«bank ishi va auditi» fakulteti «Bank ishi va auditi» kafedrasi



Yüklə 344,6 Kb.
səhifə14/15
tarix13.04.2023
ölçüsü344,6 Kb.
#97230
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15
Xisobot

Xulosa


ATB “Mikrokreditbank”ning ayni paytdagi missiyasi - iqtisodiyotning agrar sektorini yanada barqaror rivojlantirish, qishloq xo'jaligida iqtisodiy islohotlarni izchillik bilan chuqurlashtirib borish, fermerlik harakatini qo'llab-quvvatlash, uning moddiy va moliyaviy bazasini mustahkamlash, qishloq xo'jalik mahsulotlarini chuqur qayta ishlovchi, zamonaviy raqobatbardosh mahsulotlarni ishlab chiqarish bo'yicha ilg'or texnika va texnologiyalarni amaliyotga tatbiq qilish hamda ichki bozorni mahalliy oziq-ovqat tovarlari bilan to'ldirishga yo'naltirilgan keng turdagi bank xizmatlarini ko'rsatishdir.
Mikrokreditbank mamlakatimizning barcha hududlarida o’zining muassasalariga ega bo’lib, Qoraqalpog’iston Respublikasi va 12 ta vilojat boshqarmasi, 170 ta tuman (shahar) filiali, 145 ta bank xizmatlari markazi, 371 ta bank kassalari , 289 ta xalqaro pul o'tkazmalari shaxobchalari, 215 ta valyuta ayirboshlash shaxobchalari orqali 258 mingdan ortiq yuridik shaxslarga hamda 2,4 milliondan ortiq jismoniy shaxslarga sifatli zamonaviy bank xizmatlarini ko’rsatib kelmoqda.
Amaliyot davomida ya’ni 13.06.2022-09.07.2022 oralig’ida berilgan mavzular bo’yicha barcha ma’lumotlar o’rganilib chiqildi va amaliy jihatdan o’rganildi. Amaliyot o’tash joyi etib Smarqand viloyati Samarqand shahar ATB “Mikrokredit” banki belgilandi. Amaliyot rahbarlari etib Erdonov M va bankdan Abdurasulov U tayinlandi.
Bankning tarkibi, strukturasi, asosiy bolimlari hamda ular shug’ullanadigan faoliyat bilan tanishtirildi. Bank ishi va bankning buxgalteriya hisobi, shuningdek bankning tashkiliy tuzilmasi o’rganildi.
Men xulosa qilib shuni aytishim mumkunki, ushbu amaliyot davrida institutda o’rgangan bilimlarimni bankka borib amaliy jihatdan hayotga tatbiq etib ko’rdim.
Hozirgi kunda axborot texnologiyalari rivojlanayotgan bir paytda ushbu texnika vositalari va dasturlash tillarining o’rni, inson mehnatini osonlashtirish yo’lida, jarayonlarni avtomatlashtirishda ishlatilishi muhimdir. Ushbu amaliyotda yuqorida keltirilgan jarayonlar va texnika vositalarini o’rganish davomida katta amaliy jihatdan bilim va ko’nikmalarga ega bo’ldim.




Yüklə 344,6 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin