2.3. Banklarning turlari.
Bozor iqtisodiyotini rivojlanishi turli mulkchilik shakllarining
rivojlanishiga, moliyaviy mablag‘larning alohida moliyaviy muassasalar
ixtiyorida markazlashuviga olib keldi. Ikkinchi jahon urushidan keyin
ko‘pchilik iqtisodiy rivojlangan mamlakatlarda ayrim banklarning
milliylashtirilishi yuz berdi. Bu o‘z navbatida banklarning mulkiy,
huquqiy, funksiyasi, tabiati va boshqa qator mezonlari bo‘yicha
tavsiflanishiga sabab bo‘ldi. Zamonaviy iqtisodiyotda banklar quyidagi
mezonlar bo‘yicha tavsiflanadi. Mulkiy jihatdan – davlat banki,
aksiyadorlik banki, kooperativ bank, xususiy va xorijiy kapital
ishtirokida qo‘shma banklariga bo‘linadi. Banklarni mulkchilik nuqti
nazardan tasniflanganda asosan ularning ustav kapitali tarkibida kimning
ulushi 51 foizdan yuqori bo‘lsa, bank shu shaxslarning nomlarini oladi.
34
Masalan, bank kapitalining asosiy ulushi xususiy yoki kooperativ
tashkilotlar hissasiga to‘g‘ri kelsa, mazkur banklar xususiy yoki
kooperativ bank deya yuritiladi. Davlat banklari kapitalining asosiy
ulushi davlatga tegishli bo‘ladi, ko‘pchilik mamlakatlarda mamlakat
Markaziy banklari davlat banki hisoblanadi. O‘zbekistonda Tashqi
iqtisodiy faoliyat Milliy banki, Davlat – aksiyadorlik Xalq banki,
aksiyadorlik tijorat “Asaka” banklarning kapitali tarkibida asosiy ulush
davlatga tegishli bo‘lganligi bois mazkur banklar davlat banklari
hisoblanadi.Mamlakatimizda aksiyadorlik tijorat banklari sifatida,
aksiyadorlik tijorat “Agrobank”ni, Aloqabank, Turonbank va
boshqalarni
keltirish
mumkin.
Mamlakatimizda
yopiq
turdagi
aksiyadorlik tijorat banklari mavjud emas.
Xorijiy
kapital ishtirokida qo‘shma banklar mamlakat
qonunchiligiga asosan belgilangan miqdordagi ustav kapitali xorijiy
ishtirokchilar tomonidan shakllantirilsa mazkur banklar shu maqomga
ega bo‘ladi. Mamlakatimizda xorijiy kapital ishtirokidagi banklarni
tashkil etish O‘zbekiston Respublikasining tegishli qonun hujjatlariga
muvofiq amalga oshiriladi. Huquqiy jihatdan
–
banklar ochiq va yopiq
turdagi jamiyatlar sifatida tasniflanadi. Banklarning kapitalini asosiy
ulushi yuridik shaxslar hissasiga to‘g‘ri keladi, ushbu banklar ochiq
aksiyadorlik yoki yopiq aksiyadorlik banklari bo‘lishi mumkin. Ochiq
yoki yopiq aksiyadorlik banklari deyilishiga sabab ularning aksiyalarini
sotish va sotib olish jarayoni bilan bog‘liq bo‘ladi. Qatnashchilari
o‘zlariga tegishli aksiyalarini o‘zga aksiyadorlarning roziligisiz boshqa
shaxslarga berishi mumkin bo‘lgan aksiyadorlik jamiyati ochiq
aksiyadorlik jamiyati deb hisoblanadi.
35
Aksiyalari faqat o‘z muassislari yoki oldindan belgilangan
doiradagi shaxslar orasida taqsimlanadigan aksiyadorlik jamiyati yopiq
aksiyadorlik jamiyati deb hisoblanadi. Mamlakatimizda mulkiy jihatdan
tashkil topishidan qa’tiy nazar, faoliyat yuritayotgan barcha banklar
ochiq aksiyadorlik banklari hisoblanadi.
Banklar bajaradigan funksiyasi (operatsiyalari) jihatidan
–
emission, tijorat, investitsion, ipotekali va jamg‘arma banklar sifatida
tasniflanadi. Emission banklar mamlakat iqtisodiyotiga pullarni emissiya
qilish, shuningdek, kredit muassasalari faoliyatini tartibga solish va pul
– kredit siyosatini amalga oshirish bilan shug‘ullanadi. Bunday vazifani
hozirgi paytda mamlakat Markaziy banklari bajaradi. Markaziy banklar
bevosita mijozlarga bank xizmatlarini ko‘rsatmaydi va tijorat faoliyati
bilan shug‘ullanishi ta’qiqlanadi.
Tijorat banklari mamlakat bank tizimi va kredit muassasalari
tarkibidagi muhim ahamiyatga ega bo‘lgan moliyaviy muassasalar
hisoblanadi. Ushbu banklar banklar bajarishi mumkin bo‘lgan barcha
operatsiyalarni bajaradi.
Investitsion banklarning asosiy faoliyati passiv operatsiyalari
natijasida shakllantirgan moliyaviy mablag‘larini asosiy ulushini
qimmatli qog‘ozlarga investitsiya qilishdan iborat bo‘ladi. Mamlakatda
investitsion banklar faoliyat yuritishi uchun qimmatli qog‘ozlar bozori
rivojlangan va etarli darajada investitsion muhit yaratilgan bo‘lishi
lozim.
Ipoteka banklari jismoniy va yuridik shaxslarga garov asosida uzoq
muddatli kreditlar berish bilan shug‘ullanadi. Ipoteka atamasi ko‘chmas
mulklarni garovga qo‘yish natijasida vujudga keladigan moliyaviy
36
munosabat bo‘lib, uning o‘ziga xos xususiyatlaridan biri garovga
qo‘yilgan ko‘chmas mulk kredit (qarz) oluvchining tasarrufida
qolishidir. Odatda ipoteka banklari faoliyatining asosiy yo‘nalishini
ipoteka krediti berishga qaratilgan bo‘lishi lozim. Biroq, amaliyotda
ushbu qoida doimo ham o‘zining isbotini topmaydi, chunki hozirgi
kunda faoliyat yuritayotgan ipoteka banklari kredit portfeli tarkibida
nafaqat ipoteka krediti, balki boshqa maqsadlarga yo‘naltirilgan
kreditlarning hajmi salmoqli ulushni tashkil etadi.
Jamg‘arma banklarining asosiy mijozlari jismoniy shaxslar bo‘lib,
ushbu banklarning asosiy faoliyati aholidan muddatli omonatlarni jalb
qilishga qaratilgan bo‘ladi. Jamg‘arma sifatida shakllantirilgan
mablag‘larni yirik tijorat banklariga, savdo va qurilish tashkilotlariga
investitsiya va kreditlar ko‘rinishida joylashtiradi.
Banklar bajaradigan operatsiyalarining tabiati jihatidan
–
universal
va ixtisoslashgan banklarga bo‘linadi. Universal banklar banklar
bajaradigan barcha operatsiyalarni bajaradi. Bunga misol sifatida tijorat
banklarini keltirish mumkin. Ixtisoslashgan banklar esa iqtisodiyotning
ma’lum tarmog‘iga xizmat ko‘rsatish va shu tarmoqni rivojlantirish
maqsadida tashkil etiladi. Mamlakatimiz mustaqilligining dastlabki
yillarida qator ixtisoslashgan banklar (O‘zmevasabzavot, Zaminbank,
Engilsanaot, G‘allabank, Paxtabank) tashkil etildi. Milliy iqtisodiyotning
rivojlanishi va bozor munosabatlarining chuqurlashuvi natijasida ushbu
banklar universal banklarga aylantirilib, bir – biriga qo‘shib yuborildi
yoki universal tijorat banklariga aylantirildi.
Shuningdek,
ixtisoslashgan
banklar,
tashqi
iqtisodiy
operatsiyalarni bajarish, investitsion faoliyat bilan shug‘ullanishi
37
mumkin. Biroq mamlakatimizda, alohida tarmoqqa xizmat ko‘rsatadigan
yoki operatsiyalarni bajaradigan ixtisoslashgan banklar mavjud emas.
Shu bilan birga banklarning faoliyati xizmat ko‘rsatadigan
tarmoqlari, filiallarining soni, xizmat ko‘rsatish doirasi, kapitalining
hajmi nuqtai nazaridan ham tasniflanadi.
Xizmat ko‘rsatadigan tarmoqlari bo‘yicha
–
banklarning
faoliyatiga e’tibor qaratadigan bo‘lsak, ayrim banklar iqtisodiyotning
turli tarmoqlariga xizmat ko‘rsatadi. Jumladan, avtomobilsozlik, neft
sanoati, qurilish va boshqa sohalar. Masalan, mamlakatimiz
Sanoatqurilishbanki ko‘plab tarmoqlarga xizmat ko‘rsatadi, biroq asosiy
faoliyati og‘ir sanoat korxonalariga xizmat ko‘rsatishga qaratilgan.
Shuningdek, Agrobankning asosiy faoliyati qishloq xo‘jaligi
korxonalariga, Asakabank mashinasozlik sohasiga va hokazo.
Filiallarining soni bo‘yicha
–
ayrim banklarda filiallar umuman
mavjud emas, ayrimlarida esa mamlakatning barcha hududlarida
filiallari mavjud. Mamlakatimizda bunday banklar sirasiga Agrobank,
Xalqbank, Mikrokreditbanklarni kiritish mumkin. Ushbu banklarning
mamlakatimiz tumanlarining deyarli barchasida o‘z filiallari faoliyat
yuritadi. Banklarning filiallari yuridik shaxs sifatida barcha huquq va
majburiyatlarga ega bo‘lmaydi, ular tegishli nizom asosida bosh bank
tomonidan berilgan chegaralangan huquq va majburiyatlar doirasida
faoliyat yuritadi.
Xizmat ko‘rsatish doirasi bo‘yicha
–
banklar ma’lum hududga,
hududlararo, xalqaro darajada mijozlarga xizmat ko‘rsatishi e’tiborga
olinadi.
Buning
uchun
banklar
Markaziy
bankning
tegishli
litsenziyalariga ega bo‘lishi talab etiladi. Masalan, mamlakatimizda
38
Markaziy bankning tegishli talablarni bajargan tijorat banklariga milliy
valyutada va xorijiy valyutalarda faoliyat yuritishi uchun alohida –
alohida litsenziyalar beradi.
Kapitalining hajmi bo‘yicha
–
banklar kichik, o‘rta va yirik tijorat
banklarga guruhlanadi. Masalan, mamlakatimiz barcha banklari ustav
kapitalining 40 foizdan ortig‘i TIF Milliy banki hisasiga to‘g‘ri keladi,
yoki mamlakatimizda beshta yirik bankning (TIF Milliy banki,
Sanoatqurilishbank, Agrobank, Asakabank, Ipotekabank) kapitali jami
banklar kapitalining 85 – 90 foizini tashkil etadi.
Yakuniy so‘z sifatida ta’kidlash mumkinki, banklarning turlarini
ko‘p qirraligi, ularning bajaradigan operatsiyalarining sonini ortib
borishi jamiyatning ijtimoiy – iqtisodiy rivojlanishi bilan bevosita
bog‘liqdir. Bozor iqtisodiyoti sharoitida bularning barchasi tegishli
qonun, qoida, tartib va mexanizmlar asosida tartibga solib boriladi.
Dostları ilə paylaş: |