Agar siz qaysi omonatni va qayerda ochishni hal qilgan bo'lsangiz, shunchaki bank depoziti shartnomasini tuzishingiz kerak. Bu hujjat bilan quyidagilar belgilanadi:
omonat turi (nomi);
uning dastlabki miqdori;
foiz stavkasi;
foizlarni hisoblash tartibi (oddiy foiz yoki kapitalizatsiya bilan);
omonatni qaytarish muddati, qaytarish tartibi, shu jumladan muddatidan oldin (ayrim banklar omonatni yopish va undagi pulni naqd ko’rinishda olishni istasangiz, bu haqida bir necha kun oldin xabardor qilishingizni talab qiladi);
boshqa shartlar, masalan, omonatni to‘ldirish yoki undan pulni qisman yechib olish imkoniyati.