Bank hisobi, tahlil va audit


O‘zbekiston Respublikasi bank tizimi va banklar faoliyatining



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə14/112
tarix14.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#177084
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   112
bank-hisobi-tahlil-va-audit-darslik

3.2. O‘zbekiston Respublikasi bank tizimi va banklar faoliyatining
huquqiy asoslari. 
R
espublikamizda ikki pog‘onali bank tizimini jahon tajribasida qabul 
qilingan tamoyillarga muvofiq shakllantirish ko‘zda tutilgan. Ixtisoslashish va 
kredit-investitsiyalarni 
iqtisodiyot 
tarmoqlari 
bo‘yicha 
taqsimlash 
Respublikamizdagi bank muassasalarining o‘ziga xos xususiyati hisoblanadi. 
Ularning faoliyati asosan ustuvor tarmoqlar qishloq xo‘jaligi va uning 
mahsulotlarini qayta ishlovchi korxonalar, uy-joy qurilishi, avtomobilsozlik savdo 
va boshqa sohalarni rivojlantirishga qaratilgan. Hozirgi banklar aksiyador-tijorat 
banklari sifatida tashkil qilinib, bozor iqtisodiyoti sharoitida ishlashga moslashgan 
va ular ixtisos-lashgan banklar bo‘lsa-da, boshqa tarmoqlardagi mijozlarga ham 


46 
kre-dit va hisob-kitoblar bo‘yicha xizmat ko‘rsatishlari mumkin. Banklar 
faoliyatining universallashuvi ular o‘rtasida raqobatning yuzaga kelishiga, bu esa 
ularning bozor iqtisodiyotiga barqaror kirib borishini ta’minlaydi. 
Hozirgi zamonda jahonda umum qabul qilingan tizim bo‘lib ikki pog‘onali bank 
tizimi xizmat qiladi va u davlat Markaziy banki va tijorat banklari tarmog‘ini o‘z 
ichiga oladi. 
Markaziy Bank banklarning banki sifatida bank va moliya muassasalari 
faoliyatining barqarorligini ta’minlaydi. Birinchi navbatda, u ko‘pchilik moliya 
institutlari, banklarning faoliyatida moliyaviy jihatdan muammolar yuzaga 
kelganida, banklar omonatchilar oldidagi o‘z majburiyatlarini bajara olmay qolgan 
holda moliyaviy sarosima paydo bo‘lishining oldini olishi kerak. Bu masalani hal 
qilish uchun Markaziy bank, avvalo, tartibga solish va nazorat qilish funksiyalarini 
ikkinchi pog‘ona - tijorat banklari tizimiga nisbatan bajaradi. Markaziy bank 
majburiyatiga tijorat banklarining har kunlik faoliyatiga aralashish kirmaydi. 
Markaziy bank tijorat banklarning me’yoriy boshqarilishi, ularning to‘lovga 
qobiliyatliligi va likvidliligini ta’minlanishini kuzatib borishi va omonatchilar 
manfaatlarini himoya qilishi kerak. Bularning barchasi nazorat me’yorlari tizimi 
yordamida amalga oshirilib tijorat banklari pog‘onasiga etkaziladi. 
Markaziy bank pul siyosatini o‘tkazish yo‘li bilan muomaladagi pul 
massasi ustidan nazoratni amalga oshiradi va inflyasiya, ishsizlikning past 
darajasini ta’minlash va iqtisodiy o‘sish uchun shart-sharoitlar yaratishi kerak. 
Bunda Markaziy bank emission bank vazifasini bajaradi, ya’ni muomalaga pul 
belgilarini chiqarish va ularni muomaladan olish huquqiga ega bo‘ladi. 
Markaziy bank yana tijorat banklari o‘rtasidagi hisob-kitoblarni olib 
borishga imkoniyat yaratadi.
Bank tizimining ikkinchi pog‘onasi - bu xalq xo‘jaligi va aholiga xizmat 
ko‘rsatishda bosh bo‘g‘in bo‘lgan mustaqil tijorat banklarning tarmog‘idir. Ular 
yuridik va jismoniy shaxslarga shartnoma asosida turli hisob-kitob va kredit 
operatsiyalarini amalga oshirish va xizmatlar ko‘rsatish hamda boshqa turli bank 
xizmatlarini ko‘rsatish bilan bog‘liq operatsiyalarni amalga oshiradilar. 


47 
Markaziy bank mazkur tizimning bosh banki bo‘lib, pul-kredit siyosatini, 
emissiya jarayonlarini olib boradi va milliy pulning barqarorligini ta’minlovchi 
muassasa hisoblanadi. 1995 yil 21 dekabrda “O‘zbekiston Respublikasining 
Markaziy banki to‘g‘risida” gi O‘onuni qabul qilindi. 
Markaziy bank maqomi va maqsadlari “O‘zbekiston Respublikasining 
Markaziy Banki to‘g‘risida” gi O‘onunning 1- moddasida belgilangan: 
“O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki yuridik shaxs bo‘lib, faqat davlat mulki 
hisoblanadi. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki - iqtisodiy jihatdan 
mustaqil muassasa, o‘z xarajatlarini o‘zining daromadlari hisobidan amalga 
oshiradi, O‘zbekiston Respublikasi Davlat gerbining tasviri tushirilgan va o‘z nomi 
yozilgan muhrga ega.” 
O‘onunning 3-moddasida “Markaziy bankning bosh maqsadi milliy 
valyutaning barqarorligini ta’minlashdan iborat” deb qayd qilinadi. Narxlarning 
barqarorligini ta’minlash va milliy pul birligini xorijiy valyuta bozorlarida 
ayirboshlash kursining barqaror bo‘lishiga erishishni ko‘zda tutuvchi bu maqsad 
davlatning iqtisodiy siyosatida O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining o‘rni 
juda muhim ekanligini belgilaydi. 
Mustaqil bank tizimini vujudga keltirishning ikkinchi bosqichining 
xususiyatlaridan biri shundaki, 1995 yildan boshlab O‘zbekistonda maxsus 
nobank kredit tashkilotlari tashkil qilina bosh-landi. Bozor iqtisodiyotiga o‘tishni 
tezlashtirish, korxona va tash-kilotlar faoliyatini rivojlatirish maqsadida maxsus 
moliya-kredit institutlari – “Madad” sug‘urta kompaniyasi, “O‘zbekinvest” milliy 
sug‘urta kompaniyasi, xususiylashtirish investitsion fondlari va boshqalar tashkil 
qilinishi respublika bank-moliya tizimining rivojlanishini tezlashtirmoqda. 
Hozirda respublikadagi keng tarmoqli banklar zamonaviy talab-larga javob 
beradigan shaklda xo‘jaliklar, tashkilotlar va aholiga xizmat ko‘rsatmoqda. Tarixiy 
taraqqiyot davomida banklar mablag‘larni yig‘ish, saqlab berish, kredit-hisob va 
boshqa turli xil vositachilik operatsiyalarini bajarib kelganliklari sabab, banklar 
kredit muassasa bo‘lib, foyda olish maqsadida bank barcha risklarni o‘ziga qabul 
qilgan holda operatsiyalarini amalga oshiradi. O‘zbekiston Respublikasining 1996 


48 
yil 26 aprelda qabul qilingan “Banklar va bank faoliyati to‘g‘risida»gi qonunining 
1-moddasiga asosan “Bank-tijorat tashkiloti bo‘lib hisoblanadi”. 
Mamlakatimizda bank tizimini yanada takomillashtirish va rivojlantirish
unda moliyaviy barqarorlikni mustahkamlash, kapitallashuv va likvidlikni oshirish 
borasida olnb borilayotgan islohotlar samarasi natijasida bir qator ijobiy natijalarga 
ernshnldi. Ayniqsa, ko‘plab rivojlangan mamlakatlar iqtisodiyoti va moliya 
bozorlarini tahlikali holatga keltirgan jaxon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi sharoitida 
respublikamiz bank-moliya tizimida kuzatilgan barqaror iqtisodiy natijalar, shu 
jumladan, tijorat banklar tizimini kapitallashuvi va likvidligining saqlab 
qolinishiga amalga oshirilgan islohotlarning amaliy natijasi sifatida qarash 
mumkin. Ma’lumki, jadal islohotlarni amalga oshirish sharoitida respublika 
moliya-bank tizimining muhim bo‘g‘inlaridan biri bo‘lgan tijorat banklarni 
samarali va barqaror faoliyat yuritishi mamlakat iqtisodiyotini yanada taraqqiy 
etishiga va uning pul-kredit siyosatini samarali tashkil etish hamda rivojlantirish 
uchun imkoniyat yaratadi. 
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 16 iyundagi “Tijorat 
banklarining moliyaviy barqarorligi va kapitallashuvi darajasini oshirishga oid 
qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-3066 qarorida iqtisodiyotning barcha 
sohalarida bo‘lgani kabi tijorat banklari boshqaruv tizimini davr talablariga mos 
ravishda olib borish va tijorat banklar faoliyati barqarorligini jahon standartlari 
talablariga to‘liq javob berishini talab etmoqda. 
Jahonda tijorat banklari barqarorligini samarali boshqarish mexanizmini 
takomillashtirishga oid muammolarni ilmiy asosda hal etish yuzasidan ilmiy 
izlanishlar davom ettirilmoqda, jumladan, banklarning kapitallashuv va likvidlilik 
darajasini oshirish, kreditlash mexanizmini takomillashtirish, har toifadagi risk 
darajasini pasaytirish masalalariga e’tiborni kuchaytirilmoqda. Bank tizimining 
moliyaviy barqarorligini ta’minlash, xalqaro tajribani hisobga olgan holda, bank 
tavakkalchiligini baholashni takomillashtirish, tijorat banklari faoliyatini tartibga
solish va nazoratining zamonaviy tamoyillari hamda mexanizmlarini joriy etish


49 
kabi tadbirlar tijorat banklari amaliyotida samarali boshqaruv tizimini 
qo‘llashning dolzarb masalasi bo‘lib qolmoqda. 
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 7 fevraldagi PF- 4947-
sonli “O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar 
strategiyasi to‘g‘risida”, 2017 yil 2 sentyabrdagi PF-5177-sonli “Valyuta
siyosatini liberallashtirish bo‘yicha birinchi navbatdagi chora-tadbirlar 
to‘g‘risida”gi farmonlari, 2017 yil 12 sentyabrdagi PQ-3270-sonli “Respublika 
bank tizimini yanada rivojlantirish va barqarorligini oshirish chora-tadbirlari 
to‘g‘risida”gi qarori va boshqa me’yoriy-huquqiy hujjatlarda belgilangan vazifalar 
sifatida asosan tijorat banklar faoliyatining barqarorligini ta’minlash va 
rivojlantirishga e’tibor qaratilgan. 
O‘zbekiston Respublikasini yaqin besh yilda barqaror taraqqiy etishida 
Harakatlar strategiyasi bank tizimi uchun yangi rivojlanish bosqichini boshlab 
berdi. Barcha sohalarda bo‘lgani kabi moliya bozorida, shu jumladan, bank 
sektorida o‘tkazilayotgan islohotlar tufayli sohada sezilarli darajadagi o‘zgarishlar 
amalga oshirilmoqda. 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   112




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin