Bank
Bank italiyancha banco so’zidan olingan bo’lib stol degan ma’noni anglatadi .
Bank kredit moliya muassasasi asosan vaqtincha bo’sh pul mablag’larini to’plash
Korxonalarga va umuman pulga muhtojlarga kredit ssuda berish naqt pulsiz hisob kitoblarni
Amalga oshirish pul va turli qimmatbaho qog’ozlar chiqarish oltin va chet el valyutalari bilan bog’liq
operiyatsiyalarni bajarish va boshqa faoliyatlar bilan shug’illanadi . O’z navbatida bank ishsizlik darajasini pasayishiga ,exportni ko’payishiga, yalpi ichki mahsulotning oshishiga marketing va shunga o’xshash sohalarning rivojlanishiga foydasi kata hisoblanadi. Banklar pul qo’yilmalarini ya’ni depozitlarni omonat asrab qo’yish uchun hm yordam beradi . Davlatning inflatsiya darajasi uning markaziy bankining faoliyatiga va davlatning import hajmiga bog’liq.
Iqtisodiy terminlar ro’yxati
ADAPTATSIYA - 1. Tashqi (ichki) muhitda obyektiv tarzda mavjud bo'lgan
shart-sharoitlarga kishi (yoki tashkilot)ning moslashib borishi.
Tizimning real jarayonlarga moslashishi
AGENT - turli kelishuvlarni tayyorlash, ayrim ishlarni bajarishda boshqa shaxs(yuridik yoki jismoniy) hisobidan va uning nomidan faoliyat ko'rsatuvchi shaxs. Savdoda savdo agenti bilan ishlab chiqarish korxonasi, firmasi yoki xususiy shaxs kelishadi va kelishuv asosida .ishonch qog'oziga tayanib, faoliyat yuritadi.
AKTIV - atamasi lotincha faoliyatli, amal qilish, mavjud bo'lish degan so'zlardan kelib chiqqan. Shuning uchun aktiv deganda mablag'lar qanday amal qilayotganligi va ishlayotganligini ko'rsatuvchi mablag'lar guruhlanishini tushunish kerak. Aktivlar oldingi amalga oshirilgan muammolar yoki oldin sodir bo'lgan voqealar natijasida korxonaga kelib tushgan va ular kelajakda foyda keltiradigan iqtisodiy resurslardir. Aktivlar uch xil xususiyatga ega bo'lishi kerak: a) kelajakdagi iqtisodiy nafhing o'zida mujassamlanishi, bevosita va
bilvosita pul mablag'lari yoki ularning ekvivalentlarini ko'paytirish imkoniyati; b) bu iqtisodiy naflarni nazorat qilish qobiliyatini mujassamlash; v) oldingi bitimlar yoki boshqa voqealar natijasi
bo'lishi. Aktiv buxgalteriya balansining bir qismi bo'lib, ma’lum bir muddatga subyekt mablag'larining tarkibi va joylanishini pul ko'rinishida aks ettiradi. Bundan tashqari, balansning passiv qismi
ham mavjud bo'lib, aktiv va passiv tomonlar bo'lim va moddalardan iborat. Aktiv tomonining jami summasi passiv tomoni summasi bilan teng bo'lishi lozim. Buni shunday tushuntirish mumkinki,
yani aktiv tomonidagi mablag'lar manbalari balansning passiv tomonida joylashgan.
AMORTIZATSIYA - l) eskirishning qiymatdagi ifodasi bo'lib, asosiy vosita aktivining butun xizmati davomida mahsulot ishlab chiqarish tannarxi va davr xarajatlariga qo shiladigan amortizatsiya qiymatini tizimli ko'rinishda taqsimlash; 2) asosiy fondlar qiymatini astasekinlik bilan ular yordamida ishlab chiqariluvchi mahsulot yoki xizmatlarga o'tkazilishi; mablag'laming maqsadli ravishda jamg'arilishi va keyinchalik eskirgan asosiy fondlarning о'mini qoplashga ishlatilishi.
DAVLAT BUYURTMALARI - davlat tomonidan muayyan mahsulot turi
(hozirgi kunda paxta va g‘alla)ni yetkazib berish bo'yicha qishloq
xo'jaligi korxonalari bilan tuzilgan shartnoma-topshiriq.
DAVLAT ICHKI QARZLARI - davlat tomonidan ichki mablag'ni jalb
qilish natijasida vujudga kelgan O'zbekiston Respublikasi
majburiyatlariningyig'indisi. Oldin chiqarilgan va hozirgi vaqtgacha
foizlari bilan qaytarilmagan (uzilmagan) davlat qarzlari (zayomlari)
ning butun summasi.
DAVLAT KREDITI - kreditning bu shaklining asosiy xususiyati kredit
munosabatlarida davlatning qatnashuvidir. Davlat kreditida davlat
bir tomondan qarz beruvchi va ikkinchi tomondan qarz oluvchi
sifatida ishtirok etishi mumkin. Qarz beruvchi vazifasini bajara
turib, davlat davlat kredit institutlari, jumladan, Markaziy bank
orqali iqtisodning har xil sohalarini kreditlashni o'z zimmasiga oladi.
DAVLAT MOLIYASI - yalpi ijtimoiy mahsulot (muayyan vaqt ichida jamiyat
tomonidan yaratilgan ne’matlar)ni taqsimlash va qayta taqsimlash
jarayonida paydo bo'ladigan hamda davlat tomonidan o'z
vazifalarini amalga oshirish uchun foydalaniladigan pul mablag'lari
majmuyidir.
DAVLAT MULKI - asosiy mulkchilik shakllaridan biri. Davlat mulki ikki yo'l
bilan paydo bo'ladi: a) xususiy mol-mulkni milliylashtirib, davlat
qo'liga olish; b) davlat mablag'lari hisobidan korxonalar qurish.
Davlatning iqtisodiyotga aralashuvi kuchayishi bilan davlat mulki
rivoj topadi, lekin uning monopoliyasi o'rnatilgach, raqobatga
xalaqit beradi. Natijada davlat mulkini reprivatizatsiyalash yuzaga
kelib, boshqa mulk shakllari kuchayadi. Bozor iqtisodiyotiga o'tish
munosabati bilan davlat mulki, asosan, jamoa mulkiga, fuqarolar
mulkiga va xususiy mulkka aylantiriladi.
DAVLAT SEKTORI - mulk shakllaridan biri bo‘lib, uning subyekti (egasi)
davlat hisoblanadi. Yer, tabiiy resurslar; asosiy ishlab chiqarish
vositalari, bino va inshootlar; moddiy resurslar, moliyaviy resurslar,
qimmatbaho buyumlar, axborotlar, madaniy va ma’naviy boyliklar
davlat mulki obyektlari hisoblanadi. Bu boyliklardan foydalanish
to'liq davlat ixtiyorida bo'ladi. U davlat mulklaridan kerak bo'Igan
yo nalishda foydalanishni taminlaydi.
DAVLAT SUBSIDIYALARI - kompaniya tomonidan o'tgan davrda yoki
kelajakda uning operatsion faoliyati bilan bog'liq bo'lgan
ma’lum shartlarni bajargani yoki bajarishi evaziga resurslarni
o'tkazib berish shaklidagi hukumat yordamidir. Asosli ravishda
baholab bo'lmaydigan, shuningdek, kompaniyaning odatdagi
savdo muomalalaridan ajratib bo'lmaydigan hukumat bilan olib
boriladigan operatsiyalar davlat subsidiyalariga kiritilmaydi.
BUXGALTER - buxgalteriya qonun qoidalariga rioya qilgan holda savdo va
hisobga olish daftarlarini yurituvchi shaxs.
BUROMADLAR (XARAJATLAR) - tovar sotib oluvchilar yoki pullikxizmatdan
foydalanuvchilar sotuvchilarga yoki xaridorlarning xohishi bilan
boshqa institutsion birliklarga tovar yoki ko'rsatilgan xizmat egasiga
to'lanadigan haq yig'indisi.
DUOPOLIYA - bozor strukturasining modeli, bozorda bir turdagi tovarni faqat
tanho ikkita raqobatchi sotuvchi taklif etadi.
GRGUDVTL - (ing. goodwill) nomoddiy aktivbo'lib, korxonanixarid qilish chog'ida
yuzaga keladi va sotib olinadigan korxona uchun haq hamda uning
sof (majburiyatlarini chegirgan holdagi) aktivlarining baholovchi
(bozor) qiymati o'rtasidagi farqni bildiradi.
OSSBUX - buxgalteriya hisobida bosh kitob.
GAROV - olingan qarz evaziga yoki majburiyatning, va’daning bajarilishiga
ishontirish uchun qoldirilgan omonat.
HAQIQIY TAKLIF - ma’lum paytda bozorda haqiqatan bor tovarlar, ularning
turlari va hajmi.
HAQIQIY EHTIYOJ - ma’lum paytda yaxshi anglangan, aniq va qondirish
mumkin bo'lgan ehtiyoj.
HISOB - biror narsa mavjudligini belgilash, uni o'lchash va son hamda sifat
tomonidan qayd etish. Hisob xo‘jalik faoliyati va ijtimoiy hayotning
barcha jabhalari to g'risidagi doimiy axborot bilan ta’minlaydi.
Jamiyatning ishlab chiqarish kuchlari rivojlanishi bilan hisob
axborotlarining hajmi ortadi va jamiyat hamda xo‘ jalik jarayonlarini
nazorat qilish va boshqarishda katta ahamiyatga ega bo'ladi.
Shuning uchun hisobni yanada takomillashtirish zarur. O'zbekiston
Respublikasida buxgalteriya hisobi, statistika hisobi va tezkor
hisoblarni o‘z ichiga oluvchi yagona xalq xo'jaligi hisobi tashkil
etilgan.
HISOB-KITOBBALANSI-shundayiqtisodiykategoriyaki,bundamamlakatning
xorijiy davlatlarga nisbatan talab va majburiyatlarining umumiy
summasi ko'rsatiladi.
HISOBLANGAN BOSQICH - TMZ olish uchun kutilayotgan vaqtning oralig'i.
HISOBLI KREDIT - vekselni tijorat bankiga sotish yo'li bilan olinadigan kreditdir.
INVESTITSIYA LOYIHASI - investitsiyaning yo'naltirilgan maqsadini
amalga oshirish uchun texnologik jarayonlarni, texnik va tashkiliy
hujjatlashtirish jarayonini, obyektlarni barpo etish va ishga tushirish
jarayonini, moddiy, moliyaviy, mehnat resurslarining harakatini,
shuningdek, tegishli boshqaruv qarorlari va chora-tadbirlarni o'zida
mujassamlashtiruvchi tizim.
INVESTITSIYA LAGI - investitsiyalarni amalga oshirish va ularning o'z
xarajatlarini o'zi qoplashi o'rtasidagi vaqt uzilishi. Barcha ishlab
chiqarish kapital mablag'larning (shu jumladan uskunalarga
sarflarning) oborotini, ishlab chiqarish obyekti ko'rilishining
o'rtacha muddatini xarakterlaydigan ko'rilish lagi, ishga tushirilgan
obyektning loyiha quwatiga erishishi uchun zarur bo'Igan o'rtacha
muddatni xarakterlaydigan o'zlashtirish lagini o'z ichiga oladi.
INVESTITSIYA OBYEKTI - mablag'lar, ya’ni boyliklarni safarbar etayotgan
obyektlar tushuniladi. Ular yangi korxonalar yoki amaldagi
korxonalar, qimmatli qog'ozlar, bank depozitlari bo'lishi mumkin.
INVESTITSIYALASH - maxsus tanlangan moliyaviy qurollarga pul qiymatini
ko'paytirish yoki ijobiy daromad olish maqsadida joylashtirish
jarayoni.
INVESTOR - 1. Qimmatbaho qog'ozlar, masalan, aksiyalarni sotib olish orqali
ma’lum sohani moliyalashtirishga o'z ulushini qo'yuvchi yuridik
yoki jismoniy shaxs. 2. Investitsion faoliyat subyekti bo'lib, u o'zining
ma’lum mablag'larini investitsiyalar shaklida ulardan maqsadli
foydalanishi uchun joylashtiradi. Investor qaror qabul qiluvchi va
o'zining shaxsiy, qarzga olingan mablag'lari va boshqa jalb qilingan
mulkiy va madaniy boyliklarini investitsion loyihaga kirituvchi
jismoniy va yuridik shaxsdir.
INVESTITSIYA - milliy iqtisodiyotning sanoat, qishloq xo'jalik, transport va
boshqa tarmoqlariga uzoq muddatli kapital qo'yilmalar. Investitsiya,
asosan, aksionerlik jamiyatining aksiyalari va obligatsiyalarini sotib
olish tarzida amalga oshiriladi. Investitsiya bu biron-bir tadbirga,
ishga oddiy kapital qo'yish emas, balki uzoq muddatli mablag'
qo'yishdir.
IPOTEKA (yunon. Hypotheke - garov) - qarz, kredit olish uchun biror-bir
muayyan ko'chmas mulk (yer, imorat va hokazo) ni garovga qo'yish.
Bunda garovga qo'yilgan mulk qarz oluvchining tasarrufida qoladi.
IQTISODIY INTEGRATSIYA - milliy xo'jaliklar o'rtasida chuqur, barqaror
o'zaro aloqalar va mehnat taqsimoti, ularning turli bosqich va har xil
shakldagi takroriy ishlab chiqarish tuzilmalarining o'zaro aloqalari
asosida mamlakatlarning xo'jalik-siyosiy jihatdan birlashuvi
jarayoni.
IQTISODIY ITTIFOQ_ - integratsiya jarayonida qatnashuvchi mamlakatlar
o‘ziqtisodiyvaijtimoiysiyosatlarini,xususan,pul, kredit, soliq, savdo,
ishchi kuchi va sarmoya ко‘chib yurishiga nisbatan siyosatlarini
muvofiqlashtirish orqali kelishilgan holda faoliyat qilishining oliy
shakli.
IQTISODIY KATEGORIYALAR - jamiyatning iqtisodiy hayot sharoitini
umumlashtirib aks ettiruvchi mantiqiy tushunchalar bo'lib, ular real
iqtisodiy voqelikning in’ikosi, ifodasidir. Kategoriyalar ilmiy fikrlash
mahsuli bo'lib, hayotda uchraydigan tushunchalardan farq qiladi.
Kategoriyalarni uch guruhga bo'lish mumkin. 1. Umumiqtisodiy
kategoriyalar-jamiyatiqtisodiytaraqqiyotiningbarchabosqichlariga
xos bo'lgan ishlab chiqarish, mulk, ish vaqti, mehnat taqsimoti,
jamg'arish, ehtiyoj kabi tushunchalar. 2. Formatsion maxsus
kategoriyalar - faqat ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotning muayyan
bosqichigaxosbo'lgano'tkinchimunosabatlarni ifodalovchi maxsus
kategoriyalar ekspluatatsiya, renta, ortiqcha aholi, qashshoqlanish,
monopoliya va boshqa shu kabi tushunchalardan iborat. 3. Davriy,
oraliq kategoriyalar - umuminsoniy xarakterga ega, bir nechta
iqtisodiy tizimlar doirasida amal qiluvchi, uzoq tarixiy davrda
saqlanuvchi tovar, pul, talab, taklif, marketing, narx, inflyatsiya va
bosh shu kabi tushunchalardan iborat.
IQTISODIY RISK - iqtisodiy faoliyat amalga oshayotgan vaziyatning
noaniqligi. Bunday vaziyat voqealar dinamikasiga oid axborotning
yetishmasligi, chin emasligi, xatoliklarga yo‘l qo'yilishi tufayli
kasodgauchrash, moddiy zarar ko'rish, shuningdek,kattamiqdordagi
daromad olish ehtimolining mavjudligi bilan xarakterlanadi.
IQTISODIY SAMARA - ushbu natijalarga erishish uchun ishlab chiqarishdagi
natijalar va xarajatlarning taqqoslanishi.
ISTE’MOL BOZORI - aholi iste’moli uchun zarur bo'lgan tovarlar va
xizmatlarning ayirboshlanishi.
ISTE’MOL BUDJETI - moddiy-ma’naviy ne’matlar va xizmatlar iste’moli
salmog'i va tarkibining qiymati bahosi hamda soliqlardir.
ISTE’MOL DARAJASI - ma’lum paytda haqiqiy iste’molning istalgan,
mo‘ ljallangan yoki ratsional iste’molga nisbatan erishgan darajasi.
ISTE’MOL SAVATI - insonning salomatligini saqlash va uning hayot faoliyatini
ta’minlash uchun zarur bo'lgan oziq-ovqat mahsulotlari, nooziqovqat tovarlari va xizmatlarning minimal to'plamidir. Bu yig'indi
aholi iste’molining tarkibi va darajasini to'liqroq ifodalaydi.
ISTE’MOL SOLIG‘1 - bir necha mamlakatlardagi soliqlar guruhi, daromad sarf
qilinayotgan paytda olinadi. Qo'shilgan qiymat solig'i va aksizlar
ana shunday soliq tarkibiga kiradi. Bojxona bojlarini ham iste’mol
soliqlari qatoriga kiritish mumkin. Bu soliqlarning ayrimlari davlat
foydasiga olinsa, boshqa birovlari mahalliy budjetlarga borib tushadi.
LATIFUNDIYA - yirik yer egaligi. Dasdab Qadimgi Rimda m.a. II asrda paydo
bo'Igan va milodiy I asrda keng tarqalgan. Feodalizm davrida avj
oldi. Prussiya va AQShda rivoj topdi. Inqiloblar tufayli tugatildi.
LEGAL MONOPOLIYA - o'zining mahsulotiga egalik qilish va sotish huquqini
olgan monopoliya. Ko'pgina hollarda davlat fan va texnikadagi
ishlarni rag'batlantirish uchun ongli ravishda kashfiyot egalariga
monopol huquqlarni beradi. Legal monopoliyalar cheklangan vaqt
davomida mavjud bo'ladi. Masalan, patent yoki litsenziyaga egalik
qilish vaqti mobaynida. Bundan so'ng boshqa firmalar ham bu
yo'nalishda faoliyat ko'rsata boshlaydi.
LIKVIDLI MABLAG'LAR - firma ixtiyoridagi pul vositalari, bank depozitlari,
qimmatli qog'ozlar, oson sotish mumkin bo'lgan moddiy aylanma
mablag'lar bo'lib, ular tezda sotish mumkin bo'lgan aktivlardir.
LIKVIDLILIK - a) turli firmalar va banklarning o'z qarzini to'lay olish yoki
boshqa majburiyatlarini bajara olish imkoniyati; b) bir aktivning
ikkinchisiga qanchalik tez almashina olinishi o'lchovi. Naqd pul
eng yuqori 100% likvidlilikka ega.
Dostları ilə paylaş: |