Bank hisobi, tahlil va audit


 Tijorat banklarining tashkil topishi va rivojlanishi



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə11/112
tarix14.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#177084
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   112
bank-hisobi-tahlil-va-audit-darslik

2.2. Tijorat banklarining tashkil topishi va rivojlanishi 
Dastlabki banklar qachon va qanday paydo bo‘lganligini aniqlash ancha 
qiyinchilik tug‘diradi. Gap shundaki, hozirgi davr banklar faoliyati xususiyatidan 


30 
kelib chiqib turlicha bo‘lgan operatsiyalarni bajaruvchi universal moliyaviy 
tashkilotlarni o‘zida namoyon qiladi. 
Banklar faoliyatining eng “qadimgi” operatsiyalari bo‘lib, pullarni saqlab 
berish bo‘yicha operatsiyalar hisoblanadi. Ma’lumki, eng qadimgi davlatlarda ham 
omonatlarni qabul qilish operatsiyalari mavjud bo‘lgan. Ilk bor bunday ish bilan 
ma’lum obro‘ga va ishonchga ega bo‘lgan puldor shaxslar, Evropa mamlakatlarida 
cherkov muassasalari shug‘ullanganlar. Masalan, mashhur grek ehromlari 
(masalan, Delfiya, Efes ehromlari) bir paytning o‘zida o‘ziga xos bank 
muassasalari bo‘lib xizmat qilgan. Yillar o‘tishi bilan o‘sha qadimgi davrlardan 
boshlab, ayrim hollarda qo‘yilgan pul yoki mulk bo‘yicha foizlar ham hisoblangan. 
Banklarning kelib chiqishiga bag‘ishlangan mavjud adabiyotlarning tahlili shuni 
ko‘rsatadiki, banklarning paydo bo‘lishining asosiy yoki boshlang‘ich zamini 
birinchidan, pul mablag‘larini saqlab berish bo‘lsa, ikkinchidan, pul mablag‘larini 
almashtirib berishdan iborat ekanligini ko‘rishimiz mumkin. 
Tarixiy taraqqiyot davomida banklar mablag‘larni yig‘ish, saqlab berish, 
kredit-hisob va boshqa turli xil vositachilik operatsiyalarini bajarib kelganliklari 
sabab, banklar kredit muassasa bo‘lib, foyda olish maqsadida bank barcha risklarni 
o‘ziga qabul qilgan holda operatsiyalarini amalga oshiradi. O‘zbekiston 
Respublikasining 1996 yil 26 aprelda qabul qilingan “Banklar va bank faoliyati 
to‘g‘risida»gi qonunining 1-moddasiga asosan “Bank
 
-tijorat tashkiloti bo‘lib, 
bank faoliyati deb hisoblanadigan quyidagi faoliyat turlari majmuini amalga 
oshiradigan, ya’ni: 
-yuridik va jismoniy shaxslardan omonatlar qabul qilish hamda qabul 
qilingan mablag‘lardan tavakkal qilib kredit berish yoki investitsiyalash uchun 
foydalanish; 
-to‘lovlarni amalga oshirish bilan shug‘ullanuvchi yuridik shaxsdir. 
Demak, bank barcha riskni o‘z zimmasiga olib, yuridik va jismoniy 
shaxslarning pul mablag‘larini jalb qilib, bank resurslarini tashkil qilgan holda, bu 
mablag‘larni muddatida qaytarib berish, to‘lov va ta’minlash shartlari asosida o‘z 


31 
nomidan ularni joylashtiradi hamda yuridik va jismoniy shaxslar o‘rtasidagi hisob-
kitob va vositachilik operatsiyalarini olib boruvchi kredit muassasa hisoblanadi. 
Ba’zi adabiyotlarda «bank-bu korxona», deb ham izoh beriladi. Ma’lumki, bank 
yaxlit olingan korxona sifatida ishlab chiqarish jarayonini amalga oshirmaydi. 
Tijorat banklarining faoliyatini korxona faoliyatiga shu jihatdan o‘xshatish 
mumkinki, tijorat banklari ham korxonalar singari o‘z faoliyatini o‘z daromadini 
ko‘paytirishga qaratadi, lekin korxonalar faoliyatidan farqli ravishda banklar shu 
asosida birinchidan, o‘z ta’sischilari–aksiyadorlarining manfaatlarini, ikkinchidan, 
o‘z mijozlarining manfaatlarini himoya qilishni ta’minlaydi. 
Tijorat banklariga, bizning fikrimizcha, shunchaki «korxona» emas, balki 
“maxsus korxona” deb qarash zarur. Chunki tijorat banklari ssuda kapitali 
harakatini amalga oshiradi va shu asosda bank o‘z aksiyadorlariga, paychilariga 
foyda olishni ta’minlaydi. 
Tijorat banklari bank tizimining muhim bo‘g‘ini bo‘lib, kredit resurslarining 
asosiy qismi shu banklarda yig‘iladi va bu banklar xuquqiy, jismoniy shaxslarga 
o‘z xizmatlarini ko‘rsatadilar. 
Bank bu shunday korxonaki, unda xom ashyo bo‘lib depozit va qo‘yilmalar 
hisoblansa, oxirgi tovar – bu berilgan ssudalardir. Depozit va qo‘yilmalar jalb 
qilingan qarz mablag‘lari, berilgan ssudalar esa – joylashtirilgan mablag‘lar bo‘lib 
hisoblanadi. 
Har xil jismoniy shaxslar va tashkilotlardan pul mablag‘larini jalb qilish 
uchun, qarz hajmiga qarab ma’lum summani foizlar shaklida to‘lash kerak. 
Bo‘lmasa mablag‘ qo‘yuvchilar yoki boshqa bankni tanlaydilar, yoki pul saqlashni 
boshqa shakllariga o‘tadilar: masalan, oltin yoki valyuta sotib olish, boshqa 
moliyaviy vositachilar xizmatlaridan foydalanish va boshqalar. Pul saqlash 
shaklini tanlashda mablag‘ qo‘yuvchini ikkita muhim omil - moliyaviy 
vositachilarning ishonchli ekanligi va daromad olish darajasi (qarzga to‘lanadigan 
foizlar) ko‘proq qiziqtiradi. 
Boshqa tomondan, bank ssuda berganda uning summasiga qarab foiz 
shaklida to‘lov undiradi. Bozor iqtisodiyoti sharoitida tijorat banklarining bozor 


32 
munosabatlari sub’ektlari bilan aloqasi yanada kengayadi va chuqurlashadi. Bank 
bu holda barcha mablag‘lari harakatini boshqarib boradi. 
Bu ikkita foiz stavkalari o‘rtasida farq - bank daromadining asosiy manbasi 
bo‘lib, iqtisodiy adabiyotlarda u “marja” nomi bilan yuritiladi. 
Shunday qilib, marja - bu jalb qilinuvchi va joylashtirila- digan qarz va 
ssuda foiz stavkalari o‘rtasidagi farqdir.
Banklar mablag‘larni jalb qilish va joylashtirish yo‘li bilan barcha pul 
mablag‘lari harakatini boshqarib boradi.
Bankning asosiy faoliyati vositachilik bilan bog‘liq bo‘lib, u pul 
mablag‘larni qarz beruvchidan qarz oluvchilarga o‘tkazish bilan bog‘liq bo‘lgan 
operatsiyalarni bajarishdan iborat. Banklar bilan bir qatorda pul mablag‘lari 
harakatini boshqa moliyaviy va kredit tashkilotlari, investitsion fondlar, sug‘urta 
kompaniyalari ham amalga oshiradilar. Biroq, bankning moliyaviy risklarning 
sub’ekti sifatida yuqorida keltirilgan boshqa sub’ektlar faoliyatidan farq qiladigan 
ikkita o‘ziga xos
 
xususiyati mavjud: 
-birinchidan, banklar faqat ular uchun xos bo‘lgan qarz majburiyatlarini 
(depozitlar, omonat sertifikatlari va boshqalar) chiqaradilar va bu yo‘l bilan 
yig‘ilgan mablag‘larni boshqa sub’ektlar tomonidan chiqarilgan qimmatli 
qog‘ozlar va qarz majburiyatlariga joylashtiradilar. Bankning bu xususiyati 
moliyaviy broker va dillerlar faoliyatidan farq qiladi, chunki ular moliya bozorida 
o‘z qarz majburiyatlarini chiqarmasdan faoliyat ko‘rsatadilar. 
-ikkinchidan, banklar jismoniy va yuridik shaxslar oldida mijozlarning pul 
mablag‘larini hisob varaqlariga qo‘yish va jamg‘arma o‘tkazish, depozit 
sertifikatlarini chiqarish va boshqalar orqali qat’iy belgilangan qarz 
majburiyatlarini oladilar. Qat’iy belgilangan qarz majburiyatlar bilan faoliyat 
ko‘rsatish banklar uchun riskli hisoblanadi, chunki banklar o‘z kreditorlari oldida 
olgan majburiyatlarini to‘liq bajarishlari lozim. Investitsion fondlar esa o‘z 
aktivlari va passivlarining qiymati o‘zgarishi bilan bog‘liq risklarni o‘z 
aksiyadorlari zimmasiga yuklaydilar. 


33 
O‘zbekiston Respublikasida tijorat banklarini tashkil etish va ularning 
faoliyatini olib borish “Banklar va bank faoliyati to‘g‘risida”gi qonunga 
asoslanadi. Yuqorida qayd etilgan qonunga asosan O‘zbekiston Respublikasida 
banklar universal faoliyatni amalga oshiradilar. Aniqroq qilib aytadigan bo‘lsak, 
turli xilda kreditlar berish, qimmatli qog‘ozlar va xorijiy valyuta oldi-sotdisi bilan 
shug‘ullanish, bo‘sh turgan pul mablag‘larni jalb etish, hisob-kitoblarni amalga 
oshirish, kafolat va garantiyalar berish va hokazolar tijorat bankining asosiy 
faoliyat turlaridan hisoblanadi. 
O‘zbekiston Respublikasida xorijiy banklar va har qanday mulkchilik 
shakliga 
asoslangan 
banklar faoliyat ko‘rsatishi mumkin. O‘zbekiston 
Respublikasida faoliyat ko‘rsatayotgan tijorat banklari va ularning mulkchilik 
shakli turli mulkchilikka asoslangandir. 
Hozirgi kunda Respublirfmizda 29 ta tijorat banklar faoliyat yuritmoqda. 
Ular to’g’risidagi batafsil ma’lumotlar 2-ilovada keltirilgan. 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   112




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin