3. BANK TIZIMINI ISLOH QILISHGA QARATILGAN CHORA-TADBIRLAR. Prezidentimiz tijorat banklari tomonidan xalqaro moliya institutlari kredit liniyalarini yanada ko’proq jalb etish va ularni to’liq o’zlashtirishni faollashtirish lozimligini qayd etdi. Tijorat banklari ustav kapitali asosan davlat ulushi hisobiga oshirilib, xususiy sektor mablag’lari deyarli yo’naltirilmagani jiddiy tanqid qilindi. O’tgan ikki yilda davlat tomonidan banklarning kapitaliga qariyb 1 milliard dollar miqdorida mablag’lar ajratilgan. Ko’rilayotgan chora-tadbirlarga qaramasdan davlat ulushiga ega deyarli barcha banklar, jumladan, "Qishloq qurilish bank", "O’zsanoatqurilishbank", "Asaka" bank, "Agrobank", "Mikrokreditbank", "Aloqabank" va "Ipoteka-bank" ustav kapitalida jismoniy va yuridik shaxslarning aksiyalari ulushi keskin kamaygan. Shuning uchun xususiy sektor mablag'larini banklarning ustav kapitaliga faol jalb etish kerakligi ta’kidlandi. Yig’ilishda tijorat banklarining kuzatuv kengashlari banklarning strategik rivojlanish yo’nalishlarini belgilash va faoliyatini yaxshilash bo’yicha kutilganidek ishlamayotganiga e’tibor qaratilib, Markaziy bank, Iqtisodiyot vazirligi davlat tasarrufidagi banklarning kuzatuv kengashlari faoliyatini tanqidiy o’rgangan holda, ular tarkibini tubdan qayta ko’rib chiqishi va samaradorligini oshirishi bo’yicha ko’rsatma berildi. Mamlakatimiz moliya muassasalari faoliyatini takomillashtirish uchun xorijdan yuqori malakali mutaxassislarni jalb etish vazifasi qo’yildi. Davlatimiz rahbari tadbirkorlikni rivojlantirish, aholini ish bilan ta’minlash maqsadida mikrokreditlar hajmini keskin oshirish, ularni ajratish tartibini soddalashtirish zarurligini ta’kidladi. Yig’ilishda muhokama qilingan masalalar yuzasidan mutasaddilarning axborotlari eshitildi. Masalan, xususiy uy-joy mulkdorlari shirkatlari va ko’p qavatli uy-joylar qurilishi bo’yicha katta miqdorda muammoli kreditlar mavjud. Ulardan eng ko’pi–Toshkent shahrida 32 milliard so’m, Qashqadaryo viloyatida 27 milliard so’m, Andijon viloyatida qariyb 20 milliard so’m va Buxoro viloyatida 14 milliard so’mdir. Davlatimiz rahbari muammoli kreditlarni qaytarish banklarning imkoniyatlarini yanada kengaytirishini, ularni undirish bo’yicha banklar, qarzdor korxonalar, kompaniya va uyushmalar, hududlar rahbarlari birgalikda ish olib borishi zarurligini ta’kidladi. Banklarning kredit uchun resurslar jamlashdagi faolligi ham yetarli emas. Aholi va yuridik shaxslarning bo’sh mablag’larini bank depozitlariga, birinchi navbatda, muddatli va jamg’arib boriladigan depozitlarga jalb qilish banklarning moliyaviy barqarorligini mustahkamlash imkonini beradi. Malumki, naqd pullar kichik hajmdagi chakana va uyushmagan savdo hamda naqd pulli xizmatlar uchun tolovlarda qollaniladi. Yoki, naqd pul aylanmasining umumiy pul aylanmasidagi ulushi yuqorida ko'rsatilgan naqd pulli tolovlaming jami tolovlardagi ulushi bilan aniqlanadi. Demak, naqd pulga bolgan talab umumiy pul massasiga bolgan talabning bir qismidir. Lekin, umumiy pul massasiga nafaqat tovarlar va xizmatlar hajmi, balki pulning aylanish tezligi va bank foiz stavkalarining darajasi ham ta’sir etadi. Ushbu omillar nazariy jihatdan olimlar tomonidan allaqachon asoslanib ulgurilgan va bugungi kunda juda ko‘p mamlakatlaming iqtisodiyotini boshqarishda pulga bolgan talab va taklifni tartibga solish mexanizimi sifatida qollanilmoqda. Fanda bu usul monetarizm (pulning miqdoriy nazariyasi) nomi bilan mashhur bolib ketgan. Bunda shuni qayd etib olish lozimki, klassik-dastlabki monetarizm asoschilari muomala uchun zarur bolgan pul miqdorini asosan muomaladagi mavjud tovarlar qiymati va turli pulli tolovlar yiglndisidan kelib chiqqan holda aniqlashga uringanlar.Keyinchalik kapitalistik tovar ishlab chiqarish rivojlangani sari muomaladagi pul miqdorini belgilovchi yangi obyektiv omillar vujudga kela boshlagan. Ayniqsa, pul muomalasi banklar tomonidan tartibga solina boshlangandan so‘ng pulga bolgan talab va taklif banklaming ssuda foizlari darajasiga ko'proq boglanib borishi kuzatilgan. Natijada, iqtisodchi olimlar tomonidan pulga bolgan talab va taklifni boshqarish bilan bogliq yangi zamonaviy monetarizm vujudga kelgan.Albatta, ushbu bobda naqd pul muomalasi uchun zarur pul miqdorini aniqlash bo'yicha olimlar tomonidan bugungi kungacha yaratilgan barcha nazariyalami taxlil qilib chiqish mumkin emas.
XULOSA. Xulosa qilib aytganda, banklarning vujudga kelishi va ulaming mohiyati kishilik jamiyatining vujudga kelishi davridan boshlab shakllanib, rivojlanib va takomillashib kelmoqda. Buning asosiy sababi jamiyatda iqtisodiy munosabatlaming takomillashuvi, mehnat taqsimotining chuqurlashuvi, tovar va xizmatlar aylanmasi hajmining ortishi kabi qator omillar hisoblanadi. Shuningdek, qayerda savdo va zargarlik ishlari rivojlangan bolsa, shuningdek, ishonch yuqori bolgan joylarda dastlabki banklar paydo bolgan. O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 4-fevraldagi “Pul-kredit ko’rsatkichlarini tartibga solish mexanizmini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 63 - sonli qaroriga asosan jami pul massasi ustidan samarali nazoratni amalga oshirish maqsadida pul agregatlarining zamonaviy usullari amaliyotga joriy qilina boshlandi.