248
➢
material,
➢
texnik,
➢
moliyaviy,
➢
xodimlar,
➢
ma‘lumot,
➢
vaqtinchalik,
➢
dasturiy ta'minot,
➢
matematik.
Bank texnologiyalari samarali bank operatsiyalarini amalga oshirishga qaratilgan
inson mexanizmlari yoki texnik tizimlar tomonidan amalga oshiriladi. Bank
texnologiyasi amaliyotda muassasaning maqsadga muvofiq faoliyatini tashkil etish
usullarini o'z
ichiga oladi, ular optimal boshqaruv qarorlarini qabul qilishga
yo'naltirilgan texnika va usullarga asoslanadi.
Bugungi
kunga kelib, bank texnologiyalarining bir nechta turlari mavjud.
Ulardan asosiylari bankning axborot texnologiyalaridir.
Zamonaviy bank sektori raqobatning kuchayishi, operatsiyalar rentabelligining
pasayishi va mijozlar uchun keskin kurash sharoitida mavjud.
Bularning barchasi
mijozlarga xizmat ko'rsatish sifatini oshirish va narxini pasaytirish talablarini,
shuningdek, ma'lumotlarni qayta ishlash tezligi va hajmiga
yangi talablarni keltirib
chiqaradi. Tadbirkorlik faoliyati samaradorligini oshirish yo‘llaridan biri axborot
texnologiyalarini (AT) joriy etish, bankning barcha funksiyalarini qamrab oluvchi va
axborotni oxirigacha qayta ishlashni ta’minlovchi yagona
integratsiyalashgan tizim
sifatida bank tartib-qoidalari va jarayonlarini kompleks avtomatlashtirishdir.
Bank elektron tizimi uchun texnik platforma tanlashda quyidagi parametrlarni
hisobga olish maqsadga muvofiq:
•
standart testlar bilan mutanosiblikda EHM mahsuldorligi;
•
operativ va disk xotirasi resurslari;
•
texnik platforma darajasida rezervlash imkoniyati;
•
yagona protsessorga asoslangan shu EHM oilasi mavjudligi;
•
joriy yilda EHMning ushbu modelini xorijiy va Rossiya banklari tomonidan
sotib olinganligi haqida axborot mavjudligi;
249
•
“narxlar mahsuldorlik” va sekundiga transaktsiyalar miqdori nisbatiga oid
ma’lumot mavjudligi;
•
harid qilib bo’lingan dasturiy ta’minot bilan apparat va dasturiy ta’minot
darajasida mutanosibligi;
•
ishlab chiqaruvchi firmada servis-markaz va unda xizmat ko’rsatish
sharoitlari mavjudligi;
•
o’qitish markazlari mavjudligi va ularning tashkiliy va moliyaviy nuqtai
nazardan ommabopligi;
•
ishlab chiqaruvchi firmaning barqaror texnik va moliyaviy holati.
Bank elektron tizimlari super EHMini EHM platformasiga yoki lokal
tarmoqlarni qo’llagan holda EHMga joylashtirilishi mumkin.
Dostları ilə paylaş: