Bank hisobi, tahlil va audit


O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki maqsadi, vazifalari va



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə15/112
tarix14.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#177084
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   112
bank-hisobi-tahlil-va-audit-darslik

3.3. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki maqsadi, vazifalari va 
funksiyalari

Markaziy bankning vazifalari va funksiyalari to‘g‘risidagi fikrlar 
O‘zbekiston Markaziy bankiga ham tegishlidir. Bu paragrafda biz O‘zbekiston 
Respublikasi Markaziy banki faoliyatining ba’zi bir xususiyatli tomonlari 
to‘g‘irisida to‘xtalib o‘tmoqchimiz. 
Bozor iqtisodiyoti sharoitida O‘zbekiston Rsspublikasida Markaziy 
bankning asosiy maqsadi pul-kredit tizimi va milliy valyuta barqarorligini 
ta’minlash asosida iqtisodiy o‘sishga erishishdan iborat. 
Pul-kredit siyosatini samarali amalga oshirish uchun Markaziy bank pul-
kredit siyosatini rivojlantirishning bir yilga mo‘ljallangan asosiy yo‘nalishlarini 
ishlab chiqadi. Bu yo‘nalishlar Oliy Majlis tomonidan tasdiqlangandan keyin 


50 
harakat dasturi sifatida qabul qilinadi. Markaziy bankning vazifalari xilma-xil 
bo‘lib, bu qonunda aks ettirilgan. 
O‘zbekiston Resnublikasi Markaziy banki huquqiy shaxs sifatida, davlat 
mulkiga asoslangan bo‘lib, iqtisodiy jihatdan mustaqil muassasa sifatida o‘z 
xarajatlarini daromadlari hisobidan qoplashi kerak. O‘zbekiston Respublikasi 
Markaziy banki o‘z miqyosi va faoliyat darajasiga ko‘ra respublikamizdagi eng 
yirik bank hisoblanadi. 
Hozirgi kunda O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki 1995 yil 21 
dekabrda qabul qilingan «O‘zbekiston Respublikasi Mar-kaziy banki to‘g‘risida»gi 
qonun asosida faoliyat ko‘rsatmoqda. Bu qonunning 3-moddasida ko‘rsatilganidek, 
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining bosh maqsadi milliy valyutaning 
barqaror-ligini ta’minlashdir. Valyuta barqarorligi pul massasi, narx-navo va milliy 
valyuta kursining barqaror bo‘lish tushunchasini o‘z ichiga oladi. Albatta, pul 
massasi, valyuta kursi, narx-navoga ta’sir qiluvchi boshqa omillar ham mavjud. 
Milliy valyutaning barqarorligini ta’minlash uchun O‘zbekiston Respublikasi 
Markaziy banki qator muhim vazifalarpi hal etadi. Ularning asosiylari 
quyidagilardir: 
– monetar siyosatni va valyutani boshqarish siyosatini shakl-lantirish, qabul 
qilish hamda amalga oshirish; 
– O‘zbekiston Respublikasida hisob-kitoblarning samarali tizimini tashkil 
qilish va ta’minlash; 
– banklar faoliyatini tartibga solish va banklar faoliyati ustidan nazorat 
qilish; 
– O‘zbekiston Respublikasining rasmiy oltin-valyuta zahirasini saqlash va 
ularni boshqarish; 
– Moliya vazirligi bilan birgalikda davlat byudjetining kassa ijrosini tashkil 
etish. 
Markaziy bankka ayrim bank korxona va tashkilotlarning kapitalida 
qatnashishi, ularga moliyaviy yordam ko‘rsatishi, tijorat turi-dagi faoliyatlarni olib 
borishi man qilinadi. Markaziy bankni boshqarishning yuqori tashkiloti boshqaruv 


51 
bo‘lib, u monetar siyosatni hamda o‘z zimmasiga yuklatilgan boshqa vazifalarni 
amalga oshirishda boshqa davlat tashkilotlarining bevosita va bilvosita arala-
shuvidan holi hisoblanadi. 
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki o‘z zimmasiga yuklatilgan 
vazifalarni bajarish uchun quyidagi asosiy funksiyalarni bajaradi. 
1. Iqtisodiyotni pul-kredit dastaklari yordamida boshqarish. 
2. Hisob-kitob va pul o‘tkazish operatsiyalarini bajarishni yo‘lga qo‘yish. 
3. Tijorat banklari faoliyatini boshqarish va nazorat qilish. 
4. Boshqa kredit muassasalarining kassa zaxiralarini saqlash. 
5. Rasmiy oltin-valyuta zahiralarini saqlash. 
6. Hukumat uchun hisob-kitob va kredit operatsiyalarini bajarish. 
7. Tijorat banklariga kredit berish. 
8. Pul emissiyasi. 
Markaziy bank o‘z sarf xarajatlarini daromadlari hisobidan qoplovchi 
iqtisodiy jihatdan mustaqil muassasadir. Markaziy bankning mol-mulki uning pul 
va boshqa moddiy boyliklardan ibo-rat bo‘lib, ularning qiymati Markaziy bank 
balansida aks ettiriladi. 
Markaziy bank soliqlar va bojlardan “O‘zbekiston Respublikasi Markaziy 
banki to‘g‘risida” gi qonunning 23-moddasiga muvofiq ozoddir. Markaziy bank 
kelgusi yil uchun O‘zbekiston Respublikasi monetar siyosatining asosiy 
yo‘nalishlarini ishlab chiqadi va har yili keyingi moliya yili boshlanishidan 30 kun 
oldin Oliy Majlisga bu haqda axborot beradi. Markaziy bank pul-kredit, moliya, 
valyuta va narx munosabatlarining ahvoliga asoslanib, muomaladagi pul 
muassasining bitta yoki bir qancha ko‘rsatkichlari o‘zgarishining aniq maqsadli 
mo‘ljallarini belgilashi mumkin. 
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki pul-kredit siyosati iqtisodiyot 
vaziyatni tahlil qilish va oldindan aytishni, pul miq-dorini yillik o‘stirish 
sur’atlarining maqsadli ko‘rsatkichlarini, kredit, foiz va valyuta siyosatini amalga 
oshirish yo‘nalishlarini o‘z ichiga olib muhim makroiqtisodiy jarayonlar: pulning 


52 
qadrsiz-lanishi, milliy ishlab chiqarishning umumiy hajmi hamda mehnat 
resurslarining bandligi, to‘lov balansini barqarorlashtrishga yo‘naltirilgan bo‘ladi. 
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki o‘zaro hisob-kitoblarning O‘zbekiston 
tijorat banki tomonidan belgilangan va hamma bank hamda mijozlar uchun 
majburiy bo‘lgan qoidalar asosida olib borilishini nazorat qiladi. Chunki 
belgilangan qoidalarning bir taxlitda qo‘llanilishi butun respublika hududida hisob-
kitoblar-ning uzluksizligini ta’minlaydi. 
“O‘zbekiston Respublikasining Markaziy banki to‘g‘risida” gi Qonunning 
50-moddasiga muvofiq, banklarni nazorat qilishdan asosiy maqsad bank tizimining 
barqarorligini ta’minlash, omonat-chi va kreditorlar manfaatlarini himoya 
qilishdan iborat. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki bank faoliyatini amalga 
oshirishga ruxsat beradi. Bundan tashqari, O‘zbekiston Respublikasi Markaziy 
banki bank muassasalarining rivojini xar tomonlama hi-sobga olib va kuzatib 
boradi, kapitalning aynan bir xilligi, likvidlikka doir talablarni o‘z ichiga oluvchi 
iqtisodiy me’yorlarni (52-modda), shuningdek, kreditlash hajmi, limitlarini 
belgilaydi. Kapitalning etarliligi, aktivlarining sifati, foydaligi va likvidliligiga 
qarab tijorat banklarining moliyaviy ahvoli baholanadi. 
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki valyutani tartibga solish va 
valyutani nazorat qilish davlat organidir. Shu bilan birga, Markaziy bank yuridik 
va jismoniy shaxslarga chet el valyutasida operatsiyalar o‘tkazishga litsenziyalar 
beradi va milliy valyutani chet el valyutasiga nisbatan kursini aniqlash shartini 
belgilaydi. 
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki xalqaro hisob-kitoblarda 
zaxiradagi aktiv va kafolatli sug‘urta fondi vazifasini bajarish bilan birga dunyo 
moliya bozorlarida operatsiyalarni amalga oshirish yo‘li bilan mamlakatimizning 
oltin-valyuta zaxiralari qiymatini ham yaratadi. Boshqa moliya muassasalari, 
korxonalar va xususiy shaxslar ham xorijiy valyutaga ega bo‘lish va valyuta opera-
siyalari o‘tkazish huquqi borligiga qaramasdan, O‘zbekiston Respublikasi 
Markaziy banki valyuta zaxiralarini saqlovchi asosiy depozitariy bo‘lib qolishi 
lozim. 


53 
“O‘zbekiston Respublikasining Markaziy banki to‘g‘risida” gi qonunning 
44-moddasiga muvofiq Markaziy bank hukumat bankiri sifatida hukumat 
muassasalari va tashkilotlarining hisob varaqlarini yuritadi, ana shu hisob 
varaqlarda mablag‘larni jamg‘aradi va ulardan to‘lovlarni amalga oshiradi; davlat 
qimmatbaho qog‘ozlari bilan operatsiyalar o‘tkazib turadi; davlatga bevosita qisqa 
muddatli va uzoq muddatli ssudalar shaklida yoki davlat obligatsiyalarini xarid 
qilish tarzida kredit beradi; hukumat idoralarining topshirig‘iga binoan oltin bilan 
yoki xorijiy valyutada operatsiyalar bajaradi. 
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki hukumatning xazina vakili 
sifatida hukumat hisobvaraqlarini yuritadi, Hukumatning moliya operatsiyalariga 
ko‘maklashadi byudjet daromad va xarajatlari masalalari yuzasidan maslahatlar 
beradi, davlat qimmatli qog‘ozlarini joylashtiradi, ular bo‘yicha hisobvaraqlar 
yuritadi va davlatning boshqa qarz majburiyatlari bo‘yicha to‘lovlarni amalga 
oshiradi. 
Banklar banki sifatida O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki hisob-
kitob-to‘lov operatsiyalarini o‘tkazish, banklararo to‘lovlarning hisob-kitob-kliring 
xizmatini uyushtirish tartibini belgilaydi, tijorat banklariga kreditlar, tegishlicha 
ko‘rsatmalar beradi. 
Tijorat banklari O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankidagi o‘z hisob 
varaqalaridan o‘zaro hisob-kitoblar uchun foydalanadilar. Bundan tashqari, 
ularning o‘z mablag‘lari kamlik qilsa, Markaziy bankdan kredit olishlari, naqd pul 
bo‘yicha ham Markaziy bankka murojaat qilishlari mumkin. Shuningdek, o‘z hisob 
va kredit operatsiyalari bo‘yicha stavkalarni mustaqil ravishda belgilaydi. 
Markaziy bank O‘zbekiston Respublikasi hududida qonuniy to‘lov vositasida 
banknotalar va tanga ko‘rinishidagi pul belgilarini muomalaga chiqaradi. 
Markaziy bank va u vakolat bergan talabga ko‘ra bir nominal qiymatdagi 
banknota va tangalarni boshqasiga hech qanday to‘lovsiz yoki vositachilik haqisiz 
almashtirib beradi. Naqd pul mablag‘larini muomalaga chiqarish va qaytarib 
olishni faqat Markaziy bank amalga oshiradi. 


54 
Markaziy bank tijorat banklari uchun majburiy zaxira miqdorini belgilab 
beradi. U pul muomalasini barqarorlashtirish va banklar likvidligini ta’minlashda 
ahamiyatga ega.
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki qayta moliyalash stavkasini 
belgilash asosida foyz stavkalarini belgilashga ta’sir qiladi.Hozirgi kunda qayta
moliyalash stavkasi 16 foizni tashkil etmoqda. (3-ilovaga qarang). 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   112




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin