uzoq muddatli kreditlari ulushini ko‘paytirishni rag‘batlantirish borasidagi
qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” gi Qarori hisoblanadi.*
Xalqaro amaliyotda pul bazasi asosan quyidagi elementlardan tashkil topadi:
Markaziy bank tomonidan emissiya qilingan naqd pullar; tijorat banklarining
Markaziy bankning balansida ochilgan “Nostro” vakillik hisobraqamlaridagi pul
mablag‘lari; tijorat banklarining Markaziy bankka o‘tkazilgan majburiy zahira
ajratmalari.
Respublikamizda pul massasining o‘sish sur’atlari va multiplikativ
kengayishining barqarorligini ta’minlash maqsadida majburiy
zaxira siyosatining
moslashuvchanlik darajasini oshirish, tijorat banklari aktivlari va resurslari
o‘rtasidagi nomutanosiblikning yuzaga kelishiga yo‘l qo‘ymaslik orqali muddatli
depozitlarning brutto depozitlar hajmidagi salmog‘ini oshirish lozim.
2008 yilda boshlangan jahon moliyaviy inqirozi taraqqiy etgan
mamlakatlarda Markaziy banklarning ochiq bozor ob’ektlari sonini oshirish
zaruriyatini yuzaga keltirdi. Bir qator korporativ qimmatli qog‘ozlar, ipoteka
obligatsiyalari ochiq bozor operatsiyalarining ob’ekti sifatida oldi-sotdi ob’ektiga
aylandi.
Taraqqiy etgan mamlakatlarning bank
amaliyotida ochiq bozor
operatsiyalaridan bank tizimining likvidligiga ta’sir maqsadida foydalanish keng
tarqalgan. AQSH Federal zaxira tizimida ham, Yevropa Markaziy bankining
faoliyatida ham ochiq bozor operatsiyalaridan bank tizimining likvidligiga ta’sir
etish maqsadida foydalanilayotganini kuzatish mumkin.
Pullar taklifini tartibga solishda Markaziy bankning qayta moliyalash
siyosati muhim o‘rin tutadi. Taraqqiy etgan mamlakatlarda Markaziy banklar
tijorat banklarini trattalarni qayta hisobga olish yo‘li bilan kreditlash
usulidan keng
foydalanadi. Ammo ko‘pchilik o‘tish iqtisodiyoti mamlakatlarida trattalar
muomalasi mavjud bo‘lmaganligi sababli, Markaziy banklar trattalarni qayta
hisobga olishga asoslangan diskontli kreditlar berish imkoniyatiga ega emas.
Aytish kerakki, trattalarni Markaziy bankda qayta hisobga olish har bir
tijorat bankiga beriladigan qayta hisobga olish limiti asosida amalga oshiriladi.
Bund har bir tijorat banki uchun qayta hisobga olish limitini belgilashda qayta
hisobga olish kontingenti mamlakat tijorat banklarining soniga bo‘linadi. Limit
belgilashning umumiy tenglik asosida amalga oshirilishi, banklararo raqobat
muhitiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi. Chunki, tijorat banklariga nisbatan limitning
ularning umumiy kapitali yoki birinchi darajali kapitaliga
qarab belgilanishi kapital
miqdori katta bo‘lgan tijorat banklariga nisbatan barobar bo‘lmagan raqobat
muhitini ta’minlaydi.
Pullar taklifini tartibga solishning dolzarb masalalaridan biri – inflyatsiyani
jilovlash hisoblanadi. Masalaning dolzarbliligi shundaki, pullar taklifining
ko‘payishi inflyatsiya darajasining oshishiga sabab bo‘lishi mumkin. Bunday
sharoitda pul massasining o‘sishini cheklashga qaratilgan restriksion pul-kredit
siyosatining amalga oshirilishi makroiqtisodiy o‘sish sur’atlarining sekinlashishiga
olib kelishi mumkin. Shu sababli, pul massasini tartibga solish maqsadida amalga
oishirilayotgan tadbirlarning makroiqtisodiy o‘sish sur’atlariga ta’siri Markaziy
banklar uchun doimiy tahlil va monitoring ob’ekti bo‘lib qolmoqda.
Ahamiyatli jihati shundaki, respublikamizda inflyatsiyaning belgilangan
prognoz ko‘rsatkichlari doirasida jilovlashga muvaffaq bo‘linmoqda. 2011 yil
uchun inflyatsiyaning yillik prognoz ko‘rsatkichi 7-9 foiz qilib belgilangani holda,
uning amaldagi darajasi 7,6 foizni tashkil etdi.
Respublikamiz iqtisodiyotiga investitsiyalarni keng ko‘lamda jalb
qilinayotganligi inflyatsiya va devalvatsiya sur’atlarining yo‘l qo‘ymaslikni
dolzarb masalaga aylantiradi. Buning
sababi shundaki, inflyatsiya va devalvatsiya
sur’atlarining yuqori bo‘lishi investitsiya loyihalarini moliyalashtirish jarayoniga
salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Pullar taklifini tartibga solish
tizimining samaradorligini
ta’minlash bevosita Markaziy bankning monetar siyosati instrumentlaridan
foydalanish amaliyotining takomillashganligiga bog‘liqdir.