topshiriqnomalari vositasidagi hisob-kitoblarning naqd pulsiz hisob-kitoblarning
qarzdorlik hajmini qisqartirish nuqtai-nazaridan hamda korxonalarning pul oqimi
barqarorligini ta’minlash jihatidan salbiy holat hisoblanadi. Buning sababi
shundaki, birinchidan, to‘lov topshiriqnomalarida to‘lov kafolatlanmagan;
ikkinchidan, naqd pulsiz hisob-kitoblarning ushbu shaklida ko‘pchilik holatlarda
oldindan to‘lash qo‘llaniladi, bu esa, o‘z
navbatida, korxonalar pul mablag‘larini
ularning xo‘jalik aylanmasidan chiqib qolishiga, sifatsiz tovarlar yetkazilishiga,
tovarlar yetkazib berishning kechiktirilishiga yoki tovarlarning umuman
yetkazilmasligiga zamin yaratadi.
Shuni alohida ta’kidlash joizki, to‘lov talabnomasi
vositasidagi hisob-
kitoblarning naqd pulsiz hisob-kitoblar umumiy hajmidagi salmog‘ini kichik
bo‘lishi ijobiy holat hisoblanadi. Chunki bunda asosan to‘lov amalga
oshirilmasdan realizatsiya qilingan tovarlar summasi to‘lanadi.
Shuningdek, inkasso vositasidagi hisob-kitoblarning naqd pulsiz hisob-kitoblar
umumiy hajmidagi salmog‘ining kichikligini salbiy holat sifatida baholash
mumkin. Buning sababi shundaki, inkassoda tovarlarning summasini to‘latishda
bank tomonidan to‘lovchiga ma’lum darajada bosim o‘tkazish
imkoniyati yuzaga
keladi. Ya’ni, tovarning summasi haqiqatda to‘langandan keyingina tijorat banki
inkassoga qabul qilingan tovar hujjatlarini to‘lovchiga beradi. To‘lovchi tovar
hujjatlarisiz tovarni omborxonalardan yoki yuk bekatlaridan ola olmaydi. Shu
sababli, taraqqiy etgan mamlakatlarning bank amaliyotida
naqd pulsiz hisob-
kitoblarning inkasso shaklidan keng foydalaniladi. Ammo bizning respublikamizda
inkasso vositasida to‘lanadigan soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlarning miqdori
katta. Ko‘pchilik hollarda soliq xizmati xodimlari tomonidan kelgusi davrda
to‘lanadigan soliq to‘lovlari bo‘yicha inkasso qo‘yiladi. Buning natijasida
korxonalarg pul oqimining barqarorligiga nisbatan salbiy ta’sir yuzaga keladi. Shu
sababli, naqd pulsiz hisob-kitoblar hajmida Davlat byudjetiga to‘lovlar bilan
bog‘liq bo‘lgan inkasso vositasidagi hisob-kitoblar ulushining
ortishini ijobiy holat
sifatida baholab bo‘lmaydi.
Quyidagi rasmlarning ma’lumotlari orqali respublikamiz amaliyotida
mavjud bo‘lgan naqd pulsiz hisob-kitob shakllari vositasidagi hisob-kitoblar
miqdorining dinamikasini ko‘rib chiqamiz.
65888334
48633104
20942476
26891305
35806406
0
10000000
20000000
30000000
40000000
50000000
60000000
70000000
2004
2005
2006
2007
2008
Dostları ilə paylaş: