2. Bitiruv malakaviy ishi yozishning o’ziga xos xususiyatlari.
Bitiruv malakaviy ishi talaba tomonidan bajariladigan ilmiy izlanish yakuni bo’lib, unda talaba o’qish davri mobaynida olgan nazariy bilimlari, amaliy darslarni qanday darajada o’zlashtirganligini, shu bilan birgalikda o’z ixtisosligi bo’yicha mehnat faoliyat uchun tayyorgarlik darajasini namoyon etadi.
Bitiruv malakaviy ishi bakalavriatning mazkur yo’nalishiga davlat ta’lim standartlarida qo’yilgan talablarga, bank tizimining rivojlanish istiqbollariga va mamlakatimiz hukumatining moliya-bank tizimida amalga oshiriliayotgan islohotlar mazmuniga mos kelishi maqsadga muvofiq.
Bitiruv malakaviy ishini bajarishdan ko’zda tutilgan maqsad va vazifalar quyidagilardan iborat:
-talabalarning ta’lim yo’nalishi bo’yicha olgan nazariy va amaliy bilimlarni umumlashtirish, tizimga keltirish, mustahkamlash va kengaytirish, olingan bilimlarni aniq ilmiy, texnikaviy, ishlab chiqarish, iqtisodiy, ijtimoiy va biznes vazifalarini hal etishda qo’llash;
3. Bitiruv malakaviy ishiga qo’yiladigan talablar.
Bitiruv malakaviy ishlar muvaffaqiyatini aniqlaydigan muhim va mas’uliyatli vazifalardan biri – tadqiqot mavzusini tanlashdir. Mavzularga qo’yiladigan umumiy talab – ularning dolzarbligi bilan bog’liqligidir. Ular hozirgi zamon talablari va bank tizimining rivojlanish tendentsiyalari istiqbollaridan kelib chiqishi zarur.
Bitiruv malakaviy ish mavzusi keng qamrovli nazariy va amaliy xususiyatga ega bo’lishi, tijorat banklarini rivojlantirishning eng muhim vazifalarini qamrab olishi va ilmiy-ishlab chiqarish yo’nalishida tadqiqotlar olib borishni nazarda tutishi lozim. Bitiruv malakaviy ish mavzusi muammoning zamonaviy holatini va iqtisodiyot, biznes, ishlab chiqarish, ijtimoiy sohalar, fan, ta’lim va madaniyatning istiqboliy rivojlanishini aks ettirishi kerak.
Mavzuning dolzarbligini asoslashda ushbu masala ustida tadqiqotlar olib borish nima uchun zarurligini, tijorat banklari bilan bog’liq qanday muammolar bunga sabab bo’lganini va tadqiqot yakunlari bo’yicha erishilajak natijalar muammoni echishga qanday ta’sir ko’rsatishini aniq bayon etib berish lozim.
Dostları ilə paylaş: |