni to‘g‘rilash
va hisob siyosatidagi
o‘zgarishlar bo‘yicha tuzatishlar kiritishda, hisobvaraqlarning ta’riflarida ko‘zda
tutilmagan bo‘lsa ham hisobvaraqlarning debet va kreditlari bo‘yicha tuzatish
o‘tkazmalari berishga ruxsat beriladi.
Tijorat banklarining hisobvaraqlar rejasi buxgalteriya hisobining ko‘p
valyutali tizimiga asoslangan bo‘lib, chet el valyutasidagi operatsiyalarning hisobi
yuritilishi mumkin bo‘lgan barcha hisobvaraqlarda xorijiy valyutadagi
operatsiyalar hisobini aks ettirish imkonini beradi. Har bir valyuta turi bo‘yicha
sintetik hisobni yuritish uchun alohida Bosh kitob, analitik hisobni yuritish uchun
esa Yordamchi kitoblar ochiladi. Har bir valyuta bo‘yicha YOrdamchi kitoblardagi
summalar yig‘indisi Bosh kitoblarning tegishli balans hisobvaraqlaridagi summalar
yig‘indisiga mos kelishi kerak. Bank tomonidan amalga
oshiriladigan har bir
operatsiya tegishli valyuta turi bo‘yicha Bosh va Yordamchi kitoblarda ro‘yxatga
olinishi kerak. Hisobot sanasida Bosh kitoblarning xorijiy valyutalar bo‘yicha jami
summalari milliy valyutaga o‘tkaziladi va hisobot davri davomida amalga
oshirilgan barcha operatsiyalar bo‘yicha bankning jamlanma balansi tuziladi.
Hisobvaraqlarni kodlashtirish quyidagi maqsadlar uchun ishlab chiqilgan:
- hisobvaraqlarning Bosh va Yordachi kitoblarda joylanishini engillashtirish;
- hisobvaraqlarni bir tizimda tasniflash va guruhlashga yordam berish;
65
- hisob jarayonlarini avtomatlashtirishni engillashtirish;
- operatsiyalar yozuvini tezlashtirish.
Balans hisobvaraqlarining Bosh kitobda kodlashtirilish tizimi quyidagi
sxema bo‘yicha beshta belgidan iboratligi qabul qilingan:
Dostları ilə paylaş: