Bank hisobi, tahlil va audit


Bosh buxgalterning vazifalari, huquqlari va javobgarligi



Yüklə 1,6 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə20/110
tarix09.06.2023
ölçüsü1,6 Mb.
#127899
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   110
d492f317fa67748a9145e54faeb12913 BANK HISOBI, TAHLIL VA AUDIT Darslik

5.2. Bosh buxgalterning vazifalari, huquqlari va javobgarligi 
 
O‘zbekiston Respublikasida Bank bosh buxgalterining vazifalari, huquqlari 
va javobgarligi “Bank tizimining bosh buxgalterlari to‘g‘risida” gi
namunaviy 
nizom asosiga tartibga solinadi va belgilanadi.
O‘zbekiston Respublikasi banklari 
(filiallari)ning bosh buxgalterlariga taalluqli bo‘lib, bosh buxgalterlarning 
vazifalari, huquqlari va mas’uliyatini belgilaydi.
O‘zbekiston Respublikasining "Buxgalteriya hisobi to‘g‘risida"gi qonuniga 
muvofiq, banklarda buxgalteriya hisobi va hisobotini tashkil etish uchun bank 
rahbari javobgar hisoblanadi hamda u buxgalteriya hisobi to‘g‘ri yuritilishi uchun 
zarur shart-sharoitlar yaratishi lozim.
Bosh 
buxgalterning 
xo‘jalik 
operatsiyalarini 
hujjatlar 
asosida 
rasmiylashtirish va ularni buxgalteriya hisobi xizmatiga taqdim etish bo‘yicha 
talablari bankning barcha xodimlari uchun majburiydir. Bank rahbari bankning 
barcha bo‘linmalari, xizmatlari va hisobni yuritishga aloqador xodimlari 
tomonidan mazkur talablarga rioya etilishini ta’minlashi shart. 
Bosh buxgalter bankda buxgalteriya hisobini to‘g‘ri tashkil etilishini hamda 
Bank Kengashi tomonidan tasdiqlangan Hisob siyosatini amalga oshirilishini 
ta’minlaydi. Zarur hollarda Hisob siyosatiga tegishli o‘zgartirishlar kiritish 
bo‘yicha takliflar kiritadi.
Bankning bosh buxgalteri bank rahbarining buyrug‘i bilan tayinlanadi va 
ozod qilinadi. Filiallari mavjud banklarda filial bosh buxgalteri lavozimiga 
tayinlash va lavozimidan ozod qilish bank boshqaruvi raisi yoki uning o‘rinbosari 
tomonidan, Buxgalteriya hisobi va hisoboti departamenti direktori (boshqarma 
boshlig‘i) bilan kelishilgan holda tayinlanadi. Shuningdek, u bevosita bank 
rahbariga, buxgalteriya hisobini tashkil etish, hisobotlar tuzish, nazorat qilish 
tartibi va metodikasi bilan bog‘liq masalalar bo‘yicha esa, bevosita Bosh bank 
Buxgalteriya hisobi va hisoboti departamenti direktori (boshqarma boshlig‘i)ga 
bo‘ysunadi.


73 
Bank bosh buxgalteri boshchilik qiladigan buxgalteriya hisobi bo‘limi 
mustaqil tarkibiy bo‘linma bo‘lib hisoblanadi va boshqa biron-bir bo‘linma 
tarkibiga kirmasligi lozim. Buxgalteriyaning barcha xodimlari, shu jumladan bosh 
buxgalter o‘rinbosari va bankdan tashqarida joylashgan kassir va nazoratchilar 
bosh buxgalterga bo‘ysunadilar.

Yüklə 1,6 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   110




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin