6-mavzu. Markaziy banklarning vujudga kelish sabablari va rivojlanish shart-sharoitlari Dastlabki Markaziy banklarning vazifalari; Shvetsiya va Angliya Markaziy banklari; Emission faoliyatni markazlashtirish; tijorat banklari faoliyatini tartibga solish; mamlakatda narxlar darajasini ushlab turish; milliy valyuta barqarorligini ta’minlash. Markaziy banklar va ularning mustaqillik maqomi davlat Markaziy banklari; boshqa mulkchilik shaklidagi Markaziy banklar.Markaziy bank faoliyatining maqsadlari. Markaziy bankning funktsiyalari: emission funktsiya; “banklarning banki” funktsiyasi; “davlatning banki” funktsiyasi; rasmiy oltin-valyuta zaxiralarini boshqarish funktsiyasi. Milliy valyutaning barqarorligin ta’minlash – Markaziy bank faoliyatining strategik maqsadi sifatida. Markaziy bankning mamlakat bank tizimining barqarorligini ta’minlashdagi roli.
7-mavzu. Jahon bank amaliyotida sodir bo’layotgan o’zgarishlar Moliyaviy globallashuv sharoitida Markaziy banklarning monetar siyosati rejimlarining transformatsiya bo’lishi. Yevropada uch pog’onali bank tizimining yuzaga kelishi. Investitsion banklar va universal tijorat banklari faoliyatidagi o’zaro farqlarning tobora yo’qolib borishi.
8-mavzu. Kurs ishi va bitiruv malakaviy ishiga qo’yiladigan talablar va uni yozish tartibi Kurs ishi va bitiruv malakaviy ishi haqida dastlabki nazariy tushunchalar. Kurs ishi va bitiruv malakaviy ishini yozish bo’yicha uslubiy ko’nikmalarni shakllantirish.
9-mavzu. Banklarda malakaviy amaliyot o’tish va hisobot tayyorlash
Tanishuv amaliyoti. Ishlab chiqarish amaliyoti. Bitiruv-oldi malakaviy amaliyot. Amaliyot davrida tegishli hujjatlarni yig’ish va hisobotni shakllantirish.
Laboratoriya ishlarini tashkil etish boyicha ko’rsatmalar
Fan bo‘yicha laboratoriya ishlari o‘quv rejada ko‘zda tutilmagan
4. Mustaqil ta’limnining shakl va mazmuni Mustaqil ta’limni tashkil etishning shakli bo‘lib quyidagilar hisoblanadi:
tegishli mavzular bo‘yicha referatlar yozish; fan mazmunini boyitish va uning ma’lumotlarini yangilab borishda axborot resurslaridan foydalanishni yo‘lga qo‘yish;
fanning mazmunini yanada takomillashtirish maqsadida tavsiya etilgan chet el adabiyotlari ma’lumotlarini tarjima qilish va fanga tadbiq etish;
talabalar fanni mukammal o‘zlashtirish maqsadida mazkur fanga oid muammolarni hal qilish yo‘llarini izlab topish va muammolarni maqolalar orqali yoritish.
Mustaqil ta’limni tashkil etishning mazmuni: talabalar mustaqil ta’lim mavzulari kelgusida bajariladigan kurs ishlari va bitiruv malakaviy ishlari mavzulari bilan uzviylikda bajariladi.
Mustaqil ta’lim uchun o`quv va ishchi o‘quv rejada II semetrda 5230700-“Bank ishi” ta`lim yo`nalishida 24 soat ajratilgan. Ushbu soat talabaning amaliy mashg‘ulotlarga tayyorgarlik ko‘rishi, oraliq nazoratlarda, yakuniy nazoratda va boshqa mustaqil shug‘ulanishini o‘z ichiga oladi.