Bank va kasbiy faoliyat asoslari” fanidan O‘quv-uslubiy majmua


Evropada uch pog’onali bank tizimining yuzaga kelishi



Yüklə 0,49 Mb.
səhifə58/95
tarix21.07.2022
ölçüsü0,49 Mb.
#62860
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   95
Fakulteti

2.Evropada uch pog’onali bank tizimining yuzaga kelishi.

Evropa qit’asida yagona valyutani joriy qilish bo’yichaa g’oyalar uzoq zamonlarda paydo bo’lgan bo’lsada, ushbu g’oyaga erishish maqsadida bosilgan ilk qadamlar ikkinchi jahon urushidan keyingi davrlarga to’g’ri keladi.

  • 1958 yilda tuzilgan va keyinchalik Evropa Hamjamiyatiga kirgan 15 mamlakatni birlashtirgan Evropa Iqtisodiy Hamjamiyati;

  • Kumir va po’lat bo’yicha Evropa birlashmasi;

  • Atom energetikasi bo’yichaa Evropa Hamjamiyati.

Evropa Hamjamiyatiga a’zo davlatlarda jahon aholisining 7 foizi yashab, jahon savdosining deyarli 41 foizi, valyuta zahiralarining 36 foizidan ortig’iga to’g’ri keladi.
Evropa iqtisodiy ittifoqi olti davlat - Belgiya, Niderlandiya, Lyuksemburg, Italiya, Frantsiya va Germaniya tomonidan tuzilgan bo’lsada, xozirgi kunga kelib uning tarkibida 15 davlat, ya’ni yuqoridagilardan tashqari Buyuk Britaniya, Gretsiya, Daniya, Irlandiya, Ispaniya, Portugaliya, Avstriya, Shvetsiya, Sloveniya va Finlandiya mavjud.


3.Investitsion banklar va universal tijorat banklari faoliyatidagi o’zaro farqlarning tobora yo’qolib borishi.

O’zbekiston banklari milliy iqtisodiyotga ta’­sir etuvchi qudratli tuzilmaga aylanish uchun rivojlanishning uzoq evolyutsion, ya’ni tadrijiy yo’lini bosib o’tishiga, anchagina mashaqqatlarni bartaraf etishiga to’g’ri keldi.


1991 yilda qator banklar shakllana boshladi. Ular O’zbekiston iqtisodiyoti rivojlanishining o’zgaruvchan sharoitlarida faoliyat yuritib, zamo­naviy ish uslublarini o’zlashtirgan holda tobora yangi qirralarga ega bo’la bordi. 1991-1992 yillar banklar faoliyatiga doir qarashlarda chinakam burilish yillari bo’ldi. O’zbekiston Respubli­kasi "Banklar va bank faoliyati to’g’risida”gi Qonunining qabul qilinishi ikki darajali bank tizimining tarkib topishi va mamlakat Marka­ziy banki zimmasiga yangi vazifalar yuklanishi uchun asos bo’lib xizmat qildi. Uning oldiga pul muomalasini tartibga solish, tijorat bankla­ri tizimi hamda to’lov tizimini shakllanti­rish vazifalari qo’yildi. Iqtisodiyotning turli tarmoqlarini moliyalashtirish endi tashkil etiladigan, zamonaviy tamoyil va talablar asosida faoliyat yurituvchi ixtisoslashgan tijorat bank­lari tomonidan amalga oshirilishi lozim edi.
1993–1994 yillarda bank tizimidagi islo­hotlar davom etdi. 1994 yilning 1 iyulidan e’­tiboran milliy valyuta — so’mning muomalaga kiritilgani mustaqil bank tizimining, umuman, O’zbekiston iqtisodiyotining shakllanishida muhim ahamiyat kasb etdi. Bu Markaziy bank o’z faoliyatida to’liq mustaqil bo’lganini, kelgu­sida bozor instrumentlari orqali milliy pul tizimini tartibga solish samarali tashkil eti­lishiga yordam berishi mumkin ekanini ang­latar edi. Aynan shu vaqtdan boshlab Markaziy bank­ning pul-kredit siyosatini yuritish, valyutaga oid ishlarni tartibga solish, bank faoliyatini boshqarish va keyinchalik samarali to’lov tizimi­ni yaratish bo’yicha faoliyati to’laqonli ravishda milliy valyutaning barqarorligini ta’minlash­ga qaratildi.



Yüklə 0,49 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   95




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin