Bank siri to‘G‘risida 1-modda. Ushbu Qonunning maqsadi


-modda. Bank sirini tashkil etuvchi ma’lumotlarni davlat soliq xizmati organlariga



Yüklə 76,17 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə6/9
tarix23.02.2023
ölçüsü76,17 Kb.
#85257
1   2   3   4   5   6   7   8   9
530-II-сон 30.08.2003. Bank siri to‘g‘risida

11-modda. Bank sirini tashkil etuvchi ma’lumotlarni davlat soliq xizmati organlariga
taqdim etish
Oldingi
 tahrirga qarang.
Bank sirini tashkil etuvchi ma’lumotlar davlat soliq xizmati organlariga bank mijoziga
(vakiliga) soliq solish masalalariga taalluqli hollarda qonunchilikka muvofiq taqdim etiladi.
(11-moddaning matni O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli 
Qonuni
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
 LexUZ sharhi
“Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan valyuta operatsiyalari amalga oshirilishining
asoslanganligi yuzasidan monitoring olib borish tartibi to‘g‘risida”gi 
nizomga 
(ro‘yxat raqami 2467,
12.06.2013-y.) muvofiq vakolatli banklarning filiallari mijozlar tomonidan amalga oshirilgan valyuta
operatsiyalari to‘g‘risidagi axborotni xo‘jalik yurituvchi subyekt ro‘yxatga olingan joydagi davlat soliq
xizmati organlariga, shuningdek bosh vakolatli bankka taqdim etadi.
12-modda. Bank sirini tashkil etuvchi ma’lumotlarni taqdim etish tartibi
Oldingi
 tahrirga qarang.
Bank sirini tashkil etuvchi ma’lumotlarni sudga, prokuratura, dastlabki tergov, surishtiruv
organlariga va tezkor-qidiruv faoliyatini amalga oshiruvchi organlarga, shuningdek davlat
ijrochisiga taqdim etish, buning uchun ushbu Qonunda nazarda tutilgan asoslar bo‘lgan
taqdirda, ularni so‘rayotgan organga yopiq va muhrlangan konvertda yoki axborot tizimi orqali
elektron hujjat tarzida himoyalangan aloqa kanallari vositasida yuborish orqali amalga oshiriladi.
(12-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 28-iyundagi O‘RQ-697-sonli
Qonuni 
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 29.06.2021-y., 03/21/697/0607-son)
Oldingi
 tahrirga qarang.
Kredit axborotini kredit byurolariga taqdim etish kredit axboroti almashinuvi to‘g‘risidagi
shartnoma asosida amalga oshiriladi.
(12-modda O‘zbekiston Respublikasining 2012-yil 10-apreldagi O‘RQ-321-sonli 
Qonuniga 
asosan
ikkinchi qism bilan to‘ldirilgan — O‘R QHT, 2012-y., 15-son, 163-modda)

Yüklə 76,17 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin