Bank tushunchasi va bank turlari. Banklarda depozit hisobvaraqlarini ochish. Depozit (omonat)larning xususiyatlari


Omonat ochishni nimadan boshlash kerak?



Yüklə 13,9 Kb.
səhifə5/6
tarix22.12.2023
ölçüsü13,9 Kb.
#190624
1   2   3   4   5   6
Razzakova Aziza 2002

Omonat ochishni nimadan boshlash kerak?

  • Birinchi navbatda, pulni nima maqsadda jamg’arish va bank takliflarining qaysi jihatlari siz uchun muhimligini aniqlang. Buning uchun bir nechta savol bering.
  • Pulni qachon qaytarib olishni istayman?
  • Omonatdagi pulni istalgan vaqtda qaytarib oladigan mijozlar uchun banklar talab qilib olinguncha omonatlarni taklif qiladi. Mijozlar istalgan vaqtda bunday omonatdan pul olishlari mumkin va bunda foizlar kuymaydi. Ammo bunday depozitlar bo'yicha stavka juda past - odatda yiliga 0,1% dan oshmaydi.
  • Agar siz ma'lum bir sanaga jamg'arsangiz, u holda muddatli omonat ochish maqsadga muvofiq bo'ladi. Banklar omonatlarni uch, olti, to'qqiz oy, bir, ikki yoki uch yilga taklif qiladi.
  • Odatda, omonat muddati qancha uzoq bo'lsa, undagi stavka shunchalik yuqori bo'ladi. Ammo ko'p hollarda, agar siz shartnoma muddati tugashidan oldin pulni olishga qaror qilsangiz, foizlar sizga pastroq stavkada qayta hisoblab chiqiladi.

Omonatni to'ldirishim yoki undan qisman pul yechishim kerakmi?

  • Bank shartnomasi shartlari pul bilan nima qilishingiz mumkinligini aniqlaydi, masalan, daromadni yo'qotmasdan qisman yechib olish yoki omonatni to’ldirish.
  • Agar sizda ma’lum bir miqdorda pul bo'lsa va siz uni jamg’arishni istasangiz, unda siz " pulni qo'ying va unuting" tamoyili bo'yicha harakat qilishingiz mumkin. Bunday holda, to'ldirilmaydigan va yechib olinmaydigan omonat sizga mos keladi - banklar ko'pincha bunday omonatlar bo’yicha eng yuqori stavkalarni taklif qiladi.
  • Ammo, ehtimol, vaqti-vaqti bilan hisobingizga pul qo'shib borish, masalan, har bir maoshdan, asta-sekin jamg’arish sizga qulayroq bo'lsa, to'ldiriladigan omonatni tanlash yaxshidir.
  • Agar siz omonat bo'yicha nafaqat foizlarni, balki kerak bo'lganda dastlab qo'ygan summadan pulni qisman yechib olishni istasangiz, sizga qisman yechib olinadigan omonat kerak bo'ladi. Foizlar yo'qolmaydi, lekin bunday depozitlarda foiz pastroq bo'lishi mumkin. Odatda, banklar minimal qoldiqning hajmini ham belgilaydilar.

Yüklə 13,9 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin