Bank hisobi va audit



Yüklə 1,89 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə67/185
tarix21.09.2023
ölçüsü1,89 Mb.
#146442
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   185
Bank hisobi va audit


qimmatli 
qog‘ozning nominal qiymatiga 
Kredit 
23696 - “Chiqarilgan qimmatli qog‘ozlar bo‘yicha mukofot (premiya)” 
– 
qimmatli qog‘ozni sotish qiymati va nominal qiymati o‘rtasidagi farq 
summasiga. 
Banklar tomonidan chiqarilgan qimmatli qog‘ozlarni nominal qiymatidan 
past summaga sotish natijasida yuzaga keladigan farq 23698 «Chiqarilgan 


100 
qimmatli qog‘ozlar bo‘yicha diskont» (kontr — passiv) hisobvarag‘ida hisobga 
olinadi. 
Hisobvaraqning debetida qimmatli qog‘ozlarni nominal qiymatidan past 
bahoga sotganda yuzaga kelgan diskont summasi aks ettiriladi. Hisobvaraqning 
kreditida qimmatli qog‘ozlar so‘ndirilganda yoki qimmatli qog‘ozlar qayta sotish 
maqsadida sotib olinganda hisobdan chiqariladigan diskont summasi aks 
ettiriladi. Yuqorida keltirilgan hisobvaraqlar bo‘yicha analitik hisob qimmatli 
qog‘ozlarning turi, muddati va chiqarilish navbati bo‘yicha ochilgan shaxsiy 
hisobvaraqlarda olib boriladi. 
Shunday qilib, qimmatli qog‘oz nominal qiymatidan past bahoda sotilsa, 
nominal qiymati va sotish bahosi o‘rtasidagi farq (diskont) 23698 - “Chiqarilgan 
qimmatli qog‘ozlar bo‘yicha diskont (kontr-passiv)” hisobvarag‘ining debetiga 
sotish sanasida quyidagi buxgalteriya o‘tkazmasi orqali o‘tkaziladi: 
Debet 
10101 - “Aylanma kassadagi naqd pullar” yoki bankning vakillik 
hisobvarag‘i yoki mijoz hisobvarag‘i – qimmatli qog‘ozni sotish 
qiymatiga 
Debet 
23698 - “Chiqarilgan qimmatli qog‘ozlar bo‘yicha diskont (kontr-
passiv)” 

qimmatli qog‘ozni nominal qiymati va sotish qiymati 
o‘rtasidagi farq summasiga 
Kredit 
23600 - “Bank tomonidan chiqarilgan qimmatli qog‘ozlar”
 –
qimmatli 
qog‘ozni nominal qiymatiga. 
Bank tomonidan chiqarilgan qimmatli qog‘ozlar bo‘yicha foizli xarajatlar 
quyidagi 54202-54210 hisobvaraqlarda olib boriladi. Hisobvaraqning debetida 
to‘langan foizlar, diskont, bank chiqargan qimmatli qog‘ozlar bo‘yicha to‘lanishi 
kerak bo‘lgan hisoblangan foizli xarajatlar, kreditidan noto‘g‘ri hisoblangan 
foizlar, mukofot, shuningdek yil yakunida moliyaviy natija sifatida yopilib, 
31206 - hisobvarag‘iga olib boriladigan summa aks ettiriladi. 
Agar bank qimmatli qog‘ozni nominal qiymatidan past bahoda sotib olsa, 
nominal qiymat va sotib olish bahosi o‘rtasida ijobiy farq 45994 – “Boshqa foizsiz 
daromadlar” hisobvarag‘ining “Chiqarilgan qarz majburiyatlari bilan bog‘liq 
operatsiyalardan olingan daromadlar” alohida shaxsiy hisobvarag‘ining kreditida 
aks ettiriladi. Agar bank tomonidan qimmatli qog‘oz balans qiymatidan yuqori 
bahoda sotib olinsa, balans qiymati va sotib olish bahosi o‘rtasidagi salbiy farq 
55995 – “Boshqa foizsiz xarajatlar” hisobvarag‘ining “Chiqarilgan qarz 
majburiyatlari bilan bog‘liq operatsiyalar bo‘yicha qilingan xarajatlar” alohida 
shaxsiy hisobvarag‘ining debetida aks ettiriladi. 

Yüklə 1,89 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   185




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin