Bank hisobi, tahlil va audit


 Bank aktivlarini daromadlilik jihatlari tahlili



Yüklə 1,6 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə32/110
tarix09.06.2023
ölçüsü1,6 Mb.
#127899
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   110
d492f317fa67748a9145e54faeb12913 BANK HISOBI, TAHLIL VA AUDIT Darslik

7.2. Bank aktivlarini daromadlilik jihatlari tahlili. 
Bank faoliyatining asosiy pirovard maqsadi daromadni maksimal darajada 
olishdan 
iboratdir. 
Shu 
nuqtai-nazardan 
olganda, 
bank 
aktivlarining 
daromadliligini baholash muhim ahamiyat kasb etadi.
Bank aktivlari faoliyat natijasida daromad keltirishiga qarab; daromad 
keltiradigan aktivlar va daromad keltirmaydigan aktivlarga bo’linadi. Daromad 
keltiruvchi aktivlarni baholash muhim ahamiyatga ega. Ular kredit salohiyatining 
asosini va bankning ssuda portfelini tashkil etadi. Daromad tahlili sifat
ko’rsatkichiga nisbatan miqdor ko’rsatkichiga ko’proq tegishlidir, shu sababdan u 
bank faoliyatini baholashda katta ahamiyatga ega. Bank kapitalini oshirish va 
kredit potentsialini mustahkamlash uning
 
mustahkamligiga bog’liqdir. Bankning 
daromadi, asosan, kreditlar bo’yicha foiz stavkasi, kredit qo’yilmalari hajmi va 
bank likvidliligiga bog’liq.
Bankning daromad keltiradigan aktivlarga: 
- barcha turdagi turli xil kreditlar berishga sarflangan mablag’lar; 
- DQMO va boshqa qimmatbaho qog’ozlarga sarflangan mablag’lar; 
- qimmatli qog’ozlar, lizing va faktoring operatsiyalri va boshqalar kiradi. 
Bank aktivlarining asosiy qismini, odatda mijozlarga beriladigan kreditlar va 
banklararo kreditlar tashkil etadi. Bank amaliyotida bank krediti, bank oladigan 
daromadlarning asosiy qismini ta’minlaydi. Bank krediti iqtisodiyotda kredit 
munosabatlarining keng tarqalgan shakli bo’lib, bunda pul mablag’lari kredit 
ob’ekti bo’lib xizmat qiladi. 
Ma’lumki bankda daromad keltiruvchi aktivlar katorida kreditlardan tashqari
qimmatli qog’ozlar, chet el valyutasiga jalb qilingan mablag’lari ham mavjud. 
Albatta ushbu aktivlarning ham tarkibini o’rganib chiqish muhimdir. Aktivlarning 
maqsadga muvofiq joylashishi bo’yicha umumiy ko’rsatgich bu daromad 
keltiruvchi aktivlarning umumiy aktivlar summasiga nisbati bilan aniqlanadi. 
Bankning daromad keltiruvchi asosiy aktivlari bu mijozlarga berilgan kreditlardir. 
Bankning ikkinchi daromad keltiruvchi aktiv turi bu davlatning qisqa muddatli 
obligatsiyalari (DQMO)ga jalb qilingan aktivlardir. Banklarning daromad kelti-


103 
ruvchi aktivlari qatorida banklararo kreditlar va investitsiyalar kichik salmoqni 
tashkil qiladi. 
Bankining aktiv operatsiyalarida daromad keltiruvchi aktivlarni ko’paytirish, 
ya’ni bank likvidligini saqlagan holda aktivlarning qolgan qismini daromad 
keltirish uchun joylash muhim ahamiyat kasb etadi. Daromad keltiruvchi 
aktivlarning asosiy daromad tarkibi foizli daromadlardir. Foizli daromad manbai 
kreditlarni bir soha yoki tarmoqqa emas balki bir nechta tarmoqqa joylashtirish 
kerak. Banklarda daromadlar tarkibini ko’paytirish uchun bank
daromad 
keltiruvchi xizmatlar turini ko’paytirish kerak. 

Yüklə 1,6 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   110




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin