mazkur dastur va kalendar grafikda ko’rsastilgan mavzular bo’yicha talaba tomonidan tuzilgan hisobotlar;
xulosa;
foydalanilgan manbalar ro’yxati;
ilovalardan iborat bo’lishi kerak.
Hisobotda amaliyot o’tashning barcha asosiy bosqichlari, ish turlari bayon etilishi lozim. Hisobotda talaba kelajakda amaliyot o’tash va tashkil etish ishlarini yaxshilashga oid o’z mulohazalarini ham bayon etishi mumkin.
Hisobot standart hajmdagi qog’ozda (A4, 210-297 mm), chap tomondan 3 sm, qolgan tomonlari 2 sm dan hoshiyalar qoldirib, qo’l yozma yoki elektron ko’rinishida yoziladi. Uning betlari ketma-ket sonlar bilan raqamlashtiriladi. Talaba bank faoliyatiga oid amaliy materiallarni ilovada keltirishi, ular bo’yicha jadvallar, sxema, grafiklar shakllantirishi va ular bo’yicha xulosalar yozishlari lozim. Hisobotdani kompyuter vositasida bosib chiqarishda «Times New Roman» 14 o’lchamli shriftida Misrosoft Word matndan foydalanish tavsiya qilinadi. Hisobot talaba amaliyot o’tagan bank materiallari bo’yicha talaba tomonidan mustaqil tuzilgan bo’lishi lozim.
Hisobotning hajmi titul varaq, mundarija va ilovalardan tashqari kamida 30 bet va ko’pi bilan 50 betdan oshmasligi lozim.
Hisobot kafedraga amaliyot tugagan sanadan o’n kun davomida yoki keyingi kurs boshlanishidan 10 kun oldin topshiriladi. Kafedra tomonidan tayinlangan amaliyot rahbari (ayrim hollarda kafedra mudiri tomonidan biriktirilgan pedagog-xodim) hisobotni tekshiradi, o’z mulohazalarini bayon etadi va taqriz yozadi.
Taqrizda hisobotning tayorlanishi va rasmiylashtirilishidagi yutuqlar va kamchiliklar ko’rsatiladi. Taqriz oxirida hisobotni himoyaga tavsiya etish yoki tavsiya etmaslik to’g’risida ma’lumot beriladi. Agar taqrizda «Himoyaga tavsiya etilmaydi» deb ko’rsatilgan bo’lsa, hisobot talaba tomonidan taqrizda ko’rsatilgan kamchiliklar asosida qayta ishlanadi, to’ldiriladi va qayta taqrizga beriladi. Ijobiy xulosaga ega hisobotni kafedrada tuzilgan komissiya huzurida himoya qilish mumkin bo’ladi.
“Bank ishi” ta’lim yo’nalishi talabalarining tanishuv amaliyotini tashkil etish jarayoni, hisoboti himoyasi Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligining “Oliy ta’lim muassasalarida talabalar bilimini nazorat qilish va baholashning reyting tizimi to’g’risidagi Nizom”i hamda “Oliy ta’lim muassasalari talabalarining malakaviy amaliyoti haqidagi Nizom” talablari asosida tashkil etiladi.
Tanishuv amaliyoti hisobotining natijasi talabaning kursdan kursga o’tishi va stipendiya belgilashda hisobga olinadi.
Tanishuv amaliyoti himoyasiga qo’yilgan 3 dan kam bo’lsa, talabaning o’zlashtirish ko’rsatkichi “qoniqarsiz”(akademik qarzdor) deb hisoblanadi.
Talabaning amaliyot ob’yektiga umuman bormaganligi yoki hisoboti talabga mutlaqo javob bermasligi hamda tanishuv amaliyoti bilan bog’liq amaliy ko’nikmalarga ega bo’lmasligi tanishuv amaliyoti hisoboti bo’yicha “qoniqarsiz”baholanishiga sabab bo’ladi.
Akademik qarzdor talabaga hisobotni qayta topshirishi (himoya qilishi) uchun bir oy muhlat beriladi. Shu muddat davomida ham amaliyot hisobotlarini himoya qila olmagan talaba fakultet dekani tavsiyasiga ko’ra belgilangan tartibda rektorning buyrug’i bilan talabalar safidan chetlashtiriladi.
Tanishuv amaliyoti hisoboti himoyasining baholanishidan norozi talabalar natijalar e’lon qilingan kundan boshlab 1 kun davomida fakultet dekanatiga yozma ariza bilan murojat etishlari mumkin. Bunday hollarda kafedra mudirining taqdimnomasiga ko’ra fakultet farmoyishi bilan 3 (uch) a’zodan kam bo’lmagan tarkibda appelyatsiya komissiyasi tuziladi. Ushbu komissiya ishtirokida tanishuv amaliyoti hisoboti himoyasi qayta tashkil etiladi.
Talabalarning tanishuv amaliyoti hisoboti himoyasi natijalaridan olgan ballari himoya yakunida reyting qaydnomasi va daftarchasiga qayd etiladi.
Tanishuv amaliyoti hisoboti o’rnatilgan tartibda kafedrada saqlanadi.
Tanishuv amaliyoti hisobotini himoya qilmagan talaba o’rnatilgan tartibga muvofiq kursdan kursga o’tkazilmaydi.
Yangi narsaning paydo bo’lishi ijodiy yaratilish natijasida yuzaga keladigan jarayondir. Ijod, xususan, uning eng yuqori shakli bo’lgan ilmiy ijodning muhim sharti – olimning o’z-o’zini anglashida yorqin namoyon bo’ladi. Darhaqiqat, inson – har qanday ijodiy harakatning asosiy manbasi va ma’nosi hisoblanadi, ya’ni inson shunday ijod orqaligina jamiyatning haqiqiy boyligini oshirishi, o’zini aqlliroq, mehribonroq, ruhini esa balandroqqa ko’tarishi mumkin. Shu ma’noda, ijod bu alohida faoliyat bo’libgina qolmay –ijodkor olimning yashash usuli hamdir.
Ijod jarayoniga e’tibor bersak, ilmiy ijod va ilmiy-ijodiy faoliyat determinatsiyasiga duch kelamiz. Lekin bu ularning mazmunini ayniylashtirish uchun asos bo’lolmaydi. Shu nuqtai nazardan, ilmiy ijod keng ma’noda ijodkorning tabiiy, ijtimoiy va ma’naviy olamini, uning maqsad va vazifalariga, ehtiyojlari, istaklari va imkoniyatlariga muvofiq ravishda harakat qilishi bilan ifodalanadi. Ayni shu ma’noda, ilmiy ijod deganda, biz faqat kashfiyot yoki ixtiro qilish bilan emas, balki ma’lum bir tadqiqot doirasida ilmiy faoliyat olib borish orqali ko’zlangan maqsadga erishishni tushunamiz.
Ilmiy-ijodiy faoliyatda olimning shaxsiy fazilatlari bilan bir qatorda ilmiy salohiyati ham muhim ahamiyat kasb etadi. Darhaqiqat, ilmiy ijod asosida inson yangi ilmiy yo’nalishlar va yangi fanlarni vujudga keltiribgina qolmasdan, balki yangi ilmiy bilimning noan’anaviy sohalariga asos soladi.
Ilmiy tadqiqot jarayonida inson mohiyatan o’zligini anglaydi. Bu bilan inson nafaqat tashqi muhitda, balki o’z ruhiyatida ham o’zgarish yasaydi. Ilmiy ijod xilma-xil ma’naviy-madaniy ehtiyojlarni qondirish bo’yicha son-sanoqsiz vazifalarni hal qilishga yo’naltirilgan faoliyatdir.
Ilmiy tadqiqot jarayonida erkin bo’lish − moneliksiz ijod qilish, birovning qolipiga tushmaslik, yangi ilmiy bilimlarni olish va qayta ishlashda ob’ektiv va xolis bo’lish muhimdir. Bundan ko’rinadiki, olimlar o’z ilmiy faoliyatining maqsadlari va metodlariga o’zlari axloqiy nuqtai nazardan baho berishlari, axloqiy me’yorlarni buzish bilan bog’liq bo’lgan tadqiqotlardan voz kechishlari lozim.
Har qanday ilmiy faoliyat matnlarda “yozma” ko’rinishda (qog’ozda yoki elektron) – ilmiy hisobot, ilmiy ma’ruza, referat, maqola, kitob tarzida rasmiylashtirilgan bo’lishining asosidaikki shart-sharoit yotadi. Birinchidan, olim o’z g’oyalari va natijalarini qat’iy ilmiy tilda faqat yozma (elektron) tarzda bayon etishi mumkin.
Tadqiqot ob’ekti bilan tanishishda asosan bitiruv oldi malakaviy amaliyot uchun tijorat bankiga borilganda mavzuni kengroq va batafsil yoritish uchun ob’ekt ya’ni bank bilan yaqindan tanishiladi. Bankning tarkibiy tuzilishi, bajaradigan vazifalari, operatsiyalari, kreditlarning berilish tartibi, uni turlari va foizlari, mijozlarga ko’rsatiladigan xizmat turlari hamda boshqa bank hisob-kitoblarini borishi to’g’risida umumiy tushunchaga ega bo’lib, tadqiqot ob’ekti bilan tanishishiladi.