Bank-moliya xizmatlari


-rasm. To‘lov topshiriqnomasi vositasidagi naqd pulsiz hisob-kitoblar



Yüklə 115,75 Kb.
səhifə11/15
tarix07.01.2024
ölçüsü115,75 Kb.
#206944
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15
O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi s-fayllar.org

4-rasm. To‘lov topshiriqnomasi vositasidagi naqd pulsiz hisob-kitoblar 

dinamikasi, mln.so‘m

4


4-rasm ma’lumotlaridan ko‘rinadiki, 2004-2008 yillarda to‘lov 

topshiriqnomalari vositasidagi naqd pulsiz hisob-kitoblar miqdori o‘sish


tendensiyasiga ega bo‘lgan. Bu esa, xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar o‘rtasidagi 
to‘lovlarni o‘z vaqtida va to‘liq o‘tkazishni ta’minlash, tovarlarni o‘z vaqtida va
sifatli qilib yetkazib berish jihatidan salbiy holat hisoblanadi. Chunki to‘lov 
topshiriqnomalari vositasida hisoblashilganda sifatsiz tovarlar tekazib berish,
tovarlar yetkazib berishni kechiktirish yoki yetkazib bermaslik xavfi saqlanib 
qoladi. Buning ustiga, to‘lov topshiriqnomalarida yetkazib berilgan tovarlar va
ko‘rsatilgan xizmatlar yuzasidan amalga oshiriladigan to‘lovlar kafolatlanmagan. 
Taraqqiy etgan mamlakatlarda, jumladan, Markaziy va G‘arbiy Yevropa
mamlakatlarining bank amaliyotida yetkazib beriladigan tovarlarning sifati 
bo‘yicha tijorat banklari tomonidan beriladigan kafolatlardan foydalaniladi. Bunda
sifatsiz tovar mol yetkazib beruvchi tomonidan yetkazib berilgan taqdirda, kafolat 
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining statistik ma’lumotlari asosida hisoblandi 



bergan bank oldi-sotdi shartnomaisda ko‘zda tutilgan jarima summasini


to‘lovchiga to‘lab beradi va oldindan to‘langan summani qaytarib beradi. Lekin 
O‘zbekiston Respublikasi amaliyotida tovarlarning sifati yuzasidan bank
kafolatlarini berish qo‘llanilmaydi. Fikrimizcha, bank kafolatining mazkur turini 
qo‘llash zaruriyati mamlakatimizning xo‘jalik amaliyotida mavjud. Chunki xorijiy
mamlakatlardan import qilingan ayrim asbob-uskunalarning moddiy va ma’naviy 
jihatdan eskirganligi va buning natijasida investitsion loyihalarning
samaradorligini ta’minlada muammolarning yuzaga kelganligi kuzatildi. Agar 
ushbu sifatsiz uskunalarning sifati bo‘yicha xorijiy banklarning sifat yuzasidan
berilgan kafolatlari mavjud bo‘lganda edi, tashqi savdo shartnomasida ko‘rsatilgan 
jarima summalarini xorijiy banklardan undirish, oldindan to‘langan valyuta
mablag‘larini qaytarib olish imkoni yuzaga kelgan bo‘lar edi. 





Yüklə 115,75 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin