108
1. Risksiz, ya’ni risk darajasi nolga teng bo’lgan aktivlar. Bunday aktivlarga
kassadagi pul mablag’lari, Markaziy bankdagi «Nostro» vakillik hisob varag’idagi
mablag’lar, hukumatning qisqa muddatli qimmatli qog’ozlari, Markaziy bankka
kayta hisobga olinadigan trattalar kiradi.
2. Risk darajasi 10 % ga teng bo’lgan aktivlar:
Bunday aktivlarga hukumatning uzoq muddatli qimmatli qog’ozlari, hukumat
tomonidan kafolatlangan obligatsiyalar kiradi.
Ushbu qimmatli qog’ozlar bo’yicha to’lov summasi kafolatlangan.
Lekin
uzoq muddat davr mobaynida qimmatli qog’ozlar bozorida kurs oshishi mumkin.
Bunday sharoitda hukumatning uzoq muddatli qimmatli qog’ozlarining
daromadlilik darajasi pasayadi.
3. Risk darajasi 20 % ga teng bo’lgan aktivlar:
Bunday aktivlar toifasiga bankning boshqa banklardagi “Nostro” vakillik
hisobvarig’ining qoldig’i, inkassatsiya jarayoniga qo’yilgan pul mablag’lari kiradi.
4. Risk darajasi 50 % ga teng bo’lgan aktivlar:
Bunga ipoteka bilan ta’minlangan ssudalar, boshqa bankning qimmatli qog’ozlari
kiradi. Bo’larga 50 % risk darajasini berilishiga sabab, banklar boshqa tijorat
strukturalariga nisbatan yuqori likvidlik va to’lovga qobillikka ega bo’lgan
muassasalar hisoblanadi. Shu sababli ularga korxona va tashkilotlarning qimmatli
qog’ozlariga qaraganda past risk beriladi.
5. Risk darajasi 100 % ga teng bo’lgan aktivlar:
Bunday aktivlar toifasiga korxona va tashkilotlarning qimmatli qog’ozlari,
mijozlarga berilgan ssudalar, bankning asosiy vositalari kabi aktivlar kiradi.
Aktivlarning risklilik darajasi inobatga olingan miqdoridan bank bank
kapitalining yetarlilik darajasini aniqlashda foydalaniladi.
Mijozlarga berilgan ssudalarga 2 xil risk uchraydi: a)
kreditni qaytmaslik
riski; b) foiz riski.
Bank aktivlarining barchasi riskga moildir. Ushbu risklarni aniqlash va
mavjud bank to’g’risidagi qonunchiligidan hamda har bir bankning o’zining olib
borayotgan siyosatidan kelib chiqib ushbu risklarni me’yorida saqlashni ta’minlash
109
kerak. Bank aktivlarining tarkibini o’rganib olinadigan natijaga qarab turli xil
risklarni tahlil qilish mumkin. Foiz riskini aktivlarning tuzilishiga qarab,
daromadliligiga qarab aniqlash mumkin. Ammo bank ishida asosiy risk bu aniq
operatsiyalar bo’yicha mablag’larni yo’qotishdir.
Shuning uchun ham ushbu
risklarni kamaytirish uchun aktivlarning tuzilishini chuqur o’rganishga to’g’ri
keladi.
Bank aktivlari birinchi navbatda qisqa muddatli kelajakni nazarda tutadi va
har kungi bank balansini boshqarish ishi bilan bog’liqdir. U bank faoliyatida
daromadni oshirish va risklarni chegaralashga yo’naltirilgan. Shuning uchun
aktivlarni boshqarishning moliyaviy jihatdan asosiy maqsadi:
- uning daromadini oshirish;
- faoliyatidagi risklarni pasaytirish.
Shuningdek, u uzoq muddatli strategik rejalashtirishda ham muhim rol
uynaydi. Bank aktivlarini tahlil qilish uchun muammoli kreditlarni tasniflash
asosida berilgan ssudalar va boshqa aktivlarni baholash zarur.
Aktivlarni
andozaviy, shubhali va zarar keltiradigan turlariga tasniflash tizimi barcha aktivlar
reytingini miqdor jihatdan aniqlash, shuningdek, kreditlardan zarar ko’rish
hollariga mo’ljallangan zahiralar yetarliligini baholash imkonini beradi. Asosan
uzoq muddatli ssudalar, naqd pullar
va vakillik hisobvaraklari, ssuda va boshqa
aktivlar holatiga e’tibor qaratiladi.Bankning aktiv operatsiyalari tahlili
daromadlilik, risk darajasi, likvidlilik nuqtai nazaridan amalga oshirilishi kerak.
Bank taraqqiyoti manbalaridan ma’lumki, bank aktivlari daromadliligi va
likvidliligi bir-biriga qarama-qarshidir.
Likvidlilik va uning daromadliligi o’rtasidagi
aloqadorlik tahlili
likvidlilik ahamiyatining ustunligi to’g’risida xulosa chiqarishga imkon beradi. Bu
mezonning ustunligini hisobga olish natijasi ko’rsatilgan qarama-qarshilikni
muvofiqlash-tirishga va bank faoliyatining asosiy maqsadi bo’lgan foyda olishga
erishishga olib keladi.
Bankning faoliyatida aktivlarning tutgan rolini yana ham mukammalroq
o’rganish uchun quyidagi ko’rsatkichlarni hisoblash muhimdir:
110
- Buerda: tashkilotlar,
korxonalar, jismoniy shaxslar va banklarga berilgan
kreditlar bo’yicha umumiy kredit koldig’ini hisoblash;
- berilgan kreditlarni ularning muddatlari, tarmoqlarga berilishi va ularning
umumiy qarzdagi salmog’i bo’yicha hisoblash;
- ssudalarning o’rtacha foiz stavkalarini hisoblash;
- umumiy ssudalarning ichida muddati o’tgan qarzlarning salmog’i bo’yicha
hisoblash.
- bank tamonidan berilgan eng katta kreditlarning hajmini hisoblash;
- berilgan turli darajadagi kreditlarning Markaziy bank yo’riqnomalariga
javob berishini hisoblash;
- aktivlardan foydalanish samaradorligi;
-
DKAO’S/JAO’S
Bu koeffitsent aktivlarning qancha bo’lagi
foyda
keltirishini ko’rsatadi.
DKAO’S -daromad keltiruvchi aktivlarning o’rtacha summasi
JAO’S -jami aktivlarning o’rtacha summasi
Ushbu ko’rsatkichlar bankning kredit siyosatning mohiyatini ko’rsatib,
bankning aktivlarining maqsadga muvofiq tuzilishini ko’rsatadi, ularning risklilik
darajasini va bankning likvidligiga, daromadliligiga, rentabelligiga ta’sirini
ko’rsatadi.
Aktivlarni risklilik darajasi inobatga olgan holda amalga oshirilgan tahlil,
aktivlar tarkibini boshqarish imkoniyatini beradi, bu esa o’z
navbatida bank
likvidliligi va to’lovga qobiliyatini ta’minlash asos hisoblanadi.
Dostları ilə paylaş: