6-mavzu. Markaziy banklarning vujudga kelish sabablari va rivojlanish shart-sharoitlari
Dastlabki Markaziy banklarning vazifalari; Shvetsiya va Angliya Markaziy banklari; Emission faoliyatni markazlashtirish; tijorat banklari faoliyatini tartibga solish; mamlakatda narxlar darajasini ushlab turish; milliy valyuta barqarorligini ta’minlash. Markaziy banklar va ularning mustaqillik maqomi davlat Markaziy banklari; boshqa mulkchilik shaklidagi Markaziy banklar.Markaziy bank faoliyatining maqsadlari. Markaziy bankning funktsiyalari: emission funktsiya; “banklarning banki” funktsiyasi; “davlatning banki” funktsiyasi; rasmiy oltin-valyuta zaxiralarini boshqarish funktsiyasi. Milliy valyutaning barqarorligin ta’minlash – Markaziy bank faoliyatining strategik maqsadi sifatida. Markaziy bankning mamlakat bank tizimining barqarorligini ta’minlashdagi roli.
7-mavzu. Jahon bank amaliyotida sodir bo’layotgan o’zgarishlar
Moliyaviy globallashuv sharoitida Markaziy banklarning monetar siyosati rejimlarining transformatsiya bo’lishi. Yevropada uch pog’onali bank tizimining yuzaga kelishi. Investitsion banklar va universal tijorat banklari faoliyatidagi o’zaro farqlarning tobora yo’qolib borishi.
8-mavzu. Kurs ishi va bitiruv malakaviy ishiga qo’yiladigan talablar va uni yozish tartibi
Kurs ishi va bitiruv malakaviy ishi haqida dastlabki nazariy tushunchalar. Kurs ishi va bitiruv malakaviy ishini yozish bo’yicha uslubiy ko’nikmalarni shakllantirish.
9-mavzu. Banklarda malakaviy amaliyot o’tish va hisobot tayyorlash
Tanishuv amaliyoti. Ishlab chiqarish amaliyoti. Bitiruv-oldi malakaviy amaliyot. Amaliyot davrida tegishli hujjatlarni yig’ish va hisobotni shakllantirish.
2. Fanning amaliy mashg`ulotlari mazmuni
1-mavzu. “Bank va kasbiy faoliyat asoslari” fanining maqsadi, vazifalari va predmeti
“Bank va kasbiy faoliyat asoslari” fanining maqsadi va vazifalari. Fanning predmeti. Fanning boshqa iqtisodiy fanlar bilan o’zaro aloqadorligi.
Dostları ilə paylaş: |