Bank siri to‘G‘risida 1-modda. Ushbu Qonunning maqsadi


-modda. Bank sirini tashkil etuvchi ma’lumotlarni taqdim etish chegarasi



Yüklə 76,17 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə8/9
tarix23.02.2023
ölçüsü76,17 Kb.
#85257
1   2   3   4   5   6   7   8   9
530-II-сон 30.08.2003. Bank siri to‘g‘risida

15-modda. Bank sirini tashkil etuvchi ma’lumotlarni taqdim etish chegarasi
Bank ushbu Qonunga muvofiq faqat o‘z mijoziga (vakiliga) doir, bank sirini tashkil etuvchi
ma’lumotlarni taqdim etadi, bunda mijozning (vakilning) bankda saqlanayotgan hujjatlarida
boshqa shaxslar to‘g‘risidagi ma’lumotlar ko‘rsatilgan bo‘lsa, bunday ma’lumotlar ham mijozga
(vakilga) doir ma’lumotlar deb hisoblanadi.
16-modda. Bank sirini tashkil etuvchi ma’lumotlar taqdim etishni rad qilish
Agar bank sirini tashkil etuvchi ma’lumotlarni taqdim etish to‘g‘risidagi talab ushbu
Qonunning qoidalariga muvofiq bo‘lmasa, bank bunday ma’lumotlar taqdim etishni rad qilishi
shart.
Bank sirini tashkil etuvchi ma’lumotlarni taqdim etishni rad qilganlik ustidan sudga
shikoyat qilinishi mumkin.
Davlat hokimiyati va boshqaruv organlari, shu jumladan huquqni muhofaza qiluvchi
organlar, shuningdek ularning mansabdor shaxslari bank sirini tashkil etuvchi ma’lumotlarni
so‘rash va olishga haqli emas, ushbu Qonunda ko‘rsatilgan hollar bundan mustasno.
17-modda. Nizolarni hal qilish
Oldingi
 tahrirga qarang.
Bank siri bilan bog‘liq nizolar qonunchilikda belgilangan tartibda hal qilinadi.
(17-moddaning matni O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli 
Qonuni
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Oldingi
 tahrirga qarang.
18-modda. Bank siri to‘g‘risidagi qonunchilikni buzganlik uchun javobgarlik
(18-moddaning nomi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli 
Qonuni
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Bank sirini tashkil etuvchi ma’lumotlar xizmat vazifasini bajarishi munosabati bilan o‘ziga
ishonib topshirilgan yoki ma’lum bo‘lib qolgan shaxsning bu ma’lumotlarni noqonuniy ravishda
oshkor qilganligi yoxud ulardan noqonuniy foydalanganligi hamda bank mijoziga (vakiliga) zarar
yetkazganligi qonunga muvofiq javobgarlikka sabab bo‘ladi.

Yüklə 76,17 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin