Bank hisobi va audit



Yüklə 1,89 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə65/185
tarix21.09.2023
ölçüsü1,89 Mb.
#146442
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   185
Bank hisobi va audit

12-MAVZU
.
QIMMATLI QOG‘OZLAR BO‘YICHA OPERATSIYALAR 
HISOBI
 
REJA 
1. 
Tijorat banklari tomonidan chiqariladigan qimmatli qog‘ozlar hisobi. 
2. Bank tomonidan sotib olingan qimmatli qog‘ozlar hisobi. 
3. Qimmatli qog‘ozlari bilan investitsiyaviy vositachilik operatsiyalari 
hisobi. 
4. Qimmatli qog‘ozlar bilan anderrayting operatsiyalari hisobi. 
 
Tayanch so‘z va iboralar:
qimmatli qog‘ozlar, aksiya, obligatsiya, sertifikat, 
veksel, reyestr, anderrayting, qimmatli qog‘ozlar birjasi, valuta birjasi, birlamchi 
bozor, ikkilamchi bozor, bitim, komission mukofot, davlat xazina veksellari. 
 
 


98 
1. Tijorat banklari tomonidan chiqariladigan qimmatli qog‘ozlar hisobi. 
 
Qimmatli qog‘ozlar –
bu ularni chiqargan shaxs bilan ularning egasi 
o‘rtasidagi mulkiy huquqlarni yoki qarz munosabatlarini tasdiqlovchi divident 
yoki foiz ko‘rinishida daromad to‘lashni hamda ushbu hujjatlardan kelib 
chiqadigan huquqlarni boshqa shaxsga berish imkoniyatini nazarda tutuvchi pul 
hujjatidir.
Qimmatli qog‘ozlarning bir qancha turlari bo‘lib, ularga aksiya, obligatsiya, 
veksel, depozit, jamg‘armali sertifikatlar va boshqalar kiradi. 
Hozirgi kunda ko‘pgina tijorat banklari universal bank bo‘lib, ko‘plab bank 
operatsiyalari qatori qimmatli qog‘ozlar bilan ham operatsiyalar bajaradilar. Tijorat 
banklari qimmatli qog‘ozlarning emitentlari sifatida faoliyat yuritadilar, chunki 
ko‘p banklar aksiyadorlik banklari bo‘lib, o‘z ustav sarmoyalarini shakllantirish 
maqsadida aksiyalar chiqaradilar. Bundan tashqari, banklar qimmatli qog‘ozlar 
bilan investitsion operatsiyalarni bajaradilar, qimmatli qog‘ozlar bozorida 
sarmoyador sifatida ishtirok etadilar, qimmatli qog‘ozlar oldi-sotdisi bilan, 
vositachilik operatsiyalar bilan shug‘ullanadilar. 
Tijorat banklarida qimmatli qog‘ozlar bilan operatsiyalari O‘zbekiston 
Respublikasi Markaziy Banki Boshqaruvi tomonidan 28/4 sonli Qarori bilan 2008-
yil 13-dekabrda tasdiqlangan “Tijorat banklarida qimmatli qog‘ozlar bilan amalga 
oshiriladigan operatsiyalarning buxgalteriya hisobi to‘g‘risida”gi Yo‘riqnoma 
asosida olib boriladi. 
Tijorat banklarining qimmatli qog‘ozlar bilan bajaradigan operatsiyalaridan 
biri bu – tijorat banklari tomonidan qimmatli qog‘ozlar chiqarishdir. Amaldagi 
qonunchilikka asosan tijorat banklari aksiya, obligatsiya, depozit sertifikatlari, 
veksel va boshqa qimmatli qog‘ozlar bozorida muomalada bo‘luvchi qarz 
majburiyatlarini bildiruvchi qimmatli qog‘ozlar chiqarishlari mumkin. Bank 
tomonidan chiqarilgan qarz majburiyatlarini bildiruvchi qimmatli qog‘ozlar 
hisobi ularning nominal qiymati bo‘yicha 23600 «Bank tomonidan chiqarilgan 
qimmatli qog‘ozlar» nomli balans hisobvaraqlarida olib boriladi. 
Hujjatsiz yoki hujjatli qimmatli qog‘ozlarning blankalari Markaziy 
depozitariyda hisobga olinganda provodka quyidagicha bo‘ladi: 
Debet 
90327 - “Bankning qimmatli qog‘ozlari blankalari”; 
96314 - “Bankning qimmatli qog‘ozlari bo‘yicha kontr-hisobvaraq”. 
Debet 
90329 - “Bankning hujjatsiz qimmatli qog‘ozlari” 
Kredit 
96314 - “Bankning qimmatli qog‘ozlari bo‘yicha kontr-hisobvaraq”. 
Shunday qilib, tijorat banklari tomonidan chiqarilgan qimmatli qog‘ozlar 
hisobini olib borish uchun hisobvaraqlar rejasining «Majburiyatlar” bo‘limida 
23600 «Bank tomonidan chiqarilgan qimmatli qog‘ozlar» asosiy balans 
hisobvarag‘i ochilgan bo‘lib, uning o‘zi bir nechta hisobvaraqlarga bo‘linadi: 


99 
23602 — Chiqarilgan obligatsiyalar 
23604 — Chiqarilgan jamg‘arma sertifikatlari 
23606 — Chiqarilgan depozit sertifikatlari 
23608 — Chiqarilgan veksellar 
23610 — Chiqarilgan boshqa qimmatli qog‘ozlar. 
Ushbu hisobvaraqlarning kreditida

Yüklə 1,89 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   185




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin