bank tomonidan chiqarilgan qimmatli
qog‘ozlarning nominal qiymati aks ettiriladi. Hisobvaraqlarning debetidan
so‘ndirilganda yoki so‘ndirish muddatidan oldin qimmatli qog‘oz egalaridan qayta
sotib olingan bank tomonidan chiqarilgan qimmatli qog‘ozlarning nominal qiymati
hisobdan chiqariladi.
Qimmatli qog‘ozlar nominal qiymati bo‘yicha joylashtirilganda quyidagi
buxgalteriya o‘tkazmalari amalga oshiriladi:
Debet 10101 - “Aylanma kassadagi naqd pullar” yoki bankning vakillik
hisobvarag‘i yoki mijoz hisobvarag‘i
Kredit 23600 - “Bank tomonidan chiqarilgan qimmatli qog‘ozlar”.
Qimmatli qog‘ozlar blankalari balansdan tashqari hisobvaraqlardan hisobdan
chiqariladi:
Debet 96314 - “Bankning qimmatli qog‘ozlari bo‘yicha kontr-hisobvaraq”
Kredit 90327 - “Bankning qimmatli qog‘ozlari blankalari”.
Debet 96314 - “Bankning qimmatli qog‘ozlari bo‘yicha kontr-hisobvaraq”
Kredit 90329 - “Bankning hujjatsiz qimmatli qog‘ozlari”.
Banklar tomonidan chiqarilgan qimmatli qog‘ozlarni nominal qiymatidan
ortiq summaga sotish natijasida yuzaga keladigan farq 23696 «Chiqarilgan
qimmatli qog‘ozlar bo‘yicha mukofot»
hisobvarag‘ida hisobga olinadi.
Hisobvaraqning kreditida qimmatli qog‘ozlarni nominal qiymatidan ortiq bahoga
sotganda yuzaga kelgan mukofot summasi aks ettiriladi. Hisobvaraqning debetida
qimmatli qog‘ozlar so‘ndirilganda yoki qimmatli qog‘ozlar qayta sotish maqsadida
sotib olinganda hisobdan chiqariladigan mukofot summasi aks ettiriladi.
Debet 10101 - “Aylanma kassadagi naqd pullar” yoki bankning vakillik
hisobvarag‘i yoki mijoz hisobvarag‘i – qimmatli qog‘ozni sotish
qiymatiga
Kredit 23600 - “Bank tomonidan chiqarilgan qimmatli qog‘ozlar”